Reja: Kirish Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash Tabiatning
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar
Download 51.08 Kb.
|
15-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillar
Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy ne’mat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muhi.m ahamiyatga ega. Shuning uchun tabiatning in’omi — havo, suv, kuyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir. Jismoniy tarbiya jarayoni ochik xavoda, kuyosh nuri ostida, suv va boshkalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. Cho‘milish, oftobda toblanish, havoning issiqsovug‘i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya jaraenida erishilgan chiniqishning samarasi "ko‘chuvchan" bo‘ladi, ya’ni u insonning boshka faoliyati (asosan, mehnat, harbiy xizmat)da namoyon bo‘ladi va jismoniy tarbiyaning hayotiy-amaliyligini oshiradi. Kolaversa, ruhiyirodaviy hislatlarini ham kuchaytiradi. Ayniqsa, chayqalish, tebranish, me’yorsiz nagruzkaga chidash, vaznsizlik holatiga tez moslashishdek vazifalar oson hal bo‘ladi. Gigienik omillar jismoniy tarbiya vositasi sifatida Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovkatlanish, dam olish va tashki muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dare, mustaqil mashq kilish, trenirovka) mashg‘ulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, Samaradorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan. Gigienik sharoitni yetarli darajada ta’minlash, jismoniy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bog‘lik. Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillarni ratsional qo‘llash inson salomatligini mustahkamlaydi va jismoniy kobiliyatlarni rivojlantiradi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari inson hayotiy faoliyatining organik qismiga aylansagina jismoniy tarbiya tizimining sog‘lomlashtirilishiga yo‘naltirilgan prinsipni amalga oshirishning imkoni bo‘ladi. Boshqa tomondan, kerak bo‘lgan gigienik normalarga rioya qilinsagina jismoniy mashqlar kerak bo‘lgan samarasini beradi. Jismoniy tarbiyaning maxsus vositasi hisoblanmasa ham gigenik omillar jismoniy tarbiyaning vazifasini to‘laqonli hal qilish uchun ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayon kanchalik puxta tashkillanmasin, ovkatlanish, uyku kun tartibiga rioya kilinmasa, shuningdek, mashg‘ulotlar tibbiyot talablariga javob bermaydigan joy va jihozlar bilan o‘tkazilsa, ular albatta samarasiz bo‘ladi. Mana shuning uchun maktablardagi jismoniy tarbiya dasturlariga gigienaga oid bilimlar mazmunini ifodalovchi nazariy ma’lumotlar uchun mavzular tavsiya kilingan. Ular jismoniy tarbiya jarayonidan tashkaridagi insonning hayotiy faoliyatini tashkillovchi va jismoniy tarbiya jarayoni tarkibidagi vositalardir. Download 51.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling