Reja: Kirish. O’rta asr davrining kelib chiqishi


O'rta asrlarda sharq adabiyotining xususiyatlari


Download 25.96 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2023
Hajmi25.96 Kb.
#1400243
1   2   3   4   5
Bog'liq
FALSAFADAN

O'rta asrlarda sharq adabiyotining xususiyatlari
O‘rta asrlar Sharq adabiyoti o‘zining mahobati bilan ajralib turadi. Asosiy namoyandalari Firdavsiy, Nizomiy, Attor, Rumiy, Hofiz, Sa'diy, Umar Xayyom, Rudakiy, Jomiy, Dehlaviy kabi shoirlar bo‘lib, ularning ta'siri nafaqat Sharq xalqlari, balki dunyoning ko‘pgina ilg‘or mamlakatlari adabiyotiga qadar yetib borgan. Xususan, ulug‘ nemis shoiri Gyote Sharqning yetti ulkan shoirlari haqida juda baland fikrlarni bayon qilgan: Sharqning ulug‘ deb bilgan 7 shoiri bor, bu safga kirmaganlarning allaqanchasi ham mendan buyukroqdir, qabilidagi e'tirofini ko‘p eslashadi.. Yana jahon she'riyatida 7 yulduz bor, ularning bari Sharq shoirlaridir deydi. Pushkin Sharqdan, Qur'ondan ta'sirlanib she'rlar bitgan. Uning “Bulbul va gul” she'ri buning yorqin misolidir. She'rni ona tilimizga A. Cho‘lpon mohirona bir tarzda o‘girgan. She'rning xamirturishi yana Sharq shoiri Hofiz g‘azaliga borib taqaladi.
Abulqosim Firdavsiy. Abulqosim Firdavsiy (934-1030) Xurosonning Tus shahrida dunyoga kelgan. Zamonasining barcha asosiy ilmlarini egallab, arab va paxlaviy tillarini chuqur o‘rgangan olim darajasiga yetgani uchun “hakim” deb ulug‘langan.
Firdavsiyning yoshlik yillari somoniylar davlati gullab yashnab, Eron va Turon xalqlarining qadimiy afsona va rivoyatlari, buyuk shohlar va bahodirlar haqidagi qissa va jangnomalar to‘plangan edi. Somoniy hukmdorlar ushbu ma'lumotlarni she'rga solishni Firdavsiyga topshiradilar.
Firdavsiy Eron va Turon xalqlarining qariyb to‘rt ming yillik tarixini yuksak mahorat bilan badiiy talqin qilgan 60 ming baytdan iborat “Shohnoma” ustida 35 yil mehnat qildi. Tadqiqotchilar asarni uch qismga bo‘ladilar: birinchi bo‘limda shoir eng qadimiy afsona va rivoyatlarni qayta ishlab, nazm ipiga tergan bo‘lsa (mifologik), ikkinchi bo‘limda xalq qahramonlari haqidagi qissa va jangnomalarga yangi hayot baxsh etadi (afsonaviy), uchinchi bo‘limda tarixiy shohlar hayotini (tarixiy) qalamga oladi.
“Shohnoma” qadim qabilalar to‘qigan afsonalar, qahramonlik dostonlarini va Eron, O‘rta Osiyoning Iskandar Zulqarnayn davridan tortib, to arablar bostirib kelgungacha, ya'ni oxirgi sosoniylar shohi Yazgirdning o‘limigacha (651) bo‘lgan tarixni o‘z ichiga oladi.
“Shohnoma” hajmi, mavzu ko‘lami, obrazlar olami, qahramonlarning ko‘p va xilma xilligi, g‘oyaviy motivlar va ko‘tarilgan masalalar yuzasidan jahon adabiyotidagi eng katta epik asardir. Bayron “Shohnoma”ni: “Forslarning “Iliadasi”, deb ataydi.
Yunonlardan Firdavsiy ilhomlangan bo‘lishi mumkin. “Shohnoma”dagi bir qancha afsonalardagi motivlar va qahramonlarga xos xususiyatlar shuni ko‘rsatadi. Har bir shohlik davrining tasnifi va har bir doston debocha, asosiy qism va xotimadan iborat.
“Shohnoma”da zolim va qonxo‘r ilonshoh Zahhok haqida, Rustam va Suxrob haqida, Jamshidu Faridun va shu kabi ko‘plab dostonlar o‘rin olgan.
● Musulmon Sharqi adabiyotida epik she'riyat an'anasini Firdavsiy boshlab berdi.



Download 25.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling