Reja: kirish qishloq
Download 1.8 Mb.
|
IX БОБ Таннарх
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Endi yuqorida keltirilayotgan jadval ma’lumotlari asosida aniqlaymiz: Bazis yildagi tannarx: m.so‘mni tashkil etadi. m.so‘mni tashkil etadi. Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki 1 s paxta tannarxi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan-645,0(7810,0-7165,0) so‘mga oshgan. Bu o‘zgarish quyidagi omillar hisobiga sodir bo‘ladi. Bir gektar maydonga qilingan xarajat hisobiga: Z 1 - Z sh = 7810,0-7211,0 =+599,0 so‘mga oshgan. 2. Hosildorlikning o‘zgarishi hisobiga Zsh – Z0 = 7211,0-7165,0=+46,0 so‘mga oshgan. Demak, 1 s paxtaning tannarxi shu davrda ikki omil hisobiga quyidagicha bo‘lgan: ( Z1 – Z0)= ( Z1 - Zsh) + ( Zsh – Z0) (7810,0 - 7165,0) = (7810,0-7211,0)+(7211,0-7165,0) = (645,0) = (+599,0) + (46,0) (645,0) = (645,0) Endi shu xo‘jalikning o‘rganilayotgan davrdagi 1 s paxtaning tarkibini quyidagi 2-jadval orqali tahlil etib chiqamiz: 2-jadval Asaka tumanidagi Sh.Shodmonov fermer xo‘jaligining 2021-2022 yillardagi 1 s. paxtaning tannarx tarkibi.
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1 s paxtanig tannarxi (+645,0) so‘mga oshgan. Shu davrda barcha xarajat muddatlari o‘zgarib turgan. Masalan, shu davrda mehnat haqi xarajatlari (+456,0) so‘mga, o‘g‘it xarajatlari (+123,0) so‘mga, yoqilg‘i moylash xarajatlari (+122,0) so‘mga oshgan bo‘lsa, amortizatsiya xarajatlari esa (-31,0) so‘mga kamaygan. Demak xo‘jalikda shu o‘rganilgan davrda 1 s paxtaning tannarxi (+645,0) so‘mga oshgan. Bu asosan ikki omil hisobiga ro‘y berdi. Birinchidan, 1 ga maydonga qilingan xarajat hisobiga (+599,0) so‘mga va hosildorlikning o‘zgarishi hisobiga (+46,0) so‘mga ko‘payganligini kurish mumkin. Biz bu bo‘limda qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan o‘simlikchilikda ishlab chiqarilgan maxsulotlar ma’lumotlari asosida iqtisodiy-statistik tahlilni ko‘rib chiqdik. Bu o‘rganilgan tahlil uslubini chorvachilik tarmog‘ida ishlab chiqarilgan maxsulotlar ma’lumotlari asosida ham bu tahlilni amalga oshirish mumkin. Xulosa va takliflar Qishloq xo‘jaligida maxsulot tannarxi darajasini aniqlashda quyidagi o‘lchov birliklari qabul qilingan: bug‘doy, paxta, kartoshka, sut, jun va boshqa maxsulotlar uchun -1 s; tuxum uchun esa - 1000 donaga nisbatan olinadi. Ayrim xollarda, o‘simlikchilik tarmog‘ida bajarilgan ishlarni naturada yoki shartli birliklarda hisobga olinadi. Masalan, ga shartli yumshoq shudgorlangan maydon, 1 t/km.ga tashilgan yuk, 1 kvt/soatda bajarilgan ishlar va hokazo. Demak, yuqoridagilarga asosan qishloq xo‘jalik maxsuloti tannarx statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: har bir maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning darajasini aniqlash; maxsulot tannarxini pasaytirish reja bajarilishini tahlil etish; maxsulot tannarxi tarkibi bo‘yicha qilingan xarajatlarni tahlil etish; maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; maxsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini (rezervlarini) izlab topish va hokozo. Maxsulot tannarx tarkibi hozirgi kunda 1999 yil 5-fevralida qabul qilingan "Maxsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanishi to‘g‘risida" Nizomga asosan olib borilmoqda. O‘simlikchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini ikki yildagi o‘zgarishini (hisobot yilni bazis yilga yoki rejalashtirilgan yilga) tahlil etish uchun, shu davrlarda maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini taqqoslash natijasida tahlil etiladi. Bu tahlilni amalga oshirish uchun "taqqoslash", "indeks" va "ko‘rsatkichlar farqi" usullaridan foydalanib, o‘simlikchilik (chorvachilik) maxsulotlari bo‘yicha iqtisodiy-statistik tahlilini ko‘rib chiqamiz. "Taqqoslash" usuli orqali hisobot davrida maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini bazis davridagi (rejada ko‘zda tutilgan) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning oshganligi (kamayganligiga) ta’sir etuvchi omillar va shu har bir omilning summasi aniqlanib topiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi. Birinchidan, ishlab chiqarilgan 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining oshganligi (kamayishi) bo‘lsa (intensiv omil), ikkinchidan ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorining o‘zgarishi tufayli maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining oshganligi (kamayishi) orqali ro‘y beradi (ekstensiv omil). Har bir korxona tomonidan xarajatlar, ishlab chiqarish vositalari va mehnatga xaq to'lash uchun sarf qilingan mablag'lar qiymat shaklida doim qoplab turilishining, binobarin, hisobga Olib borilishining obyektiv zarurligi tannarxning alohida iqtisodiy darajasi bo'lishini taqozo qiladi. Shu sababli qiymatning tannarxda gavdalangan qismi har bir korxona uchun katta ahamiyatga egadir. Korxona o'z mahsulotini sotib, shundan kelgan daromad hisobiga o'z xarajatlarini, mahsulot tannarxini qoplaydi. Mahsulot tannarxi statistikasining vazifalari ana shulardan kelib chiqadi. Bu vazifalar esa tannarx darajasi va tuzilishini o'rganishdan, bu ko'rsatkich dinamikasini tekshirishdan, biznes reja bajarilishini tahlil qilishdan, reja bajarish darajasiga ta'sir etuvchi sabablarni aniqlashdan va tannarxni pasaytirishning qo'shimcha zaxiralarini qidirib topishdan iboratdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Toshkent, 1992y. O‘zbekiston Respublikasining qonuni «Davlat statistikasi to‘g‘risida» (12.12.2002) «Xalq so‘zi», 26.12.2002y. I.A.Karimov «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», Toshkent, 1993y. I.A.Karimov «O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», Toshkent, 1995 y. I.A.Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyoti, kafolatlari», Toshkent, 1997y. Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qonun va me’yoriy hujjatlar to‘plami. I-II tom, «Sharq» nashriyoti, Toshkent, 1998y. T.K.Qudratov «O‘simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining statistik tahlili», Samarqand, 1990y. M.Xolmirzaev «Qishloq xo‘jaligi statistikasi sotsial-iqtisodiy asosida» kursidan iqtisodiyot kulliyoti talabalariga amaliy mashg‘ulot uchun mo‘ljallangan metodik ko‘rgazma va topshiriqlar to‘plami, Samarqand, 1992y. Yo.Abdullaev «Makroiqtisodiy statistika» Toshkent, 1998y. X.N.Nabiev, M.A. Abduraxmonov «Ishlab chiqarish tarmoqlari statistikasi» Ma’ruza matnlari, T-2000. Dehqonov S., Mutaxarov A. – Qishloq xo‘jaligi statistikasi (ma’ruza matnlari). Toshkent 2001y. Qudratov T.Q. - Qishloq xo‘jaligi statistikasi (ma’ruza matnlari). Samarqand. 2002y. Qudratov T., S.Dehqonov. “Qishloq xo‘jaligi statistikasi”. Toshkent. 2004y. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling