Reja: Kirish “index” mchJning mulkchilik shakli va faoliyatining iqtisodiy tavsifi


-rasm. “INDEX” MChjning tashkiliy – tarkibiy boshqaruv tuzilmasi va bo‘limlarining funksional vazifalari


Download 1.41 Mb.
bet5/13
Sana19.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1032421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
“index” mchJning mulkchilik shakli va faoliyatining

2-rasm. “INDEX” MChjning tashkiliy – tarkibiy boshqaruv tuzilmasi va bo‘limlarining funksional vazifalari 2

Jamiyat raisi xizmat burchlari: Kompaniyaning barcha turdagi faoliyatiga O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida kompaniyalar to’g’risida”gi qonuniga muvofiq ravishda rahbarlik qiladi. Ishlab chiqarish bo’limlarining, sexlarning va boshqa tuzilma bo’linmalarining ishlarini va o’zaro samarali harakat qilishlarini tashkil etadi, ularning faoliyatlarini rivojlanishning yuqori sur'atini egallashga va ishlab chiqarishni takomillashtirishga, xalq xo’jaligining ishlab chiqariladigan maxsulotga bo’lgan talabini yanada tularoq qondirish maqsadiga uning eng yaxshi namunalariga mos kelishiga, barcha choralar bilan mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, yangi texnika va ilg’or texnologiyani keng joriy etish asosida maxsulot sifatini yaxshilashga, xo’jalik mexanizmini takomillashtirishga yo’naltiradi:


- ishchi xodimlarni nazorat qilish va boshqarish;
- ishchilarni malakasini oshirishiga ko‘maklashish;
- ish unumdorligini oshirish;
- tovar ishlab chiqarishni optimal yo‘lini topish;
- va yana shu kabi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishdir.
Bosh mutaxassis xizmat burchlari jamiyat raisdan keyingi pog‘anada turuvchi xodim hisoblanib, bevosita ishlab chiqarish jaroyonini nazorat qilib turadi, shu bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
Huquqshunos xizmat burchlari: Boshqa bo’limlar bilan birgalikda qonunlarni to’g’ri qo’llashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, huquqiy harakterga ega hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashadi hamda quyi boshqaruv organlarining, kompaniyalarning amaldagi qonunlarga xilof holda chiqarilgan hujjatlarini bekor kilish choralarini ko’radi.
Bosh hisobchi xizmat burchlari:Buxgalterlik hisob-kitobining turli uchastkalari (asosiy vositalarini, aylanma mablag‘larni, ishlab chiqarish tovar moddiy boyliklarini, xizmat ko’rsatishga sarflanadigan harajatlarni, mahsulot sotishni, moliya – xo’jalik faoliyati natijalarini, mol yetkazib beruvchilar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar va hokozalarni hisobga olishdagi) ishlarini bajaradi.
Iqtisodchi xizmat burchlari faoliyat harajatlari bo’yicha hisob
Kadrlar bo’limi boshlig’i xizmat burchlari:Kompaniyaning, uning bo’limlarining shaxsiy sostavini hamda kadrlar bo’yicha belgilangan hujjatlarning hisobini olib boradi. Mehnat qonunlariga, qoidalariga, yuriqnomalariga hamda jamiyat raisining buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga olinishi, ishdan ishga o’tkazishni va ishdan bo’shatishni rasmiylashtiradi.
Bozor iqtisodiyoti shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir paytda kompaniya va tashkilotlarning daromad olishga bo’lgan imkoniyatlari bir tomondan kamayib ketsa, ikkinchi tomondan ortishi mumkin. Bunda esa asosiy omil sifatida tanlangan tashkiliy tuzilma maydonga chiqadi. Shuning uchun ham, ikki imkoniyatdan birini tanlash va unga erishish rahbar-menejerdan mahorat va uddaburonlikni talab qiladi.
Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo'yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
INDEX” MChJ o‘z iqtisodiy faoliyati jarayonida tashkiliy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda quyidagilarga alohida e'tibor qaratib kelmoqda:

  • jamiyat Nizomiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;

  • jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, rejalar tuzish, ularni bajarilganligi haqidagi hisobotlarni tasdiqlash;

  • ta'sischini jamiyatdan chiqarish yoki yangilarni qabul qilish;

  • bajaruvchi organ va taftish komissiyasi a'zolarini saylash va bo‘shatish, ularning faoliyati tartibini tasdiqlash;

  • jamiyatning yillik natijalarini tasdiqlash, taftish komissiyasini hisobot va

  • tahlillarini, daromadlarini taqsimlash tartibini, dividendlarni va ziyonlarni qoplashni tasdiqlash;

  • filial va vakolatxonalarni tashkil qilish va qayta tashkil qilish, tugatish va ular to‘g‘risidagi holatlarni tahlil qilish;

  • jamiyat boshqaruvining mansabdor shaxslarini mulkiy javobgarlikka tortish haqida qarorlar qabul qilish;

  • jamiyatning tashkiliy boshqaruv strukturasini takomillashtirib borish;

  • kompaniya Nizom jamg‘armasini ko‘paytirib borish va nazorat qilish;

  • jamiyat boshqaruvining va filiallarining mansabdor shaxslarini mehnat to‘lovi shartlarini belgilash;

  • jamiyat faoliyatini tugatish haqidagi qarorlarni qabul qilish, tugatish komissiyasi tayinlash, tugatish muvozanatini tasdiqlash;

  • ta'sischilar bilan kiritiladigan qo‘shimcha ulushlarning miqdori ko‘rinishi va tartibini aniqlash;

“INDEX” MChJ faoliyatini tahlil qilish davomida uning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari, statistik ma’lumotlaridan foydalanildi. Jamiyat xo‘jalik yuritish tizimi o‘zining ko’p yillik davrida ham cho‘qqi, ham tebranish davrlarini o‘z boshidan kechirgan bo‘lib, unda o‘n besh mingdan ortiq ishchilar faoliyat ko‘rsatgan vaqtlari ham bo‘lgan bo‘lib, bugungi kundagi holat uning aksini, ya’ni bitiruv malakaviy amaliyotini o‘tash davrida qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan, tebranish davriga to‘g’ri kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuni aytish mumkinki, kompaniyada ba’zi kamchiliklar yoki nosozliklar tufayli sustlashuv kuzatilmoqda, bu o‘z vaqtida bartaraf etilgan taqdirda qayta o‘sish va gurkirash boshlanadi.
Kompaniya faoliyat natijaviyligiga baho berishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri rentabellik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Kompaniyani strategiyasini ishlab chiqish va samaradorligini oshirishda uni oldin har tomonlama tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kundа kоrxоnаning eski quvvаtini tiklаsh ishlаri bоsqichmа-bоsqich аmаlgа оshirib kelinmоqdа. Shu vаziyatdаn fоydаlаngаn hоldа kоrxоnаdа tаshqi iqtisоdiy аlоqаlаrni rivоjlаntirish vа uning ekspоrt sаlоhiyatini rivоjlаntirish tаdbirlаrini tаkоmillаshtirish zаrur. Buning uchun kоrxоnаdа bu ishlаrni tizimli ishlаshi vа bungа kоrxоnа iqtisоdiy sаlоhiyatining yetаrlilik dаrаjаsini o`rgаnish mаqsаdgа muvоfiq hisоblаnаdi.
Tаshqi bоzоrgа mustаqil chiqish vа hоrijiy sheriklаrni jаlb etish kоrxоnаlаr uchun mаhаlliy iqtisоdiyot o`sishining qo`shimchа mаnbаsi hisоblаnаdi. Bu nаrsа аyniqsа, kоrxоnаlаrning iqtisоdiy bаrqаrоrligini tа’minlаsh vа mаrkаziy hukumаtdаn mоliyaviy tushumlаr аsоsidа kоrxоnаning o`z ishlаb chiqаrishini qo`llаb - quvvаtlаsh, kredit mаblаg`lаrini jаlb etishning hаddаn ziyod оrtib ketishini оldini оlishgа qаrаtilgаn kоrxоnа siyosаtini оlib bоrishdа аyniqsа,kаttа аhаmiyatgа egа bo`lаdi. Bu mаsаlаdа kоrxоnаlаr o`z mаhsulоtlаrining hаm mаhаlliy, hаm jаhоn bоzоridа rаqоbаtbаrdоshligini tа’minlаshdа sifаtning o`rni beqiyosdir. Аgаr kоrxоnаdаn chetgа chiqqаn vа bоzоrgа kelib tushgаn nuqsоnli buyumlаrni tа’mirlаsh yoki аlmаshtirib berish xаrаjаtlаri bilаn birgаlikdа, pаst dаrаjаdаgi sifаt оqibаtidа sаrflаnаdigаn umumiy xаrаjаtlаr ishlаb chiqаrish xаrаjаtlаrining 30 vа undаn ko`p fоizini tаshkil qilаdi.


Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling