Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari


-jadval Buxoro viloyatiga dunyo mamlakatlaridan eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar haqida ma’lumot


Download 0.72 Mb.
bet9/14
Sana26.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1655819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi

3-jadval
Buxoro viloyatiga dunyo mamlakatlaridan eng ko‘p tashrif buyurgan sayyohlar haqida ma’lumot 8



2019-yil

2022-yil

Mamlakat nomi

Tashrif buyurgan sayyohlar soni

Mamlakat nomi

Tashrif buyurgan sayyohlar soni

1

Germaniya

4953

Fransiya

6128

2

Fransiya

4696

Germaniya

5378

3

Italiya

3034

Italiya

3748

4

Ispaniya

2471

YAponiya

3017

5

YAponiya

2058

Ispaniya

2369

Buxoro hududidagi yoshlar festivali va karnavallarini uyushtirish loyihalari


Butun dunyoga o’zining shonli tarixi bilan tanilgan Buxoroi sharifda yoshlar turizm borasida amalga oshirilishi va yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan ishlar anchagina hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda hukumat tomonidan berilayotgan e’tibor asosida Buxoroning turizmdagi hozirgi holatini yanada yaxshilash imkoniyatiga egamiz. Shu nuqtai nazaridan yoshlar turizmi uchun quyidagi qulayliklarni yaratish mumkin:

  • Maxsus tashkilot yaratib, ular shu turizm qatlami bilan ishlash sistemasini yaratish va ularning faoliyatini keng qamrovli qilishlari;

  • Mas’ul tashkilot yoshlar uchun maxsus imtiyoz kartochkalarini yaratishlari va ularni registratsion raqamlarini kiritishlari zarur;

  • uning faoliyati doirasida yangi tur-marshrutlar yaratish ham yotadi. Shuningdek, valontyor tur-ekskursavodlarni sizga taklif etishadi;

  • valontyor tur-ekskursavodlarni tayyorlash bo’yicha o’quv kurslarini ham tashkil qilishgan;

  • xizmatlar 100 % bepul taqdim etiladi;

  • MYTning raqamiga RF bo’yicha bepul qo’ng’iroq qilish imkoniyati yaratilishi.

Hududda yoshlar turizmini rivojlantirish borasida “Yosh sayyohlar” loyihasini taklif etaman. Loyiha dasturi ishga tushishi uchun quyidagi obyektlar qayta ta’mirlanishi va qadimiy holiga keltirilishi kerak. Bunda hukumat, TRDQ, o`quv muassasalari,turistik tashkilotlar va karxonalar yordamida 2017-2019-yillarda birgalikda amalga oshirilishi zarur:

  • “Ark” majmuasiga sayyohlarni ko‘prok jalb etish va uning tarixini kengrok targ‘ib etish maqsadida, orqa qismida konservatsiyalash ishlarini olib borish;  Buxoro shahar Arabon ko‘chasida joylashgan karvon saroylari majmualarini mukammal ta’mirlash, atrof muhitini obodonlashtirish, jumladan:

-“Rashid” karvon saroyi;
-“Jo‘rabek” karvon saroyi.

  • “Gavkushon” ansamblidagi “Xo‘ja Kalon” masjidini mukammal ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish;

  • “Mag‘oki Attori” masjidini restavratsiya qilish. “Mag‘oki ko‘rpa” masjidini restavratsiya qilish va obodonlashtirish;

  • “Ulug‘bek” madrasasi ichkari qismidagi stalaktitani qayta tiklash, paydo bo‘lgan yoriqlarni ta’mirlash va obodonlashtirish;

  • “Chor Bakr” majmuasini mukamal ta’mirlash va obodonlashtirish;

  • “Sitorai Moxi Xossa” majmuasini mukamal ta’mirlash va obodonlashtirish;  Salomxonadagi ayvonni mukammal ta’mirlash va bo‘yash, suhbatxona va minorani mukammal ta’mirlash, hovuz atrofini obodonlashtirish;

  • Shofirkon tumanidagi “Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgariy” ziyoratgohini restavratsiya qilish;

  • Buxoro shahridagi “Labi Hovuz” majmuasida joylashgan “Nodir Devonbegi” va “Ko‘kaldosh” madrasalarida o‘zbek milliy musiqasi, Buxoro shoshmaqomi, Buxoro folklor turkum qo‘shiqlari asosida teatrlashtirilgan kontsert dasturlar uyushtirishni yanada kengaytirish;

  • Buxoro shahridagi “Labi Hovuz” majmuasidan “Samarqand darvozasi”ga qadar bo‘lgan ko‘chani yo‘llarini ta’mirlash va obodonlashtirish;

  • Sayyohlarning dam olishi va baliq ovlashlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Peshko‘ tumani (“Peshko‘ baliq” MChJ) “Qoraqir” suv havzasida 1 gektarlik sun’iy havza tashkil etib, yurta uylarini qurish.  Xorijiy sayyohlar uchun transport xizmati sifatini yaxshilash maqsadida,

Eski shahar, Ko‘xna va boqiy Buxoro majmuasi bo‘ylab “elektro-kara”larni qatnovini joriy etish;

  • Viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarni sonini yanada oshirish maqsadida, Buxoro shahrida «Ipak va ziravorlar» festivalini yuqori saviyada tashkil qilish;

  • Viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarni sonini yanada oshirish maqsadida, Buxoro shahrida har yili 31-avgustda «Qovun sayli» tadbirini xar yili avgust oyida o‘tkazish;

  • Viloyatimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini yanada oshirish maqsadida Buxoro shahrida 30- noyabr oyida Abu Ali ibn Sino tavalludiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanini yuqori saviyada tashkillashtirish;

Yuqorida keltirilgan loyihalarning amalga oshirilishi yosh sayohatchilarimiz uchun yilning to`liq davrida sayohat qilishlari uchun imkoniyat yaratadi.
Shu loyiha asosida quyidagi festival va karnavallarning yil solnomasini taklif qilish mumkin.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling