Reja: Kirish Inson kapitalini rivojlantirish omillari,mohiyati


Inson kapitaliga e'tibor — asosiy vazifa


Download 1.01 Mb.
bet11/12
Sana21.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1643547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Shamshod

4.Inson kapitaliga e'tibor — asosiy vazifa


Inson va uning qobiliyatlari, bilim, malakasi har qanday jamiyat farovonligi va davlat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omiliga aylangan bugungi kunda Oʻzbekistonda ham inson kapitali, shubhasiz, ijtimoiy iqtisodiy siyosatning ustuvor yoʻnalishi sifatida namoyon boʻlmoqda. Chunki inson kapitalini rivojlantirish — innovatsion iqtisodiyot, bilimlar iqtisodiyoti, investitsiyalar, global axborot tizimlari, eng yangi texnologiyalar va biznesning yangi shakllarini rivojlantirishning zarur sharti sanaladi. Inson kapitali (ing. human capital) — bu inson va umuman jamiyatning turli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan bilimlar, koʻnikmalar toʻplami. Inson potensialini tashkil etuvchi turli xususiyatlar ichida, inson kapitali aynan daromadlarning oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatuvchi xususiyatlarni ifodalaydi, shu jihatdan inson kapitali ishchining maxsus taʼlim, kasb-hunarga tayyorlash va ishlab chiqarish tajribasi asosida toʻplangan bilimlari, ularni amalda qoʻllashi va mahoratini oʻz ichiga oladi.
Dunyo tajribasi va amaliyoti shuni koʻrsatmoqdaki, aynan inson kapitaliga investitsiya yoʻnaltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlar yuksak taraqqiyotga erishmoqda. Chunonchi, rivojlangan mamlakatlarda taʼlimning toʻliq sikliga investitsiya kiritishga, yaʼni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta eʼtibor beriladi.



Agar yuqoridagi maʼlumotlarga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, AQSH va Janubiy Koreyada bir ishchi kuchini shakllantirishga ketgan xarajat oʻzini 13-17 karra oqlagani holda, Oʻzbekistonda sarflangan sarmoyaning jamiyatga keltiradigan foydasi atigi 4 barobarni tashkil etadi.
2018-yilda Jahon Banki tomonidan eʼlon qilingan “Inson kapitali indeksi-2018” reytingida Singapur (0,88 koeffitsent), Yaponiya (0,84), Koreya (0,84), Gongkong (0,82) va Finlyandiya (0,81) peshqadamlik qilgan. Ushbu davlatlarning intellektual salohiyati ham juda yuqori.
Agar xorijiy toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etgan mamlakatlarning 2019-yilgi reytingiga qaraydigan boʻlsak, bugungi kunda xorijiy investitsiyalar arzon ishchi kuchi boʻlgan mamlakatlarga emas, balki intellektual salohiyati hamda inson kapitali yuqori salohiyatga ega boʻlgan mamlakatlarga kiritilayotganligiga guvoh bo’lamiz.



Afsuski, mamlakatimizda maktab oʻquvchilarini bilimini aniqlash uchun oʻtkazilgan monitoring ishlari xalqaro standartlarga mos ravishda emasligi sababli taʼlim sifati (oʻquvchilarning bilimini baholash) boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar qabul qilinmagan.


Jahon Banki tomonidan dunyo davlatlarining 2020-yil uchun inson kapitali indeksi eʼlon qilindi. Dunyo aholisining 98 foizi istiqomat qiluvchi 174 ta mamlakat ishtirok etgan mazkur reytingga ilk marotaba Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar ham kiritilgan.
Ushbu maʼlumotlar 2020-yil mart oyigacha boʻlgan davrni qamrab oladi va pandemiyagacha bolalar salomatligi va taʼlimining asosiy koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi.
Inson kapitaliga investitsiya (inson hayoti davomida toʻplangan bilim, koʻnikma va salomatlik) bolaning salohiyatini namoyon etish va har bir mamlakatda iqtisodiy oʻsishni jadallashtirishda asosiy rol oʻynaydi.
Qayd etish lozim, inson kapitali indeksi bolaning kelajakda qay darajada samarali kadr boʻlib shakllanishini oʻlchaydi. Indeks qiymati 0 dan 1 gacha intervalda boʻlib, qiymat 1 ga yaqinlashishi bugungi bolalarning kelajakda qay darajada yetuk inson boʻlib shakllanishini koʻrsatadi.
2020-yil uchun inson kapitali indeksiga Oʻzbekistondagi sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasiga oid maʼlumotlar ham kiritildi. Ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etgan Oʻzbekiston 0,62 koeffitsent bilan MDH mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi (0,7), Rossiya (0,68) va Qozogʻiston (0,63)dan keyingi oʻringa joylashgan.






Darhaqiqat, keyingi yillarda Oʻzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash va xalqqa munosib turmush tarzini yaratib berishga kun tartibidagi asosiy masala sifatida qaralmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida “Mamlakatning xalqaro maydondagi
raqobatbardoshligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish —strategiyaning bosh maqsadidir”, deb belgilab berildi.
Shu bilan birga, 2019-yilning may oyida ilm-fan va oliy taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilishda Prezidentimiz mazkur sohaga oid davlat dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixtisosliklar boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz fani nufuzini koʻtarish boʻyicha fikr yuritar ekan, “...Bu ishlardan asosiy maqsad mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, xom ashyo va uni qayta ishlash bilan uzoqqa borib boʻlmaydi, qolaversa, ishlab chiqarishda qoʻshimcha qiymat olish uchun ham innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yoʻnalishi, tayanchi boʻladi”, — deb taʼkidlab o’tdi.
Soha mutaxassislarining fikriga koʻra, ilk bolalikda investitsiya kiritish boshqa dasturlarga qaraganda eng samaralidir. Chunki inson kapitalining rivojlanish jarayonining boshlanishi 3-4 yoshga toʻgʻri keladi va ushbu nuqtadan boshlab bola kelajakda oʻz taqdirini oʻzi belgilash va oʻzini namoyon qilish qobiliyatiga ega boʻla boshlaydi, mehnat bozorida oʻz qobiliyatiga murojaat qilishga oʻrganadi. Shu sababdan, yurtimizda maktabgacha taʼlim sohasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2018-2019-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar imzolanib, ulardan 1 097 tasi boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratildi.
Prezident tashabbusiga koʻra, yurtimizda 2020-yilga “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qilinganligi ham yurtimizda ilmiy salohiyat va taʼlim — tarbiyani taraqqiyotning poydevori sifatida qaralayotganligidan dalolat beradi.


Xulosa

Inson kapitali quyidagi omillarning kombinatsiyasi hisoblanadi:



  • Inson o'z ishiga olib keladigan fazilatlar: aql, energiya, pozitivlik, ishonchlilik, fidoyilik;

  • Shaxsning o'rganish qobiliyati: iste'dodlilik, tasavvur, ijodiy shaxs, zukkolik ("qanday ishlarni qilish");

  • Odamni ma'lumot va bilim almashishga undash: jamoaviy ruh va maqsadga yo'naltirilganlik.

  • Har doim bilim ishlab chiqarishni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri bo'lganiga qaramay, o'ziga xoslik zamonaviy bosqich aynan insoniyat tomonidan yangi sifatga o'tib, ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylangan bilimlarni to'plashda yotadi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling