Reja: kirish I bob. Yoshlar turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari
Download 0.72 Mb.
|
O`zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishning jahon tajribasi
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yoshlar chet el safarlariga hordiq chiqarish, do`stlar va qarindoshlarnikiga tashrif buyurish, ilm olish, biznes, va boshqa maqsadlarda otlanishadi. Ularning ko`pchiligi uchun bu sayohatlar xorijiy mamlakatdagi ilk taassurotlar va haqiqiy sarguzashtarni namoyon etadi. Yosh avlodning o`zlari yashayotgan mamlakatlaridan turli turistik destinatsiyalariga oqimlari global darajada katta turistik oqimni tashkil etishi bilan turizm iqtisodiyotida xarakterlidir. Yoshlar turizmining shiddatli oqimi yoshlarning turizmga bo`lgan ehtiyojining hajmi, tanlangan destinatsiyagacha bo`lgan masofa hamda uning nufuzini qamrab oladi. Sayohat destinatsiyalariga aylangan asosiy mamlakatlarni tadqiq qilish anchayin qiyinchiliklar tug`diradi. BTT (WTO) va ko`plab milliy turistik tashkilotlar tomonidan sayohat sanoati hujjatlari yaxshi yuritilsada, sayohatchilarningyoshi to`g`risidagi ma`lumotlar yetarli darajada emas. Yoshlarning sevimli destinatsiyalari umumjahon yoshlar turizmi ko`rsatkichlari va har bir mamlakatning turistik strategiyasidan kelib chiqib yuritilishi kerak. Umuman olganda menejment har bir korxona va hudud rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Menejmentning barcha yo’nalishlardagi asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: sohaning yuqori samaradorligiga erishishi, tabiiy potensiallardan to’g’ri foydalana olish, sohaning sifatli va unumli boshqarilishiga erishishdir. Kurs ishini yozish davomida turizmda yoshlar turizmining o’rni haqida quyidagilarni bilib oldim: boshqaruvchining asosiy vazifasini aniqlash, ishchi – xodimlar bilan ish olib borishda zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish, kadrlarni samarali faoliyatida yangi jihatlarni aniqlash va ro’yobga chiqarish, turizm rivojlanishiga samarali ta’sir etuvchi boshqaruv usullaridan foydalanish, boshqaruv jarayonlarini tashkil etgan holda sifat va samaraga erishish. Bunga asosiy sabab Kiprning jahon turizmi industriyasida o’z o’rni va yuqori mavqega ega ekanligi hamda bu yerda turizm davlat iqtisodiyotining tayanchi bo’lib, turizmning rivojlanishida Kipr turizm tashkiloti tomonidan puxta o’ylangan siyosat va boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi turtki berdi. Yoshlar dam olish tashkilotining maxsus xususiyatlari bu sayohatchilarning transport va turar joylarning turiga va qulayligiga munosabatini bildiruvchi bardoshlilik xarakteriga munosabat bildirish mumkin, boshqacha qilib aytganda, hamma narsa sayohatchining shaxsiy ehtiyojlariga bog'liq. Ba'zi odamlar kam hashamatli mehmonxonalarda yashashni afzal ko`rishadi, lekin bir vaqtning o'zida esa barcha go'zal joylar va muzeylarni tomosha qilishni xohlashadi, lekin kim uchundir qulaylik birlamchi ahamiyatga ega. Undan tashqari izlanishlar natijasida quyidagi taklifalarni berib o`taman: Ichki turizmni rivojlantirish, ayniqsa sayyohlik mavsumi sust bo‘lgan davrda yosh sayyohlar: maktab o‘quvchilari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari uchun tanishtiruv turlarini tashkil etish maqsadida Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va respublikamiz viloyatlaridan Buxoro viloyatiga dam olish kunlarida mahsus turlarini uyushtirish kabi loyihalarni o`z ichiga oladi. Viloyat boy tarixi va madaniyati bilan yoshlarni tanishtirish, viloyatda ichki turizmni yanada rivojlantirish va yoshlarni turizm sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida, maxsus grafik asosida maktab, litsey va kollej o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalarini Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohatini uyushtirish; Viloyatning tarixiy obidalarini va uning buyuk siymolarini jahonga ko‘rsatish hamda turistik salohiyatimiz to‘g‘risida chet ellik sayyohlarga batafsil ma’lumotlar berish maqsadida, jahon talablari va andozalari asosida o‘zbek, rus, ingliz, frantsuz, italyan, xitoy, arab tillarida TRDQ Buxoro mintaqaviy bo‘limining www.visitbukhara.uz hamda www.visitbukhara.com elektron saytlarini yaratish; Buxoro viloyatidagi barcha tarixiy ob’ektlarning hamda Buxoro shahrining umumiy ko‘rinishini 3D formatidagi video va foto lavhalarini yaratish orqali sayyohlar uchun interaktiv virtual sayohatni tashkillashtirish; Viloyatning sayyohlik salohiyati bilan tanishtirish maqsadida chet el davlatlarining respublikamizdagi elchilari va elchixonalarining mas’ul diplomatlari uchun Buxoro viloyatiga tashriflar tashkillashtirish. Xorijiy sayyohlik tashkilotlari va sohaviy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “info-turlar”ni tashkillashtirish; Yoshlar turizm oqimini oshirishda ishlab chiqilgan karnaval va festivallarni uyushtirish, bu tadbirlar haqida xalqaro turistik tashkilotlar gama’lumotlar yetkazish kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling