Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Sug’urta kompaniyalarining moliyasini tashkil etish asoslari va boshqarish uslubi


Download 119.6 Kb.
bet4/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi

Sug’urta kompaniyalarining moliyasini tashkil etish asoslari va boshqarish uslubi


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2-avgustdagi PQ – 4412 sonli qarorida mamlakatimiz hududida faoliyat yuritayotgan sug’urta tashkilotlari ustav kapitaliga quyidagi talablar qo’yilgan:5
1-jadval
Sug’urta tashkilotlari uchun belgilangan ustav kapital miqdori (mlrd. so’m)

T/r

Sug’urta faoliyatining turi

2020 yil 1-iyundan

2022 yil 1- iyuldan

1

Umumiy yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida ixtiyoriy sug’urta

15 000

20 000

2

Umumiy sug‘urta yoki hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida majburiy sug‘urta

25 000

35 000

3

Faqat qayta sug’urta

35 000

45 000

Ma’lumki, bugungi kunda sug’urta kompaniyalari moliyasini tashkil etish va boshqarish juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki sug’urta kompaniyalarining moliyasi daromad va xarajatlariga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun sug’urta kompaniyasining daromadlar va xarajatlari qanchalik darajada yaxshi boshqarilsa shuncha ularning moliyasi samarali tashkil etilgan bo’ladi.
Bugungi kunda Respublikamizda sug’urtalovchilar faoliyatini nazorat qiluvchi, Davlat sug’urta nazorati inspektsiya tashkil etilgan. Ushbu inspektsiya 1998 yil 8 iyunda tashkil etildi va faoliyatini yuritdi. Shu bilan bir qatorda sug’urta faoliyatini nazorat qilish shakllari mavjuddir.
Bular maxsus vakolatli davlat organi orqali, soliq organlari orqali hamda majburiy sug’urtani joriy qilish orqali amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, sug’urta faoliyati “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda va shartlarda sug’urtalovchilar qabul qilgan sug’urta majburiyatlarni ta’minlash uchun va kelgusidagi sug’urta to’lovlari (qoplamalari) uchun yig’ilgan sug’urta mukofotlari, shaxsiy sug’urta, mol-mulk sug’urtasi va javobgarlik sug’urtasi bo’yicha yig’ilgan sug’urta mukofotlari hisobidan zarur sug’urta zahiralari tashkil etiladi.
Maxsus sug’urta zahiralarining sug’urtalovchining majburiyatlari tarkibida mavjud sug’urta munosabatlarining asosiy xususiyati hisoblanadi. Moliyaviy resurslar singari sug’urta fondi nazariyasiga asoslanib, sug’urta majburiyatlarini bajarish uchun zarur sug’urta fondiga mos keladigan sug’urta zahiralari hajmi sug’urtalovchi uchun kerakligini aytishimiz mumkin.
Sug’urta zahiralari sug’urtalovchilarning sug’urtalanuvchilar oldida o’z majburiyatlarini bajarishni moliyaviy kafolatlash hisoblanadi va bunda sug’urta zahiralari aniq sanalarda sug’urta to’lovlarining “qoldirilgan ” summalarini aks ettiradi.
Sug’urta zahiralarining oldindan belgilanilishini hisobga olib ularning shaklanishiga ajratmalar sug’urtalovchilarning soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlanadi. Iqtisodiy ma’noda sug’urta zahiralari- sug’urta shartnomalari hisobot kunida ijro etilmagan yoki tugallanmagan majburiyatlarga ko’ra sug’urta to’lovlarini amalga oshirish uchun belgilangan bu mablag’lar sug’urtalovchilarniki emas, balki sug’urta fondini shakllanti- rishda o’zlarining pul to’lovlari bilan qatnashuvchi sirli sug’urtalovchilar majmuiniki hisoblanadi.
Sug’urta zahirasi summasining kattaligi , sug’urta va qayta sug’urtaga qabul qilingan risklar shartnoma shartlari bo’yicha oldida turgan to’lovlar summalarini butunlay qoplashi zarur. Ularning hajmini aniqlash sug’urta- lovchining operatsiyalarini diqqat bilan tahlil qilish hisoblanadi. Natijalar va ishonchlilik sug’urtalovchini yuqori darajada ehtimolli bankrotlikdan kafolatlaydi.
Yuqoridagi aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, qanchalik sug’urta tashkilotlarining sug’urta zahiralari hajmi katta bo’lsa, u shunchalik ishonchli va barqaror bo’ladi. O’z xususiyati bo’yicha sug’urta zahiralarining o’zi sug’urtalovchining kreditorlik qarzdorligi hisoblanadi. Ularning oshishi majburiyatlarning oshishini bildiradi.
Shunday qilib, sug’urta zahiralarining etarliligi tushunchasi hisob-kitob kuniga sug’urtalovchi tomonidan qabul qilingan sug’urta majburiyatlari hajmi va strukturasi bo’yicha ularning mos kelishini bildiradi. Sug’urta zahiralari majburiy tartibda buxgalteriya hisoboti tuzilishi oldidan hisobot kuniga hisob-kitob qilinadi.
Sug’urta zahiralarining shakllanishining asosiy printsiplarini aniqlash sug’urtani nazorat qiluvchi organlar vakolatiga kiradi. Sug’urtalovchi sug’urta portfeli strukturasi va risklar xususiyatiga tayangan holda tatbiq qilinadigan bahoning aniq muddatlarini ishlab chiqadi. Umumiy qoida bo’yicha zahira hisobi alohida har bir sug’urta shartnomasi bo’yicha amalga oshiriladi.
Texnik zahiralar sug’urta to’lovlarini amalga oshiruvchi asosiy sug’urta majburiyatlarini bajarish sohasida shakllanadigan sug’urta zahiralarini ifodalash uchun qo’llaniladi. Texnik zahiralar sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta tashkilotlarining har qanday majburiyatlarini bajarish uchun etarlicha bo’lishi kerak.
Texnik zahiralarning ingliz tilida ifodalanishi - “technical provision” sug’urta to’lovini ta’minlash uchun ularning oldindan tayinlanishini yana bir bor ta’kidlaydi.
Hayot sug’urtasiga qaraganda umumiy sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta ya’ni zahiralarining baholash printsiplari sug’urta risklarining aniq farqlari tarif stavkalari hisob-kitob metodologiyasi, sug’urta majburiyatlarini boshqarishning xususiyatlari bilan farq qilib turadi.
Hayot sug’urtasiga qaraganda umumiy sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta zahiralari o’z ichiga quyidagilarni oladi6:

  • mukofotlar zahiralari;

  • zararlar zahiralari;

  • mustahkam rezervlari.

Zahiralarning turli guruhlari ularning shakllanishiga turli shart -sharoitlarga ega.
Mukofotlar zahiralarini shakllantirishning zarurligi sug’urta to’lovlari bo’yicha sug’urtalovchining majburiyatlar muddatli xarakteridan boshlanadi: sug’urta shartnomasi sug’urta mukofoti to’langandan yoki birinchi to’lovidan so’ng kuchga kiradi. Shu daqiqadan boshlab sug’urta to’lovlari bo’yicha sug’urtalovchining mas’uliyati boshlanadi. Bundan to’langan sug’urta mukofoti (uning birinchi to’lovi) sug’urtalovchining to’liq hajmdagi daromadi hisoblan- maydi. Mukofotning ma’lum bir qismi sug’urta riski xususiyatiga mos keladi- gan ulushda kelgusi sug’urta to’lovlari uchun saqlanishi kerak.
Agar sug’urta shartnomalari bo’yicha risklar qismi qayta sug’urtalovchilarga berilgan bo’lsa, sug’urtalovchi sug’urta zahiralarida qayta sug’urtalovchilarning ulushini hisobga oladi. U ishlab topilmagan mukofotlar zahirasida ushbu sug’urtalash bo’yicha sug’urta mukofotlari bazasiga qayta sug’urtalash sharti bo’yicha olingan mukofotdan tashqari qayta sug’urtalashga berilgan mukofot munosabatlariga nisbiy hisobga olinishi mumkin.
Sug’urta zararlari zahiralarini shakllantirishning zarurligi sug’urta davolarini tartibga solish uchun yuz bergan hodisalarning sabablarini, zararlar hajmini o’rganish, zararlar zahirasini shakllantirish zarur- ligini sug’urta davolarini tartibga solish uchun kerakli vaqt oralig’ida doimo yotadigan zararlarning haqiqiy to’lovlari sanasi va sug’urta hodisasi yuz berishi daqiqalari o’rtasidagi holati bilan aniqlanadi. Agar ushbu vaqt qismining boshlang’ich va oxirgi nuqtasi turli hisobot davrlariga tegishli bo’lsa, unda sug’urtalovchi ro’y beradigan hodisalari bo’yicha sug’urta majburiyatlarini bajarishini ta’minlash uchun maxus sug’urta zahiralarini shakllantiradi.
Ma’lum qilingan zararlar hisobi, ammo qoplanmagan zararlar har bir hal qilinmagan davolar bo’yicha ishlab chiqiladi va uning hajmi hal qilinmagan davolar summasi miqdorida qoplanmagan zararlar harajatlar summasini oshirish bilan sug’urtalovchi majburiyatlari hisobi kuniga qoplanmagan summa miqdorida aniqlanadi.Shunday qilib ma’lum qilingan ammo qoplanmagan (to’lanmagan) zararlar zahirasi hisobi asosiy zararlar hisobi jurnalida aks ettirilgan sug’urta hodisalari haqida komissiyaga keladigan arizalar hisoblanadi.
Ma’lum bo’lgan ammo qoplanmagan zararlar zahirasida qayta sug’urtalovchilarning ulushi qayta sug’urta shartnomalari shartlariga muvofiq tegishli qoplamalari qayta sug’urtalovchilarning javobgarligi ulushi miqdorida aniqlanadi. Ma’lum bo’lgan ammo qoplanmagan zararlar zahirasida qayta sug’urta shartnomalari shartlari bo’yicha qayta sug’urtalovchilarning ulushi ya’ni javobgarlik ulushi aniqlanadi. Masalan, agar kvota qayta sug’urta shartnomalari tuzilgan va qayta sug’urtaga javobgarlikning 40 % i berilgan bo’lsa, unda ushbu shartnomalarning har biri bo’yicha ma’lum qilingan ammo qoplanmagan zararlar zahirasida qayta sug’urtalovchining ulushi bevosita sug’urtalovchi tomonidan shakllantirilgan zahiralarning 40 % ini tashkil etadi.Agar risk nonisbiy qayta sug’urta shartnomasi bo’yicha qayta sug’urta qilingan bo’lsa, ma’lum qilingan zararlar zahirasida qayta sug’urtalovchining ulushi sug’urtaning o’z ulushini oshiradigan zararlar miqdori qayta sug’urta shartnomalari bo’yicha shakllanadi, bu qayta sug’urta shartnoma shartlariga muvofiq holda qayta sug’urtalovchi to’lovida qatnashadi.
Yuz bergan ammo qoplanmagan zararlar zahiralari hisobot kuniga sug’urtalovchi ma’lum qilinmagan faktlar haqidagi sug’urta hodisalari bilan bog’liq sug’urta majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash uchun shakllantiriladi. Bu zahira sug’urta hodisalar miqdori, vayronkorligi, uning boshlanishidan to qoplanishigacha bo’lgan davrning davomiyligi haqida bir necha yillar davomida sug’urta statistikasi asosida aniqlanadi. Yuz bergan ammo ma’lum qilinmagan zararlar zahirasi hisobi uchun to’langan zararlar haqida ishonchli statistika bo’lsa, u holda “doimiy stavka ” metodidan foydalanish mumkin.
Zahiralarni barqaror qilishning sug’urta summasi o’zgaruvchanligini tenglashtirish yoki belgilangan risklar (past chastotali ammo yuqori vayronkorligi) bo’yicha majburiyatlarni bajarishni ta’minlash uchun belgilangan.
Sug’urtalovchilar uchun muvofiq yillarda yig’ilib, u katta masshtabli sug’urta to’lovlarini talab qiluvchi sug’urta riskining amalga oshirgan yoki hisoblanadigan kattaliklar ustida haqiqiy zararlikni pasaytirishda sug’urta to’lovlarini amalga oshirish manbai bo’ladi.
Zahira kafolatlangan to’lovlar, bonuslar, vositachilarga mukofotlar va sug’urta shartnomasi bo’yicha boshqa harajatlari summasini o’z ichiga oladigan mavjud har bir shartnoma bo’yicha majburiyatlar hajmi hisobga olinadi va kelgusi mukofotlar hajmi asosida yotadigan kutilgan hodisa- larga asoslangan puxta aktuar hisob- kitoblar qo’llash bilan hisoblanadi.
Sug’urta qoplamalari zahiralariga quyidagi ko’rinishdagi aktivlarni kiritishimiz mumkin:7

  • davlat qimmatli qog’ozlari, obligatsiyalari;

  • bank veksellari;

  • aktsiyalar;

  • paychilik asosida tuzilgan investitsiya fondlarining investitsiyalari;

  • deponent sertifikatlari bilan tasdiqlangan bank quyilmalari (depozitlar);

  • bank bashqaruvining umumiy fondlarida ishtiroki ulushi sertifi- katlari;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitalidagi ulushlari;

  • ko’chmas mol-mulklar;

  • sug’urta zahiralarida qayta sug’urtalovchilarning ulushi;

  • qayta sug’urtaga qabul qilingan risklar bo’yicha mukofotlar deposi;

  • sug’urtalovchi, sug’urtalanuvchi, qayta sug’urtalovchi, qayta sug’urtala nuvchi va vositachilarning debitorlik qarzdorligi;

  • naqd pullar;

  • bank schyotlaridagi mablag’lar;

  • bank schyotlaridagi xorijiy valyuta;

  • oltin va kumush quyilmalari;

  • davlat tasarrufidagi havo va suv kemalari, suv osti suzish kemalari va kosmik ob’ektlar, alohida uylardan tashqari ko’chmas mol-mulklar.

Sug’urta qoplamalari zahiralariga aktsiya, quyilmalar va sug’urtalovchilarning ustav kapitalida ulushlar qabul qilinmaydi.
Sug’urta qoplamalari zahiralariga qabul qilinadigan aktivlar kafolat predmeti yoki kafil majburiyatlari bo’yicha pul summalarini kreditorga to’lash manbai bo’lib xizmat qilmaydi.
Davlat sug’urta qoplamalari sug’urta zahiralari aktivlari sifatiga qattiq talablar qo’yadi.
Xo’jalik sub’ektlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan bitimlar haqida aniq va foydali ma’lumotlar taqdim etish samarali bozor iqtisodiyotining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ma’lu- motlarni oshkor qilishga minimal talab bozor ishtirokchilari va jamiyatga taqdim qilinishi zarur bo’lgan ma’lumotlar sifati va miqdorini belgilaydi. Tartibga soluvchi organlar sug’urta bozoridagi uning ahvoli xususiyatlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan oshkor qilinadigan moliyaviy ma’lumotlar sifatini ko’rib chiqadi.
Yuqorida aytilganidek to’liq teng doiradagi sug’urtalanuvchi, jismoniy va yuridik shaxslar oldida moliyaviy majburiyatlarni o’z zimmasiga oladigan sug’urta tashkilotlariga tegishli bo’ladi. Bundan tashqari, qayta sug’urtalovchi mexanizmidan foydalanib sug’urtalovchi sug’urta risklari va sug’urta fondining ikkinchi taqsimotida ishtirok etadi, demak qayta sug’urta bo’yicha hamkorlar bilan majburiyatli munosabatlarga kiradi. Sug’urtalovchining moliyaviy hisobotiga foydalanuvchi ancha qiziqish ko’rsatadi. Moliyaviy hisob kitobning maqsadi moliyaviy ahvoli (buxgalteriya balansi), moliyaviy natijalar (foyda va zararlar haqida hisobotlar) haqida ma’lumotlar va kompaniyaning moliyaviy holatidagi (pul mablag’lari harakati to’g’risida hisob kitob, kapital harakati to’g’risida hisob kitob) o’zgarishlarni taqdim qilish hisoblanadi. Moliyaviy hisob kitobning aniqligi bevosita iqtisodiy qarorlarning ular tomonidan qo’llanilishida keng doirali foydalanuvchilarga foydali va zarur ma’lumotlarni taqdim qilishi to’liq ishonchliligi va oshkoraligiga sabab bo’ladi.
Moliyaviy hisob-kitobning asosiy sifat xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:

  • Jo’yali. Jo’yali ma’lumotlar o’tgan baholarni tasdiqlash va to’g’rilash, o’tgan, hozirgi va kelgusi voqea hodisalarni baholashda ularga yordam berib, foydalanuvchilarning iqtisodiy qarorlariga ta’sir qiladi;

  • Ishonchlilik. Ishonchli ma’lumotlar mavjud xatolar va yanglishlarni bartaraf qiladi.Uning asosida quyidagi xususiyatlar yotadi; xolislik, ehtiyotkorlik, to’liq shaklda ahamiyatga ega haqiqiy ma’lumotlarni taqdim qilish;

  • Solishtirma. Ma’lumotlar turli kompaniyalarning hisob kitoblarini taqqoslash, turli davrlarda kompaniyalarning moliyaviy hisob-kitobiga colishtirish imkoniyatiga ega bo’lagn foydalanuvchilarga taqdim qilinishi kerak ;

  • Tushunarliliik (Oddiylik). Ma’lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda, buxgaltariya hisobi sohasida etarlicha bilimlarga ega bo’lgan foydalanuvchilar tushunishi uchun oson bo’lishi kerak.

Yuqorida ta’kidlanganidek, moliyaviy hisob-kitoblar kompaniyaning ahvoli va uning faoliyati natijalari haqida tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.
Kompaniyaning moliyaviy ahvolini aniqlash bilan bevosita bog’liq elementlari quyidagilar hisoblanadi;

  • Aktivlar. Kompaniyaning o’tgan davrlardagi faoliyati natijasida tashkil topgan, kompaniya tomonidan nazorat qilinadigan ushbu resurslar kelgusida iqtisodiy foydalar olishni kutadi;

  • Majburiyatlar.Iqtisodiy foydani o’z ichiga olgan resurslarning kompaniyalardan chiqib ketishiga olib keladigan o’tgan davr faoliyatlari natijasida yuzaga kelgan kompaniyaning joriy qarzdorligi;

  • Kapital. Uning majburiyatlardan tashqari kompaniyaning aktivlari.

Kompaniya faoliyati natijalarini baholashga aloqasi bo’lgan elementlar quyidagilar hisoblanadi:

  • Daromadlar kapitalni oshirishni ifodalaydigan, tushum va aktivlarni oshirish yoki majburiyatlarni kamaytirish formasidagi iqtisodiy foydani oshirish (mulkdorlarning quyilmalari bilan bog’liq oshirishlardan tashqari).

  • Harajatlar. Kapitalning kamayishi, aktivlarning chiqib ketishi, resurlarning tugatilishi yoki majburiyatlarning oshishi ko’rinishidagi iqtisodiy foydalarning qisqartirilish.

O’zbekistonda hozirgi vaqtda moliyaviy hisob kitoblarning halqaro standartlarga mos buxgalteriya hisobini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Bunda vazifa shundan iboratki, investorlar, foydalanuvchilarni foydali ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisob kitobning standartlarning sistemasini shakllantirishdan iborat.

  1. Download 119.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling