Reja: Kirish Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash Tabiatning


Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar


Download 51.08 Kb.
bet5/6
Sana13.02.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1194929
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-мавзу

Jismoniy mashqlarning ta’sirini belgilovchi omillar
Har xil jismoniy maщqlarning samarasi turli xil yoki turli xildagi jismoniy mashkdar bir xil tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Demak, bu jismoniy mashqlar doimiy bir xil ta’sir xususiyatiga ega emasligining isbotidir.
Tarbiya jarayonida jismoniy mashklarning samarali ta’sirini belgilay oladigan omillarni bilish pedagogik jarayonni boshqarishni osonlashtiradi. Bu omillar quydagicha guruhlanadi:
/. O‘qituvchi va o‘quvchilarning shaxsiy tavsifi omili. Ta’lim jarayoni ikki tomonlama — o‘kuvchilar o‘qiydi, o‘qituvchi o‘qitadi. Shuning uchun jismoniy mashqlarning ta’siri keng darajada kim o‘qitayotganligiga va kimlarni o‘qiyotganligiga, axloqiy sifatlariga va iqtidori (intellekti)ga, jismoniy rivojlanganligiga va tayyorgarligi darajasiga, shuningdek, birlamchi bajara olish malakasi, qiziqishi, harakat faolligi hamda boshqalarga bog‘liq.
2. Ilmiy omillar — jismoniy tarbiyaning qonuniyatlarini tomonidan anglanishi me’yorini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik xususiyatlari kanchalik chuqur ishlab chikilgan bo‘lsa, pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan shunchalik samarali foydalanish mumkin.
3. Metodik omillar — jismoniy mashqlardan foydalanishda amal qilinadigan juda keng qamrovdagi talablar guruhini umumlashtiradi.
Jismoniy mashqni o‘kitish davomida yoki boshqa pedagogik vazifani xal qilish uchun qo‘llanayotgan usuliyat (jismoniy kabiliyatni ochsin, o‘zlashtirishni osonlashtirsin) masalan, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda quyidagilar hisobga olinadi, birinchidan jismoniy mashqdan kutilayotgan samara, ya’ni bu mashq bilan qanday vazifalar (bilim berish, tarbiyalash, yoki sog‘lomlashtirish)ni hal qilish; ikkinchidan, jismoniy mashqni tuzilishi, statik yoki dinamik mashqmi, siklik, atsiklik harakatmi yoki boshqasimi; uchinchidan, mumkin bo‘lgan takrorlash usuliyatlari (bo‘laklarga ajratib yoki mashqni
to‘la bajarish bilan o‘rgatish maqsadga muvofiqmi, takrorlashlar oralig‘ida aktiv dam olishni qo‘llash kerakmi yoki passiv dam olishni ta’minlay oladimi va hokazolar). Jismoniy mashqlarning bunday xarakteristikam qo‘yilgan pedagogik vazifalarni xal qilish uchun jismoniy tarbiya vositalari va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jismoniy mashqlarning samarasi optimal yuklamani belgilay olish orkaligina bo‘lishi mumkin. Faoliyatda yuklamaning davomiyligi hamda uning intensivligi, takrorlash chastotasi (interval va dam), takrorlashlar oragig‘idagi dam olishning xarakteriga bog‘liq. Yuklamani boshqarishda yuqorida ko‘rsatilayotgan hollarning o‘zaro munosabati hisobiga olinishi shart. Masalan, mashqning bajarilish davomiyligining ortishi uning intensivligining pasayishiga olib kelishi qonuniyati bilan belgilangan.


Xulosa

O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va hozirgi kunda ham mashklar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z ahamiyatini yo‘kotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qarama-karshi ularok, har doim o‘zgarishda. Tarixiy kabul kilingan jismoniy mashklar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermokda yoki o‘sha mashklar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashklar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto‘g‘ri fikr tug‘dirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashklari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lik holda foydalaniladi.


O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning hammasi xilma-xil ma’no beradi. O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. O‘zining hayotiy ahamiyati orkaligina jamiyatda o‘ziga qiziqish uyg‘otadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi.

Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling