Reja kirish Jahon xo’jaligining mohiyati va bosqichlari xalqaro mehnat taqsimoti – dunyo xo’jaligining moddiy asosi Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va kooperatsiya O’zbekistonning jahon xo’jaligi rivojidagi ahamiyati Xulosa


-yilning yanvar-dekabr oylaridagi O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi


Download 0.69 Mb.
bet17/19
Sana18.11.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1783907
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
CMM-55 Toshpo\'latov Abdulaziz

2018-yilning yanvar-dekabr oylaridagi O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi

4-jadval13


O’zbekiston Respublikasining 2018-yil yakunidagi eksport tarkibi



5-jadval14


O’zbekiston Respublikasining 2018-yil yakunidagi import tarkibi



Xulosa qilsak, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvini kuchaytiradi, hamda iqtisodiy taraqqiyotni yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari bo’lib xizmat qiladi.




XULOSA
Xalqaro mehnat taqsimoti – ayrim mamlakatlarning o’zlari uchun qulay va
manfaatli, samarali bo’lgan tabiiy sharoit va resurslar, aholining mehnat malakalari
va ko’nikmalari asosida ayrim mahsulotlar yoki ularning turlarini ishlab
chiqarishga ixtisoslashuvi va boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashidir.
Dunyo xo’jaligi – milliy xo’jaliklarning umumlashmasi bo’lib, barqaror
sur’atda rivojlanib borayotgan, bozor iqtisodiyotining obyektiv qonun va
qonuniyatlari asosida xalqaro aloqalarning o’sib borishi bilan birgalikda o’ziga xos
qarama-qarshiliklarga ham ega yaxlit xo’jalik tizimidir.
N.D.Kondratyev nazariyasi va boshqa tadqiqotlar asosida dunyo xo’jaligi
rivojlanishida 3 ta katta bosqich: industriyalashtirishgacha bo’lgan rivojlanish,
industriyalashtirish va industriyalashtirishdan keyingi rivojlanish bosqichlari uchta
– birinchi, ikkinchi va uchinchi sanoat inqiloblarini hamda «uzun to’lqinlar»
davrlarini (5 ta) ajratish mumkin.
Dunyo xo’jaligi rivojlanishida asosiy rol o’ynovchi uchta: geografik,
iqtisodiy va informatsion makonlar doirasida faoliyat ko’rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimlar muhim ahamiyatga ega.
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi jarayon integratsiyaning umumlashuvi kapital ishlab chiqarish va mehnatni qamrab olinganligidir. Iqtisodiy integratsiya –
turli milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvi bo’lib, ikki va undan ortiq milliy
xo’jaliklarning yagona xo’jalik mexanizmini yaratish maqsadidagi yaqinlashuvi va
uyg’unlashuvidir. Iqtisodiy hayotda integratsiya bir nechta yo’nalishlarga ega.
Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi mamlakatlar o’rtasidagi mehnat
taqsimotining o’ziga xos shakli bo’lib, milliy ishlab chiqarishning tabaqalanishi
asosida bir xil ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va mehnatning umumlashuvi
hamda alohida mustaqil texnologik jarayonlarning ajralib chiqishi, ichki
ehtiyojlardan yuqori turgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmoq va kichik
tarmoqlarning bo’linishi orqali o’zaro tabaqalashgan milliy xo’jalik majmualarini
to’ldirishdir. Bunday xalqaro ixtisoslashuv jarayonlari xalqaro ishlab chiqarish
kooperatsiyasining asosidir.
Mehnat taqsimoti nafaqat bir mamlakat doirasida, u mamlakatlar o‘rtasida ham amalga oshishi mumkin. Natijada xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Xalqaro mehnat taqsimoti jahon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining muhim omiliga aylandi.
Jahon xo‘jaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarning asrlar davomidagi rivojlanishi, milliy regional va umumjahon miqyosida mehnat taqsimotining uzluksiz chuqurlashib borishi, turli mamlakatlar ishlab chiqarishining yakkalangan holatdan chiqishi va ularning asta-sekin davlatlararo xo‘jalik tizimiga kirib borishining natijasidir.
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi mamlakatlar o‘rtasidagi fan-texnika, ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy aloqalarning obyektiv asosi bo‘lib hisoblanadi va shu tufayli ishlab chiqarishning baynalminallashuvi umumjahon jarayoniga aylanadi.
Demak, xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omili bo’lib hisoblanar ekan. Jahon xo‘jaligi barcha milliy xo‘jaliklarni o’z ichiga oladi.
Jahon xo‘jaligi munosabat tarzida o’z obyekti va subyektlariga ega.
Xalqaro miqyosda resurslarning taqsimlanishi va samarali ishlatilishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, uning kooperatsiyasi, iqtisodiy integratsiya, savdo-sotiq, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, qoloqlik va qashshoqlikka chek qo’yish, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan iqtisodiy faoliyat yurgizish kabilar umumjahon munosabatlarining obyekti bo‘lsa, turli davlatlar, xalqaro va milliy firmalar, xalqaro tashkilotlar ularning subyekti hisoblanadi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko‘ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko‘rsatkich va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM; milliy daromad va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori; milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri keladiki, bu davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan o‘sib chiqadi, ishchi kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va obyektiv ravishda ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi subyektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari (kadrlarni tayyorlash, turizm va h.k.) bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi. Barcha mamlakatlar tashqi savdosi majmui xalqaro savdoni tashkil etadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling