Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Download 119.6 Kb.
bet6/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Sug’urta kompaniyalari moliyaviy resurslarini shakllantirishning hozirgi holati

Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy potentsiali o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar manbaasi asosida shallanadi. Shu ma’noda sug’urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari ularning moliyaviy potentsialini belgilab beradi. Sug’urta tashkilotlarining xususiy kapitali ularni davlat ro’yxatiga olishda shallantiriladi. Xususiy kapital sug’urta tashkilotlari uchun faoliyatni boshlashning dastlabki vaqtida asosiy moliyaviy resurs hisoblandi. Xususiy kapital turli xil manbaalardan to’ldiriladi. Dastlab tasischilar tomonidan kiritilsa, keyinchalik korxonaning daromadlari va boshqa manbaalar hisobidan to’ldiriladi. Sug’urta tashkilotlarining jalb qilingan mablag’lari daromad shaklida kelib tushuvchi sug’urta mukofotlari hisobidan(sug’urta zaxirasi sifatida), bank kreditlari, ish haqi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha kreditorlik qarzlar hisoblanadi. U balans passivining ikkinchi bo’limida “Majburiyatlar» deb nomlanadi. Bulardan tashqari haridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar, ko’zda tutilgan daromadlar, harajatlar va to’lovlar zahirasi, dargumon qarzlar bo’yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar ham ushbu bo’limda aks ettiriladi.
Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy potentsialini va resurslarini shakllanishida sug’urta tashkilotining oladigan daromadlari va sarf qilinuvchi xarajatlari asosiy manbaa hisoblanadi. Sug’urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari asosida uning moliyaviy natijasi hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotlari buxgalteriya hisobi bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda barcha buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo’yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy naijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom”ga va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligda 2005 yil 18 oktyabrda 1517-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Sug’urta tashkilotlarining xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida Nizom”ga asosan amalga oshiradilar.
O’zbekistonda sug’urta tashkilotlari moliyaviy natijalarini 2005 yil 18 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan “Sug’urta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq shakllantiradilar.
Mazkur Nizomga asosan sug’urta tashkilotining sug’urta xizmatlarini sotishdan tushgan sof tushumi quyidagi tartibda aniqlanadi:8

  • sug’urtalash va birgalikda sug’urtalash bo’yicha (birgalikda sug’urtalash shartnomasida belgilangan ulush doirasida), kelib tushgan mukofotlarning umumiy hajmidan qayta sug’urtaga berilgan shartnomalar bo’yicha mukofotlar chegirilgan holda;

  • plyus qayta sug’urtaga qabul qilingan sug’urta shartnomalari bo’yicha kelib tushgan mukofotlar;

  • plyus/minus qayta sug’urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasining o’zgarish natijasi (keyingi matnlarda RNP);

  • plyus/minus qayta sug’urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi xabar qilingan, lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining o’zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug’urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi sodir bo’lgan, lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasining o’zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug’urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi hayot sug’urtasi bo’yicha zaxiraning o’zgarish natijasi;

  • plyus/minus qayta sug’urtalovchining ulushi chegirilgan holdagi boshqa texnik zaxiralarning o’zgarish natijasi;

  • plyus sug’urta agenti, brokeri, vositachisi xizmatlarini ko’rsatganlik uchun komission va boshqa hisoblangan mukofotlar;

  • syurveyer, avariya komissari-adjaster xizmatlarini ko’rsatganlik uchun mukofotlar;

  • bevosita sug’urta xizmatlarini ko’rsatishdan olingan boshqa daromadlar.

Sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta zahiralari mablag’lari shakllantirilishi va joylashtirilishi bo’yicha hisobot yuritish tartibini, hisobotlar tuzishni belgilash, sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta zahiralari hosil qilish va joylashtirish tartibi va shartlarini belgilash, sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta hodisalari boshlanishining oldini olish va ogohlantirish bo’yicha tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanishi tartibi va shartlarini belgilash vakolatlari Davlat sug’urta nazorati inspektsiyasiga berilgan9.
Ma’lumki, sug’urta shartnomalari sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda sug’urtalanuvchiga etgan zararni qoplab berish maqsadida tuziladi. Sug’urta tashkilotlari o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini qonunchilikka muvofiq ta’minlash maqsadida maxsus zaxiralarni shakllantirishi mumkin.
Sug’urta zaxiralari sug’urtalovchi tomonidan sug’urtaning har bir turi (klassi) bo’yicha sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini to’lash nazarda tutilgan valyutada shakllantiriladi.

Download 119.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling