Reja: Kirish. Mashinasozlik texnologiyasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha
Download 133 Kb.
|
texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
- To’rtinchi bosqich
Ikkinchi bosqich 1930–1941 yillarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda, amaliyotda buyum tayyorlashni, yig’ishni tashkil qilish jarayonlarni umumlashtirish va texnologik jarayonlarni ilmiy ishlab chiqish. Shu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllandi. Shu bosqichda bazalash asoslarining ilmiy nazariyasi, bikirlik, qo’shimlarni aniqlash va tayinlash, ilk bor paydo bo’ladigan sohada ilmiy ishlar chop etildi, texnologik jarayonlarni tipizatsiyalash va noaniqliklarni tahlil qilish va ehtimollik nazariyasi yaratildi.
Uchinchi bosqich urushdan keyingi to 1970 yillargacha bo’lgan bosqich. Bu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fani juda tez suratlar bilan rivojlangan. Yangi texnologik fikrlar paydo bo’lgan va fanning ilmiy asoslari yaratilgan, ishlov berish aniqligini nazariyasi, ya’ni ishlov berishdagi xatoliklarni analitik hisoblash usullari yaratilgan, chuqur ishlov beriladigan yuzalarning sifati o’rganilgan. Texnologik tizimni bikirligi ilmiy darajada chuqur tahlil qilingan, analitik hisoblash yo’li bilan qo’shimlarni (pripusk) aniqlash usuli yaratilgan. Texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimlari barpo etildi. Dasturli ko’pamalli dastgohlar va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari yaratilib, ilg’or texnologiyalr yaratishda katta burulish yasadi. Bu fanning hamma sohalarida chuqur ilmiy tekshirish va tadqiqot ishlari o’tkazilgan. To’rtinchi bosqich yanada rivojlanish bosqichi va mustaqillik hozirgi zamon davrini o’z ichiga oladi. Bu bosqichda jihoz davlatlar olimlari bilan bir qatorda fanning ko’p sohalarida O’zbekiston Respublikasi olimlari ham ilmiy tekshirish ishlari olib borib, fanga va mashinasozlikning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan. Avtomatlashtirilgan tehnologik jihozlarni takomillashtirish va ularning bikirligini oshirishga prof. G.N. Molchanov, G.B. Fiks-Margolin, va L.V. Peregudovlar; yuzalarga mexanik ishlov berishda issiqlikning energetik balanslarini ilmiy nazariyasini yaratishda prof. F.Ya. Yaqubov; tekstil mashinasozligini rivojiga prof. R.G. Maxkamov; pahta terish mashinalarini yaratishda prof. H.H. Usmonhodjaev, T.R. Rashidov, M.T O’rozboev, prof. A. Karimovlar; avtomobillarni takomillashtirishda O.U. Salimov; tishli g’ildiraklarga ishlov berishda va ularning parametrlarini o’lchashning ilmiy asoslarini yaratishda prof. D.E.Alikulov; metallarni ishqalb kesishni asoslagan prof. M.T. Balabekov; payvandlash texnologiyasining rivojiga prof. M.A. Abrolov; materialshunoslikni rivojlanishiga prof. A.A. Muxamedov; metallarga mehanik ishlov berishning kibernetik muammolarini aniqlashga prof. N.M. Mo’minov va jihozlar, mashinasozlik tehnologiyasi faniga salmoqli hissa qo’shdilar. Yangi XX1 asr boshlanishini beshinchi bosqichning boshlanishi deb aytsak to’g’ri bo’ladi. Bu bosqich mashinasozlikka informatsion va yangi pedagogik texnologiyalarining kirib kelishi va mashinasozlik fanini o’qitishda yangi o’qitish usullari: nazariy va amaliy elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, virtual laboratoriyalar yaratish va o’quv jarayonini yangi bosqichga ko’tarish davri keldi desak to’g’ri bo’ladi. O’zbekistonga kerakli bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish turi, hajmi konkretlashtirilmoqda va shu sohalarda ilmiy izlanish va tekshirish ishlari izchil olib borilmoqda. Mashinasozlik texnologiyasining gurkirab rivojlanish jarayoni davom etmoqda. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling