Reja: Kirish. Mashinasozlik texnologiyasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha


Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi


Download 133 Kb.
bet6/9
Sana01.03.2023
Hajmi133 Kb.
#1242197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi

Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi.

Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi quyidagi sxemada ko’rsatilgan





Texnologik jarayon deb, ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, tanavorga ishlov berish natijasida, uning geometrik o’lchamlari, shakli va sifati o’zgartirilib, detalning ishchi chizmasida berilgan o’lchamlariga, shakliga va sifatiga mos keltirilishiga aytiladi.
Detallarni tayyorlashda yoki yig’ishda texnologik jarayonni birqancha amallarni o’z ichiga oladi.
Texnologik amal deb, bitta ishchi joyda uzluksiz bajariluvchi texnologik jarayonning tugallangan qismiga aytiladi. (GOST 14.30183)
Mahsulot tayyorlash yoki yig’ish jarayoniga muvofiq ravishda texnologik amal ni quyidagicha tariflash mumkin.
Texnologik amal deb, – texnologik jarayonning tugallangan qismi bo’lib, bitta yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig’iluvchi mahsulotlarni, bitta yoki bir qancha ishchilar tamonidan uzluksiz bajaruvchi ishga aytiladi.
Texnologik amal ishlab chiqarishni rejalashtirish va uchyotga olishda asosiy birlik bo’lib hisoblanadi. Amallarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish hajmi, vaqt me’yori va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, jihoz-uskunalar, moslamalar, keskich va o’lchagich asboblar hamda mexanik ishlov berishning tannarxi aniqlanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi.
Texnologik amallardan tashqari yordamchi amallar (transport, nazorat, tamg’alash, qirindilarni tozalash va boshq.) o’lcham va sifatni o’zgartirmaydi, ammo texnologik amal ni bajarish uchun zarur hisoblanadi.
Texnologik o’tish – ishlov berishdan yoki yig’iluvchi detallarni birlashtirishdan tashkil topuvchi, qo’llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini xarakterlovchi texnologik amalning tugallangan qismiga tushuniladi. Odatdagi metall kesuvchi dastgohlarda tehnologik o’tishlarni dastgohlarning o’zgarmas ish rejimida bajariladi. Ishlov berish vaqtida tanavorga bitta tehnologik o’tishning ichida dastgohning ish rejimining avtomatik ravishda o’zgarishini, texnologik amal, raqamli dastur bilan jihozriladigan dastgohlarda ishlov berishda amalga oshirilishiga tushuniladi.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling