Reja: Kirish Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida Jismoniy mashqlar klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni tarixiy klassifikatsiyasi Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash Tabiatning


Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash


Download 51.08 Kb.
bet3/6
Sana13.02.2023
Hajmi51.08 Kb.
#1194929
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-мавзу

Jismoniy mashqlarni xarakat sifatlarini rivojlantirishiga qarab klassifikatsiyalash
Hozirgi kunda jismoniy mashqlar harakat faoliyatdagi xususiy belgilarga qarab, ya’ni jismoniy sifatlarni — kuchni, tezlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni, bo‘g‘inlar harakatchanligini va muskullar egiluvchailigini namoyon qilishiga karab yangi psdagogik turkumini amaliyotda shakllantirib guruhlarga ajrata boshladilar.
Bu turkumdagi mashqlar jismoniy sifatlarni alohida ajratib olib tarbiyalash yoki jismoniy tayyorgarlikdagi nuksonlarni alohida ajratib olib rivojlantirish uchun
qo‘laydir. Boshqa tomondan esa, u yoki bu jismoniy mashqni bajarish uchun qanday sifatlar lozimligini oldindan bilish (kuch, tezlik talab qiladigan va boshqa sifatlarni tanlash) imkonini beradi.
Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy sifatlarni tarbiyalashiga ko‘ra bilim (ma’lumot) berish vazifalarini hal etish uchun bajariladigan jismoniy mashkpar turkumi shakllandi:
- asosiy (yoki musobaka), ya’ni o‘quv dasturlari asosida o‘rganilishi lozim bo‘lgan faoliyatlar.
- yo‘llanma beruvchi mashqlar — ya’ni nerv muskul zo‘rikishi, tashqi tomondan o‘xshashligi, harakat tarkibidagi ayrim elementlarning yaqinligi bilan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni o‘zlashtirilishini osonlashtiruvchi jismoniy mashqlardir.
Bu turkumdagi mashqlarning xarakterli tomoni shundaki, harakat malakasini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni takomillashtirish sun’iy ravishda ajratiladi. Aslida bu jarayon bir-birini takazo etadi va o‘zaro uzviy bog‘liq. Bular ta’limning har kaysi etapi uchun yetakchi vazifani hal etishga yordam beradigan mashklarni tanlash uchun imkoniyat beradi.
Jismoniy mashklarni alohida muskul guruhlarini rivojlantirishga qarab klassifikatsiyalash.
Alohida muskul guruhlarini rivojlantirishiga karab ham jismoniy mashqlar turkumlana boshlandn bo‘yin, yelka kamar, bel-yonbosh, harakat tayanch apparati muskullari va boshqalarni rivojlantiruvchi mashklar. Bu turkumdagi jismoniy mashqlar ichida jismlar bilan, jismsiz bajariladigan, individual, juft bo‘lib, o‘tirgan, yotgan holda amalga oshiriladigan, egiluvchanlik va kuchni rivojlantirish mashklari bo‘lishi mumkin.
Sport turlari bo‘yicha jismoniy mashklarni turkumlash. O‘z navbatida, har bir sport turi o‘z mashqlarining individual klassifikatsiyasiga ega: sport o‘yinlari — futbol, basketbol va hokazolar.

Download 51.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling