Reja: Kirish. Mashinasozlik texnologiyasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha
Download 133 Kb.
|
texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi
Holat (pozitsiya) deb, – moslamaga o’zgarishsiz mahkamlangan ishlov beriluvchi tanavor yoki yig’iluvchi yig’ma birlikning moslama bilan birgalikda, keskich asbobga yoki dastgohning biron qo’zg’olmas qismiga nisbatan egallagan, o’rniga aytiladi. Holat asosan: to’xtab–to’xtab aylanuvchi holatli stollarda (agregat dastgohlarida): chiziqli yoki aylanma harakatlanuvchi konveyerlarda (avtomatik liniyalar, MIT, MIU, MAL va MAI) kuzatiladi. Masalan: bironta oddiy vtulka shaklidagi detal ichki teshigiga to’rt holatli agregat dastgohida ishlov berish kerak bo’lsin (1.2 – rasm).
1.2- rasm. 4 holatli agregat dastgohi: 1 holat- tanavorni o’rnatish va tushirish. 2 holat-parmalash, 3 holat-zenkerlash, 4 holat-razvertkalash Harakat (priyom) – texnologik o’tuv yoki uning qismini bajarishda, bir maqsadga birlashtirilgan tugallangan ishchi harakatlarining yig’indisi. Masalan, tanavorni moslamaga o’rnatib va tushirib, yordamchi o’tishni bajarishda ketma-ket quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo’ladi: yashikdan tanavor olinsin, moslamaga o’rnatilsin va mahkamlansin, dastgoh ishga tushirilsin. Dastgoh to’xtatilsin, tanavor moslamadan bo’shatilsin va jihoz yashikka solib qo’yilsin va hokazo. Xulosa. Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig’uv sexlari ishlarini mexanizatsiyalashtiradigan va avtomatlashtiradigan dastgoh, mexanizmlar, ko’tarish, tushirish va tashish qurilmalari kompleksi tatbiq etilmoqda. Ko’p mashinasozlik korxonalarda: Toshkent TTZ, Navoyi mashinasozlik zavodi (NMZ), UzDEU avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutkichlar chiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unimdor dastgoh va mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg’or texnologik jarayonlar yaratilishi davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Zamonaviy o’quv, uslubiy kompleks” yaratish talablariga mos ravishda barcha boblari va mavzularning maqsadi, vazifalari, ilmiy muammolari, xulosalari, kichik va katta guruhlar uchun ish topshiriqlari, test va bilimlarni mustahkamlash savollvri, mustaqil ish topshiriqlari va tayanch iboralar hisobga olingan holda yaratildi. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling