Reja: Kirish Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash Tabiatning
Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi
Download 51.08 Kb.
|
15-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi
Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi
Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish — uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish boskichlarida jismoniy .mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga moe keladiganlarigagina e’tibor berilgan. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida tarbiyaning maqsad va vazifasi o‘zgarib turgan, demak, jismoniy tarbiya tizimi xam o‘zgargan, bu esa uning omillarining xam o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Gresiyada tarixiy besh kurash ~ pentatlon, Guts-Mutsning tabiiy xarakatlari, Pestalossi va Shpisning XVIII asr uchun tanlangan «elementar xarakatlari» va boshqalar. Demak, davr uzgarishi bilan jismoniy tarbiya tizimi, uning vazifalari va vositalari o‘zgardi. Shvedlarni pedagogik gimnastikasida jismoniy mashqlar anatomik xususiyatga qarab klassifikatsiya kilindi, chunki ular tizimining asosiy maqsadi tana tuzilishining ko‘rinishi yaxshilash edi. Bu esa jismoniy tarbiya tizimining yo‘nalishini torrok bo‘lishiga olib keldi. Chexlarning «Sokol gimnastikasi» jismoniy mashqlarning tashqi formasiga karab sport jihozida bajariladigan, sport jixrzisiz bajaraladigan mashqlar guruhlari deb turkumlanadi. Buning ijobiy tomoni shundaki, paydo bo‘lgan yangi jismoniy mashqlar bu turkumlarning birida o‘z o‘rnini topar edi. Fransuzlarning Eber sistemasida jismoniy mashklar qisqa utilitar mazmuniga qarab: yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chikish, og‘irlik ko‘tarish mashqlari, uloqtirish, suzish, hujum va himoya qilish mashq:lari deb turkumlandi. Avstriya pedagoglari klassifikatsiyam xam keng kamrovli emas edi. Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Tarixan jismoniy mashklar — o‘yinlar tarzidagi, gimnastika ko‘rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi. O‘yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va hozirgi kunda ham mashklar klassifikatsiyasi tarkibida o‘z ahamiyatini yo‘kotgani yo‘q. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qarama-karshi ularok, har doim o‘zgarishda. Tarixiy kabul kilingan jismoniy mashklar turkumi davr o‘tishi bilan o‘z o‘rnini o‘zidan progressiv bo‘lganlarga bo‘shatib bermokda yoki o‘sha mashklar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o‘yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashklar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto‘g‘ri fikr tug‘dirishi mumkin. Chunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o‘yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashklari tarzida xam uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘lik holda foydalaniladi. O‘yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o‘yini, kuch o‘yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo‘yicha esa, aktyor o‘yini, olimpiada o‘yinlari yoki sport o‘yini, bularning hammasi xilma-xil ma’no beradi. O‘yin tarixiy to‘plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. O‘zining hayotiy ahamiyati orkaligina jamiyatda o‘ziga qiziqish uyg‘otadi va ayrim odamlarni o‘ziga tortadi. O‘yin faoliyatida odam o‘zini o‘rab olgan muhit bilan o‘zgacha aloqada, bir maksadga yo‘naltirilgan faoliyatda bo‘ladi va xam jismoniy ham aqliy kobiliyatini mashq Trenirovka) kildiradi. Mehnatdan farqli o‘laroq, o‘yin paytida moddiy ne’mat yaratilmaydi. O‘z hayoti uchun tabiat in’omlaridan bevosita foydalanmaydi. O‘yin sharoitida xilma-xil harkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o‘ynovchining o‘z his-hayajonini, ijodiy kobiliyatini, faolligini hamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi. Sport o‘yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o‘zining kat’iy o‘yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jixrzlariga ega. O‘yin paytida vazifalarni bir individ xal qilmay. jamoa hal kiladi. Bu o‘yinlar bo‘yicha muntazam musobakalar uyushtiriladi. O‘yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o‘yinlari muntazam o‘sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo‘lib o‘ynaydigan harakatli o‘yinlar uch turga bo‘linadi: a) o‘yinchilarni jamoalarga ajratmay o‘ynaydigan o‘yinlar; b) jamoali o‘yinga aylanib ketadigan o‘yinlar; v) jamoalarga bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar (barcha sport o‘yinlari kiradi): Download 51.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling