II. Ko'p atomli spirtlarga xos reaksiyalar
1. Saxaridlar hosil qilishi:
O O
C H2–CH–CH–CH–CH–C CH2–CH–CH–CH–CH–C
O H OH OH OH OH H OH O O OH OH H
Ca
2. Sovuqda Cu(OH)2 bilan reaksiyasi (sifat reaksiyasi):
OH O O – H
2C6H10O4 + Cu(OH)2 C6H10O4 Cu C6H10O4 + 2H2O
OH H - O: O mis(II) glukonat
Angidridlar yoki kislota angidridlari bilan reaksiyaga kirishib murakkab efirlar hosil qoladi:
3.Oddiy efirlarning hosil bo'lishi (CH3OH uoki CH3I va h.z lar bilan reaksiyalari):
4. Fruktoza (keto-spirt boʻlgani uchun) ko’p atomli spirtlarga xos barcha reaksiyalarga kirishadi, ammo aldegidlarga xos boʻlgan reaksiyalarga kirishmaydi.
Fruktozani glyukozadan “kumush koʻzgu” reaksiyasiva Cu(OH)2 bilan reaksiyasi yordamida farqlab bo’lmaydi. Fruktoza aldegid guruh saqlamasa ham glyukozaga o’xshab “kumush ko’zgu” va “mis ko’zgu” reaksiyalariga kirishadi. Bu ishqor taʼsirida fruktozaning glyukozaga va mannozaga aylanishi bilan tushuntiriladi. Glyukoza va mannoza yuqoridagi reaksiyalarga kirishadi. D-fruktoza, D-glyukoza va D-mannozalarning suyultirilgan ishqorlar taʼsirida o’zaro bir-biriga aylanishlari epimerizatsiya deyiladi. Fruktozani glyukozadan farqlash uchun bromli suv ishlatiladi. Bromli suv fruktozani oksidlamaydi (fruktoza bromli suv ta’sirida oksidlanmaydi).
Fruktoza uchun sifat reaksiyasi - qizdirilganda rezorsin va xlorid kislota bilan reaktsiyasidir. Bu reaksiya natijasida qizil rang hosil bo’ladi.
Monosaxaridlarning bijg’ishi
Bijg’ish – bu monosaxaridlarning biologik katalizatorlar-fermentlar ta’sirida parchalanishidir. Turli mikroorganizmlar ta’sirida turlicha bijg’ish yuzaga keladi.
Hosil bo’ladigan maxsulotlarning nomiga qarab monosaxaridlarning bijgishi bir necha turga bo’linadi:
spirtli bijg’ish:
C 6H12O6 2C2H5OH +2CO2
Glyukoza etanol
b) sut kislotali bijg’ish:
C6H12O6 2CH3 – CH – COOH
Glyukoza OH sut kislota
d) moy kislotali bijg’ish:
C 6H12O6 C3H7COOH + 2CO2 + 2H2
Do'stlaringiz bilan baham: |