Reja Kirish Jahon moliya-valyuta tizimida Xalqaro valyuta fondining o`rni Xalqaro valyuta fondi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari O`zbekiston va Xalqaro valyuta fondi hamkorligining istiqbolliy jihatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


yil moliya yilida umumiy resurslari hisobi doirasida tasdiqlangan


Download 414.89 Kb.
bet11/11
Sana02.01.2022
Hajmi414.89 Kb.
#189167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja Kirish Jahon moliya-valyuta tizimida Xalqaro valyuta fondin-fayllar.org

2017 yil moliya yilida umumiy resurslari hisobi doirasida tasdiqlangan



kelishuvlar (mln. SDR)


A`zo–davlatlar


Kelishuv turlari


Kuchga kirish sanasi


Summa

Bosniyai

Gertsegovina

kreditlashning kengaytirilgan mexanizmi 36 oyga


07.09.2016y.


443,0

Kolumbiya

egiluvchan kredit liniyasi 24 oyga


13.06.2016 y.


8180,0

Kot d‘Ivuar

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

12.12.2016y.


325,2

Misr

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

11.11.2016 y.


8 596,6

Gruziya

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

12.04.2017 y.


210,4

Iroq

`Stend–bay` 36 oyga


07.07.2016 y.


3831,0

Yamayka

`Stend–bay` 36 oyga


11.11.2016 y.


1195,3

Iordaniya

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

24.08.2016 y.


514,7

Meksika

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

27.05.2016 y.


62388,9

Moldova

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

07.11.2016 y.


86,3

Marokash

preventiv qo`llab–quvvatlash va

likvidlik liniyasi 24 oyga

22.07.2016 y.


2504,0

Polsha

egiluvchan kredit liniyasi 24 oyga


13.01.2017 y.


6500,0

Shri-Lanka

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 36 oyga

03.06.2016y.


1070,8

Surinam

`Stend–bay` 24 oyga


27.05.2016y.


342,0

Tunis

kreditlashning kengaytirilgan

mexanizmi 48 oyga

20.05.2016y.


2045,6



Jami






98233,8

Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.



XVF imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlariga kengaytirilgan kredit ( past daromadli foiz stavkasi: 0 %, qoplash muddati: 5½–10 yil) Stend–bay kredit (foiz stavka: 0,25% , qoplash muddati 4–8 yil) va tezlashtirilgan kreditlash (foiz stavkasi: 0%, qoplash muddati: 5½–10 yil) mexanizmlari kiradi. 2017- yil moliya yilida Ijro kengashi XVF ning imtiyozsiz moliyalashtirish mexanizmlari doirasidagi umumiy summasi 98,2 mlrd. SDR dagi (28 aprel 2017 yilga bo`lgan 0,71103 SDRning dollarga almashinuv kursi bo`yicha 134,7 mlrd. AQSh dollari) 15 kelishuvlarni tasdiqlagan.


2008–2017 yil moliya yilida to`lanmagan imtiyozsiz kreditlar (mlrd.



SDR)

Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.




2008–2017 yil moliya yilida to`lanmagan imtiyozli kreditlar (mlrd.



SDR)

Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.

Byudjet-soliq siyosatida XVF tomonidan daromad bilan ta‘minlash va harajatlarni samarali boshqarish, shu juladan, soliq va bojxona siyosati, byudjetni shakllantirish, davlat moliyasini boshqarish, tashqi va ichki qarzlar hamda ijtimoiy himoya tizimi yuzasidan hukumatlarga maslahat va taviyalar beriladi. Bu o`z navbatida, ijtimoiy sohadagi davlat tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlarini sifatini oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi.

Pul-kredit siyosati va moliyaviy sektori siyosatida markaziy banklar bilan birgalikda pul-kredit va kurs bo`yicha siyosatni modernizatsiya qilish, tartibga solish hamda nazorat qilish organlari bilan moliyaviy tashkilotlarni nazorat qilishni takomillashtirish yo`nalishida ish olib boradi. Mazkur yo`nalishda olib borilgan chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot va xalqaro savdoni o`sishini rag`batlantirish orqali mamlakatning moliyaviy holatini barqarorlashtirishda muhim o`rin tutadi.



MVF Huquqiy masalalarda boshqarishning huquqiy asoslarini xalqaro standartlar muvofiqligi bo`yicha texnik ko`mak ko`rsatish orqali, byudjet va moliya sohasidagi islohatlar hamda korruptsiya, pul mablag`larini noqonuniy o`zlashtirilishi hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo`yicha mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi.


2013–2017 yil moliya yilida tematika bo`yicha texnik ko`mak ko`rsatish (joylarda ko`rsatilgan ko`maklar kishi–yillarda)

Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.




2013–2017 yil moliya yilida daromadlar guruhi bo`yicha texnik ko`mak ko`rsatish (joylarda ko`rsatilgan ko`maklar kishi–yillarda)

Manba: www.imf.org/.Annual Report 2017.

O`zbekiston Respublikasi 1992- yil 21- sentyabrda XVF ning a‘zosiga aylangan bo`lib, XVF bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish va makroiqtisodiy islohatlarni qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan. XVF va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi Kelishuvning IV moddasiga ko`ra Hukumat va Markaziy bank bilan konsultatsiyalar o`tkazish maqsadida XVF vakillarining respublikamizga doimiy tashrifi amalga oshirilib kelinmoqda.Mazkur missiyalarning faoliyati iqtisodiyot sohasi, moliyaviy sektor va statistika, shuningdek iqtisodiy islohatlarni davom ettirish yo`nalishlarini o`rganishdan iborat. 2002- yilda O`zbekiston Respublikasi Hukumati, Markaziy bank va XVFning hamkorligi jarayonida so`mning ayirboshlashi va O`zbekiston bilan XVF o`rtasidagi Kelishuvning VIII moddasida ko`zda tutilgan `Iqtisodiy va moliyaviy siyosat bo`yicha Memorandum` va `Joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha milliy valyutani ayirboshlashni ta‘minlash ish rejasi` ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

O`zbekiston va XVF o`rtasidagi konstruktiv muloqot Ish rejasida ko`zda tutilgan barcha choralarni bajarishga yordam berdi, natijada 2003- yilning 15- oktyabrida O`zbekiston Respublikasi tomonidan joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha milliy valyutani ayirboshlashini ta‘minlash borasidagi VIII moddaning 2(a), 3 va 4 bo`limlari bo`yicha majburiyatni olishga erishilgan.

XVFning tavsiyalariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan `Tijorat banklarining kapital adekvatliligiga bo`lgan talablar to`g`risida`, `Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan rezervlarni shakllantirish va foydalanish, aktivlar sifatini klassifikatsiyalash`, `Tijorat bankning likvidlilik boshqaruviga bo`lgan talablar to`g`risida`, `Banklar va ularga tegishli shaxslar o`rtasidagi bo`lgan operatsiyalar to`g`risida` va `Bir qarzdorning yoki o`zaro aloqador qarzdorlar guruhining maksimal risk miqdori to`g`risida`gi nizomlarning yangi tahriri ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Ushbu o`zgartirishlar milliy qonunchilikda bank nazoratining halqaro talablarini (Bazel III) maksimal darajada hisobga olinishga sharoit yaratdi.

So`nggi yillarda XVF tomonidan respublikaga turli yo`nalishlar bo`yicha texnik ko`maklar ko`rsatib kelinmoqda. Xususan, Markaziy bankka 2014 yilda bank sektorida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishdagi texnik ko`makni ko`rsatib o`tish mumkin. Mazkur texnik ko`mak natijasida `Korporativ boshqaruv to`g`risida`gi Nizomga oxirgi xalqaro standartlarga, jumladan korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo`yicha Bazel qo`mitasi tamoyillari (2010 yil oktyabr) va Moliyaviy barqarorlik bo`yicha Kengashning (2013 yil fevral) `Risklar boshqaruvini tematik shahri` tavsiyalariga muvofiq qayta ko`rib chiqilgan.

2016 yil apreldan boshlab XVF tomonidan respublikada tijorat banklarida stress-test sinovlarini metodologiyasini takomillashtirish bo`yicha texnik ko`mak doirasida ish boshlangan.

XVFning O`zbekistondagi texnik ko`maklashish missiyasi

STA

Milliy hisob–varaqlar, narxlar va hisob– varaqlar balansi statistikasi

May 2007


LEG

AML/CFT

Yanvar, Mart/Aprel 2009


FAD

Davlat byudjeti boshqaruvi

Fevral 2010


FAD

Inspektsiya

Iyun 2007, Oktyabr 2008,






Noyabr/Dekabr 2009,


Iyun, Sentyabr 2011


STA

Pul–kredit va moliya statistikasi

Fevral 2011






May/Aprel, Oktyabr 2012, Fevral 2013


MCM

Bank nazorati

STA

Umumiy ma‘lumotlarni ommalashtirish tizimi

Mart 2013


STA

Pul–kredit va moliya statistikasi

May 2013


FAD

Soliq muassasasi

Mart, Oktyabr 2013


STA

Davlat moliya statistikasi

Sentyabr/Oktyabr 2013


MCM

Tijorat banklardagi korporativ boshqaruv

Aprel/May 2014


Joriy yilning 4-9 iyun kunlari Markaziy bank, Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi rahbarlaridan iborat O`zbekiston delegatsiyasining XVF ning Vashingtondagi shtab-kvartirasida mamlakat valyuta siyosatini isloh qilish imkoniyatlari bo`yicha muzokaralarni birinchi bosqichi bo`lib o`tgan. Mazkur muzokara yakuni bo`yicha XVF Ijrochi direktori Kristin Lagard tomonidan O`zbekiston Prezidenti Sh. Mirzyoevga yo`llangan xatida iqtisodiy siyosat masalalari bo`yicha tavsiyalar va texnik ko`mak berish orqali islohatlarni to`liq qo`llab-quvvatlanishini ma‘lum qilgan.

Shuningdek, 2017- yilning 17-24 iyul kunlari XVF ning missiyasi yakuni bo`yicha janob Alberta Yeger tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli `O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida`gi Farmoni bilan tasdiqlangan `2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi` asosida iqtisodiyotni isloh qilish, xususan valyuta tizimidagi islohatlar to`liq qo`llab-quvvatlangan va ijobiy baholangan.

Xulosa


Xalqaro valyuta–kredit va moliya munosabatlari institutsional strukturasi o`z ichiga ko`p sonli xalqaro tashkilotlarni oladi. Bulardan birlari, katta vakolat va resurslarga ega bo`lgan xolda valyuta–kredit va moliya munosabatlarini tartibga solish amalga oshirilsa, boshqalari esa hukumatlararo muhokamalar, konsensusa hamda valyuta va moliya–kredit siyosati bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqishadi. Uchinchilar, axborotlar yig`ish, valyuta–kredit va moliya va umuman olganda iqtisodiyotning dolzarb muammolari bo`yicha statistik va ilmiy–tadqiqotlari nashrlari bilan ta‘minlaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarini globallashayotgan jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishdan iborat bo`lgan umumiy maqsad birlashtiradi.

2017- yilning 17-24 iyul kunlari XVF ning missiyasi yakuni bo`yicha janob Alberta Yeger tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi” asosida iqtisodiyotni isloh qilish, xususan valyuta tizimidagi islohatlar to`liq qo`llab-quvvatlangan va ijobiy baholangan.



Foydalanilgan adabiyotlar
  1. Mejdunarodnie valyutno–kreditnie otnosheniya: uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i dr.–M.:Izdatelstvo Yurayt, 2014.–687s.


  2. Mejdunarodnie valyutno–kreditnie otnosheniya: Uchebnik dlya vuzov /Pod red. L.N.Krasavinoy.–4–e izd., pererab. i dop.–M.:Izdatelstvo Yurayt, 2014.–543s.


  3. Moiseev S.R. Mejdunarodnie finansovie rinki i mejdunarodnie finansovie instituti./MMIEIFP.M.,2003.–245s.


  4. Maksimov V.F., Maksimov K.V.,Vershinina A.A. Mejdunarodnie finansovie rinki i mejdunarodnie finansovie instituti:Uchebno–metodicheskiy kompleks:–M., 2009.–175s.


  5. Grishina O.A., Zvonova Ye.A. Regulirovanie mirovogo finansovogo rinka: Teoriya, praktika, instrumenti.– M.:INFRA–M, 2010.–410s.


  6. Savvina O.V. Regulirovanie finansovix rinkov: Uchebnoe posobie.– M.:ITK


  7. «Dashkov i K», 2008.–204s.


  8. www.ebrd.com/ annual-report-2016.


  9. www.imf.org/ex.Annual Report 2017.


  10. Doklad RISI. BRIKS i mejdunarodnaya finansovaya arxitektura: ot MVF k spravedlivomu mnogopolyarnomu miroporyadku. Problemi natsionalnoy strategii


  11. № 3 (30) 2015.


  12. worldbank.org/annualreport.


  13. www.miga.org.


  14. https://icsid.worldbank.org. The icsid caseload–statistics(ISSUE 2017–1).


  15. www.investintomsk.comfilesdocDevelopment_institutesebrr.pdf.







1 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2019/eng/assets/pdf/imf-annual-report-2019-ru.pdf



2 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2019/eng/assets/pdf/imf-annual-report-2019-ru.pdf



3 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2019/eng/assets/pdf/imf-annual-report-2019-ru.pdf



4 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2019/eng/assets/pdf/imf-annual-report-2019-ru.pdf



5 https://www.imf.org/external/pubs/ft/ar/2019/eng/assets/pdf/imf-annual-report-2019-ru.pdf





http://fayllar.org

Download 414.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling