Reja: Kirish Iste'mol kreditining asosiy tamoyillari. Iste'mol kreditlarining turlari. Iste’mol krediti beruvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari. Ta’lim kreditini olish tartibi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 163.39 Kb.
bet3/11
Sana17.06.2023
Hajmi163.39 Kb.
#1524505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
talim krediti

Kredit toifalari
1. Ochiq muddatli kredit
Ochiq iste'mol krediti, shuningdek, aylanma kredit sifatida ham tanilgan, qarz oluvchi har qanday turdagi xaridlar uchun foydalanishi mumkin bo'lgan kredit bo'lib, lekin belgilangan muddatdan oldin kreditning minimal miqdorini, shuningdek foizlarni to'lashi kerak. Ochiq kreditlar odatda kafolatsizdir. Agar iste'molchi belgilangan muddatdan oldin kreditni to'liq to'lay olmasa, foizlar undiriladi.
Kredit karta ochiq iste'mol kreditiga misoldir. Iste'molchi kredit kartada xaridlarni amalga oshirishi mumkin, ammo to'lanmagan summani muddati kelganda to'lashi kerak. Agar iste'molchi kredit karta bo'yicha to'lanmagan summani hisoblab chiqa olmasa, summa to'lanmaguncha unga foizlar undiriladi.
2. Yopiq muddatli kredit
Yopiq iste'mol krediti, shuningdek, bo'lib to'lash krediti sifatida ham tanilgan, muayyan xaridlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Yopiq kreditlarda iste'molchi ma'lum vaqt oralig'ida teng oylik to'lovlarni amalga oshiradi. Bunday kreditlar odatda kafolatlangan. Agar iste'molchi bo'lib-bo'lib to'lashga qodir bo'lmasa, qarz beruvchi garov sifatida ishlatilgan aktivlarni olib qo'yishi mumkin.
Iste'mol krediti imkoniyatlarini qanday solishtirish mumkin
Iste'mol krediti taklifini qabul qilishdan oldin, kredit shartlarini ko'rib chiqish, u sizning ehtiyojlaringizga javob berishi va joriy kredit bozori bilan raqobatbardosh ekanligiga ishonch hosil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Baholash uchun asosiy mezonlarga quyidagilar kiradi:

  • Foiz stavkasi: Yuqori foiz stavkalari oylik to'lovlarning oshishiga olib keladi.

  • To'lov muddati: To'lov muddatining davomiyligi oylik to'lovingiz miqdorini belgilaydi.

  • To'lovlar (shu jumladan aylanma hisobvaraqlar uchun yillik to'lovlar): Turli kreditorlar har xil miqdordagi to'lovlarni olishadi.

  • Garov ta'minotiga qo'yiladigan talablar, agar mavjud bo'lsa: Kredit va boshqa kredit omillariga qarab, kreditingiz uchun garovni taqdim etishingiz kerak bo'lishi mumkin.

  • Erta to'lash to'lovlari. Agar siz qarzni muddatidan oldin to'lashga qaror qilsangiz, ba'zi kreditlar sizdan qo'shimcha haq olishi mumkin.

Iste'mol kreditlaridan mas'uliyatli foydalanish va qarzni moliyaviy vosita sifatida boshqarish orqali siz moliyaviy barqarorlikni yaxshilashingiz, pul oqimini optimallashtirishingiz va vaqt o'tishi bilan sof boyligingizni oshirish uchun iste'mol krediti qarzidan foydalanishingiz mumkin. Kredit munosabatlari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
1. Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.
Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi. Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta’minlaydi. Sobiq ittifoq davrida «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo’lib, u qishloq xo’jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy axvolini hisobga olmagan xolda berilib, aslida u byudjet subsidiyasining qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi.
2. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma’lum muddatga berilishini anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo’linadi. Bu muddat qarzdor uchun xoxlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditni o’z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o’z vaqtida foiz bilan kaytarilishi uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko’zda tutilgan jazo choralaridan qutultiradi.
Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag’larni doiraviy aylanishini tezligiga bog’liqdir.
3. Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. Bu tamoyilning moxiyati shuki, bunda xo’jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag’larining bir so’miga muayyan boyliklarning har bir sumi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovar-moddiy boyliklari va ma’lum harajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Ta’minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi.
Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar xujjatlarini, mulkni garovga qo’yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.
Kreditning bu tamoyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarini buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta’minlaydi va o’zining amaliy aksini kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir.
4. To’lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’larini hisoblangan foizi bilan to’liq o’tkazadilar. Kredit uchun xak to’lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi mikdori shartnomada o’z aksini topadi va u kreditlashning o’rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi.
5. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog’liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma’lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish harajatlarini koplash va boshqalar) yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.
6. Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga qaytarib to’lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo’lsagina ularga mablag’ ajaratilishi lozim.
Binobarin samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo’lib unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
4. Kreditning shakllari va turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo’q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog’liq bo’ladi.
Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan bog’liq.
Kreditning asosiy turlari:
1. Bank krediti.
2. Davlat krediti.
3. Iste’mol krediti.
4. Tijorat krediti.
5. Lizing krediti.
6. Xalqaro kredit.
Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra
a) tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.
b) ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.
2. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa, o’rta va uzoq muddatli)
a) Muddatli
b) Muddati kechiktirilgan
c) Muddati o’tgan.
3. Kreditni to’lash manbalariga ko’ra.
a) Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga.
b) Garant mablag’lari hisobidan
c) Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.
a) Bevosita to’g’ri ta’minlangan (o’z mulki va mablag’i hisobiga).
b) Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)
c) Ta’minlangan kreditlar (sug’urta va yuqori tashkilotlar)
5. To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra
a) Past foiz stavkali.
b) O’rta foiz stavkali
c) Yuqori foizli
d) Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).
Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi.

Jumladan:



Muddati

Rossiya

AQSh

Buyuk Britaniya

Fransiya

O’zbekiston

Qisqa

1 yilgacha

1 yilgacha

3 yilgacha

1 yilgacha

1 yilgacha

O’rta

1-3 yil

1-6 yil

3-10 yil

2-7 yil

1-3 yil

Uzoq

3 yildan ortiq

6 yildan ortiq

10 yildan ortiq

7 yildan ortiq

3 yildan ortiq

Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag’larni moliyalashtirishga, o’rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo’lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda.
AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi.
Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.

Download 163.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling