Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati


Download 0.69 Mb.
bet15/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

4.O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati.
O‘zbekiston milliy mustaqillik tufayli jahon xo‘jaligi tizimiga kirib
bormoqda. Bunday sharoitda (vaziyatda) tashqi iqtisodiy majmuani
boshqarishning o‘ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo‘llarini belgilash taqozo etiladi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida jahon iqtisodiyotiga qo’shilib borish, tashqi iqtisodiy faoliyat tamoyillari va strategiyasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Shuni ta'kidlash kerakki, tashqi iqtisodiy siyosat tenglik va o‘zaro manfaatdorlik, biron-bir mamlakkat ta'sir doirasiga tushib qolmaslik, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish, turli mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustaqil va g’oyaviy qarashlardan holi o’rnatish tamoyiliga asoslanadi.
O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirish va tashqi iqtisodiy faoliyatlarni erkinlashtirish yuzasidan faol chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu sababli, Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatik munosabatlarni o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi. Ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, jahon banki, xalqaro bank, xalqaro valyuta fondi, xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo‘lib kirdi.
Respublika a'zo bo‘lib kirgan dastlabki ittifoq – Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (1991-yil tuzilgan)10, hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Turkiya, Eron va Pokiston tomonidan tuzilgan (1994) iqtisodiy hamkorlik tashkilotidir.
O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish zarur bo‘lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo‘lgan xo‘jalik subyektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 3445 tadan oshdi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
O‘zbekiston , Qozog’iston va Qirg’iziston o‘rtasidagi yagona iqtisodiy makon to‘g‘risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. O‘zbekistonning jahon xamjamiyatiga kirib borishi BMT ning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo‘ladi.
Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik, NATO ning «Tinchlik yo‘lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga kirib borishining navbatdagi yo‘nalishidir. Jumladan, Yevropa ittifoqi bilan respublikamiz o‘rtasida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (1996-yil iyul) tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishidir.
O‘zbekistonning xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga navbatdagi yo‘nalishidir. Bu yo‘nalishda XVF11 bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta'minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ma’qullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta'minlash va rivojlanish banki (XRRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi, ya'ni Yevropa ta'minlash va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki, Jahon savdo tashkilotining roli ham kattadir.
Integratsiya borasida O’zbekiston ham murakkab yo’lni bosib o’tmoqda.
Chorizm davrida O’zbekiston iqtisodi umumrossiya yagona iqtisodining tarkibiy
qismi sifatida Rossiya davlatiga xizmat qildi. Sho’rolar davrida vaziyat yanada
murakkablashdi. O’zbekiston iqtisodi yanada mahkamroq ravishda Markazga
bo’ysundirilib, yurtimizdan moddiy boyliklarning olib ketilishi avvalgidan ham
tezlashdi, «rivojlangan sotsializm» yillarida «Butun ittifoq yagona iqtisodiy
majmuasi» tashkil qilindi. Bularning hammasi majburiy, zo’ravonlarcha
integratsiyaning yorqin misollaridir. Xolbuki, u ixtiyoriy o’zaro, manfaatdorlik
asosida va tabiiy ravishda amalga oshirilishi kerak.
Katta istiqbolga ega integratsion jarayon – 1994-yili O’zbekiston, Qozog’iston
va Qirg’iziston o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan Markaziy
Osiyo umumiy bozorining rivojlanishidir. Ushbu shartnomada mintaqaviy
integratsion aloqalarni kuchaytirish bo’yicha qator tadbirlar ko’rsatib o’tilgan. Ular
qatoriga:

  • yoqilg’i-energetika majmuini, transport va axborot tizimlarini, mintaqa
    suv xo’jalik tizimini rivojlantirishning yagona dasturlarini ishlab chiqish;

  • umummintaqa erkin savdo hududi va bojxona ittifoqini tashkil etish;

  • banklarararo hisob-kitoblarning samarali mintaqaviy tizimini yaratish;

  • byudjet siyosati, pul-kredit, valyuta munosabatlarida mutanosiblikka erishish;

  • mintaqa doirasida davlatlar iqtisodiy qonunchiligini yaqinlashtirish va huquqiy-me’yoriy aktlar muvofiqligiga erishish;

  • qo’shma korxonalar, moliya-sanoat guruhlari tuzish uchun
    zarur shart-sharoit yaratish;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasining turli xil davlatlararo shakllarini amalga oshirishni (kooperatsiya, assotsiatsiya, birlashmalar tashkil etish) kiritish mumkin va bu tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Iqtisodiy hayotda integratsiya bir nechta yo’nalishlarga ega:

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling