Reja: kirish nerv sistemasining tuzilishi


Orqa miya turli segmentlarining funksiyasi


Download 311.01 Kb.
bet2/2
Sana11.11.2023
Hajmi311.01 Kb.
#1766597
1   2
Bog'liq
ODAM MIYASI

Orqa miya turli segmentlarining funksiyasi. Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv markazlari (nerv hujayralari to'plami) tananing turli sohalaridagi to'qima va organlarning sezuvchanligini hamda harakatini ta'minlaydi (5- rasm). Orqa miyaning bo'yin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing bosh sohasidan to ko'krakning 5- qovurg'asigacha, qo'lning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi hamda muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini ta'minlaydi;
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha. Bosh miya tabiat yaratgan ajoyib mo'jizadir. Odamning bosh miyasi uning aql idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit ta'sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Tananing barcha to'qima va a'zolari ish faoliyatini bir-biriga bog'lab boshqaradi, organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta'minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi. Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi. Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo'lib, og'irligi katta odamda 1020-1970 g gacha bo'ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bosh miyaning katta-kichikligi odamning aqlini, ish qobiliyatini belgilamaydi.
O'rta miya Varoliy ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt tepalik, miya oyoqchalari va miya qorinchalarining suv yo'li bo'ladi. To'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloq osti ko'rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloq osti eshitish markazlari joylashgan. O'rta miyadagi qoramtir moddadan tashkil topgan nerv markazi ovqatni chaynash va yutish reflekslarini, qo'l barmoqlarining nozik harakatlarini boshqaradi. Undagi qizil !ana muskullar tarangligini ta'minlaydi.
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini bl shqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan pastida joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqarad Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining tarangligi ortib qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz musklla"ininj tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'n, odamning har xii emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi. Targ'il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'iI tana kasallansa oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana mus¬kullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi. Bu nerv sistemasining revmatizm kasalligida sodir bo'ladi. Bu kasallik xoreya deb atalib, u ko'proq bolalarda uchraydi. Bunda bemorning qo'l-oyog'i vaqt-vaqti bilan o'z-o'zidan ixtiyorsiz silkinib qimirlaydi, ko'zi ixtiyorsiz yumilib¬ochiladi. Ba'zida tilini ixtiyorsiz chiqaradi. Odam qo'li qaltiragani uchun xat yozishi buziladi. Ba'zi tushunmagan ota-onalar, hatto o'qituvchilar bunday kasal bolaga tanbeh berishadi. Vaholanki, bu tartibsiz harakatlar uning ixtiyoriga bog'liq emas. O'z vaqtida shifokorga murojaat qilib davolansa, bemor tez orada tuzaladi.
Bosh miya o'ng va chap yarim shardan iborat bo'lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri bilan tutashib turadi. Qadoqsimon tana nerv tolalaridan tashkil topgan bo'lib, ular o'ng va chap yarim sharlaming bir-biri bilan aloqasini ta'minlaydi. Bosh miya yarim sharlari ikki qavatdan iborat: I) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po'stloq qavat; 2) oq moddadan tashkil topgan ichki qavat.
XULOSA
Hayvonda miyachaning bir tomoni shikastlansa, hayvon shu miyachasi shikastlangan tomoniga qarab og’ib, yiqilib ketaveradi. Bir necha kundan so’ng hayvon xarakatlari normallashadi. Agarda hayvon miyachasining ikkala yarim sharlari olib tashlansa, hayvon butunlay nogiron bo’lkb qoladi. Nogironlikning birinchi kunlarida hayvon o’rnidan turolmaydi, oddiy harakatlarni ham bajara olmaydi. Odamda miyacha faoliyati izdan chiqsa harakatlar koordinatsiyasi buziladi. Odam tez charchab, oyeqlarini juda kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so’ng harakatlar tiklanadi, chunki muskul harakatlari koordinetsiyasida katta yarim sharlar po’stlogi ishtirok etadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va koordinatsiyasini reflektor yo’l bilan boshqarib turadi. Ung yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlari funktsiyasini, chap yarim sharlar esa o’ng yarim sharlari funktsiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funktsiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funktsiyalarni boshqaradi, chunki miyachada juda ko’p vegetativ markalar joylashgan.
FOYDALADIGAN ADABIYOTLAR.
 
1. Shavkat Mirziyoev. Tanqidiy taxlil qat’tiy tartib, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-xar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. «O‘zbekiston», 2017 yil.
2. Shavkat Mirziyoev. Erkin va farovon O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. «O‘zbekiston», 2017 yil.
3. Shavkat Mirziyoev. Qonun ustivolrligi va inson manfiatlarini ta’minlash yurt taraqqiyotining garovi. «O‘zbekiston», 2017 yil.
4. Lesk A. Vvedenie v Bioinformatiku. M., BINOM, 2015.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 311.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling