Reja: kirish qishloq
Download 1.8 Mb.
|
IX БОБ Таннарх
Maxsulot tannarx tarkibi
Maxsulot tannarx tarkibi hozirgi kunda 1999 yil 5-fevralida qabul qilingan "Maxsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanishi to‘g‘risida" Nizomga asosan olib borilmoqda. Bu Nizomga asosan maxsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun qilingan xarajatlarni yagona uslub asosida aniqlash belgilangan. Shunga ko‘ra hamma xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) bevosita va belvosita material sarflari; b) mehnatga bevosita va belvosita qilinadigan sarflari; v) boshqa bevosita va belvosita sarflar (ishlab chiqarish jarayonidagi unumsiz xarajatlarni hisobga olgan holda): davr xarajatlari: a) sotish xarajatlari; b) boshqarish xarajatlari; v) boshqa jarayondagi sarflar va zararlar. moliyaviy faoliyatidagi sarflar: a) olingan foizlar bo‘yicha sarflar; b) chet el valyutasi bilan hisob-kitob olib borilganda valyuta kursining farqi bo‘yicha bo‘lgan sarflar; v) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta hisoblashdagi bo‘lgan sarflar; g) moliyaviy faoliyatidagi boshqa sarflar. favqulodda ko‘rilgan zararlar. Bunda ko‘rilgan zararlar ko‘zda tutilmagan holda, favqulodda ro‘y bergan hodisalar (yer qimirlash, suv toshqini, ob-havoning noqulay kelishi va hokazo) orqali yuz berishi mumkin. Ushbu Nizomdan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlarida ishlab chiqarilgan maxsulotlar tannarxi tarkibini quyidagicha belgilab chiqilgan: - O‘simlikchilikda. Ish haqi, hisoblangan ajratmalar bilan birgalikda. O‘g‘itlar. Amortizatsiya. Urug‘lik Ish va xizmatlar. Yoqilg‘i - moylash materiallari. Sug‘urta tulovlari Umum ishlab chiqarish xarajatlari Boshqa xarajatlar. - Chorvachilikda. Ish haqi, hisoblangan ajratmalar bilan birgalikda. Yem-xashak. Amortizatsiya. Ish va xizmatlar. Yoqilg‘i - moylash xarajatlari. Sug‘urta tulovlari Umum ishlab chiqarish xarajatlari Boshqa xarajatlar. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling