Reja: kirish qishloq
Download 1.8 Mb.
|
IX БОБ Таннарх
Qishloq xo‘jaligi maxsulotlari tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iqtisodiy-statistik tahlili
O‘simlikchilik maxsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini ikki yildagi o‘zgarishini (hisobot yilni bazis yilga yoki rejalashtirilgan yilga) tahlil etish uchun, shu davrlarda maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini taqqoslash natijasida tahlil etiladi. Bu tahlilni amalga oshirish uchun "taqqoslash", "indeks" va "ko‘rsatkichlar farqi" usullaridan foydalanib, o‘simlikchilik (chorvachilik) maxsulotlari bo‘yicha iqtisodiy-statistik tahlilini ko‘rib chiqamiz. "Taqqoslash" usuli orqali hisobot davrida maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini bazis davridagi (rejada ko‘zda tutilgan) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning oshganligi (kamayganligiga) ta’sir etuvchi omillar va shu har bir omilning summasi aniqlanib topiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi. Birinchidan, ishlab chiqarilgan 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining oshganligi (kamayishi) bo‘lsa (intensiv omil), ikkinchidan ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorining o‘zgarishi tufayli maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining oshganligi (kamayishi) orqali ro‘y beradi (ekstensiv omil). Endi tahlil qilishni statistik uslubini ko‘rib chiqamiz. Hisobot davridagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajatni bazis davriga (rejaga) nisbatan o‘zgarishini (oshishi yoki kamayishini) maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatning umumiy indeks (dinamikasi) formulasi orqali aniqlash mumkin: z1q1z0q0 zq - mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi. bunda, Z1 va Z0 - hisobot va bazis davridagi 1 s. maxsulotning tannarxi; q1 va q0 - hisobot va bazis davridagi ishlab chiqarilgan maxsulotning miqdori; Z1q1 va Z0q0 - hisobot va bazis davridagi ishlab chiqarilgan maxsulotlarga ketgan jami xarajatlar summasi. Birinchi omilning, ya’ni 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun tannarxning umumiy indeks formulasidan foydalaniladi (intensiv omil): z1q1z0q0 z - mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi. bunda, z0q1 - shartli tannarx summasi (hisobot davrida ishlab chiqarilgan jami maxsulotlarning miqdorini bazis davridagi 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarmasdan qolgan taqdirda qilinishi mumkin bo‘lgan jami xarajat summasi). Ikkinchi omilning, ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorining o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun fizik umumiy indeks formulasidan foydalaniladi (ekstensiv omil): q1z0q0z0 q - mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi. Yuqorida, ko‘rib chiqilgan birinchi omil bo‘lgan tannarxning umumiy indeksining suratini (Z1q1 -hisobot davridagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini) maxrajiga (z0q1- shartli tannarx summasiga) bo‘lish orqali 1s. maxsulot tannarxining o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun, ketgan jami xarajat summasining necha foizga oshganligi (kamayganligi) aniqlansa, suratidagi ko‘rsatkichidan maxraj ko‘rsatkichi ayirilsa, shu davrdagi 1 s. maxsulot tannarxining o‘zgarishi hisobiga shu davridagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining mutlaq oshishi (kamayishi) kelib chikadi. Yuqorida, ko‘rib chiqilgan ikkinchi omil bo‘lgan fizik umumiy indeksning suratini (q1Z0 - shartli tannarx summasini) maxrajiga (qo Zo- bazis davridagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasini) bo‘lish orqali ishlab chiqarilgan maxsulotlarning o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining necha foizga oshganligi (kamayganligi) aniqlansa, suratidagi ko‘rsatkichidan maxraj ko‘rsatkichi ayirilsa, shu davrdagi ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdorining ta’siri hisobiga maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining mutlaq oshishi (kamayishi) kelib chiqadi. So‘ngra, shu davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat summasining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini belgilovchi ko‘rsatkichlar bilan to‘g‘ri kelishini (ularning tengligini) tekshirish kerak. Bu tengliklarni quyidagicha ifodalash mumkin: Jz*Jq=Jzq z q zq - mutlaq tenglik. Endi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining o‘zgarishini «indeks» uslubi bilan bir qatorda «ko‘rsatkichlar farqi» uslubi orqali ham tahlil etish mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerak-ki, bu usulda hisoblangan natijalar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Shu tahlilni ko‘rib chiqamiz. Dastavval, o‘rganilayotgan davrdagi, ya’ni hisobot yilda maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasidan (Z1q1) bazis yildagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasining (Z0 q0) ayirib, topiladi: z1q1 z0q0 zq Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi. Birinchidan, shu davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajatlarning o‘zgarishiga 1s. maxsulot tannarxining ta’sirini aniqlash uchun, hisobot va bazis davrlardagi 1 s. maxsulot tannarxining ko‘rsatkichlari orasidagi (Z1 – Z0) farqni hisobot davridagi ishlab chiqarilgan maxsulotlarning miqdoriga (q1) ko‘paytirilib, topiladi: (z1z0)q1 z Ikkinchidan, shu davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajatlarning o‘zgarishiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar miqdorining ta’sirini aniqlash uchun, hisobot va bazis davrlardagi ishlab chiqarilgan maxsulotlarning miqdorlari orasidagi (q1–q0) farqni bazis davridagi 1s. maxsulot tannarxiga (z0) ko‘paytirilib, topiladi: (q1q0)z1 q So‘ngra, bu omillarning bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tamiz: Shu bilan birga, o‘rganilayotgan davrdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishning o‘rtacha tannarx o‘zgarishi ham o‘rganiladi. Buning uchun hisobot yildagi o‘rtacha tannarxning bazis yildagi o‘rtacha tannarxga bo‘linib topiladi (o‘rtacha tannarxning o‘zgaruvchi tarkibi umumiy indeksi): Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi: Birinchi omil, 1s. maxsulot tannarxining o‘zgarishi hisobiga, ikkinchidan, ishlab chiqarilgan maxsulotlarning tarkibi (strukturasi yoki xo‘jaliklararo ishlab chiqarish strukturasi (tarkibi) o‘zgarishi hisobiga ruy beradi. Endi shu formulalarni quyida keltiramiz: 1. 1s. maxsulot tannarxining o‘zgarishi hisobiga tannarxning umumiy indeks formulasi orqali): a) b) (z1q1z0q1): q1 z - mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi. 2. Ishlab chiqarilgan maxsulotlarning tarkibi (strukturasi yoki xo‘jaliklararo ishlab chiqarish strukturasi (tarkibi) o‘zgarishi hisobiga. (tuzilmaviy siljishli yoki xo‘jaliklararo strukturali (tarkibli) ishlab chiqarish indeks formulasi orqali): 3.Endi yuqoridagi hisoblangan indekslarning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tamiz: a) Jz x Jtuz.sil = Jz - nisbiy o‘zgarishda b) Δz + Δtuz.sil = Δz – mutlaq o‘zgarishda. Tannarx o‘zgarishini tannarx o‘rtacha indeksi bilan bir qatorda o‘rtacha xarajatlar indeksidan ham foydalanib aniqlash mumkin. Bir so‘mlik tayyor maxsulot uchun sarflangan o‘rtacha xarajatlar indeksini quyidagi formuladan foydalanib hisoblash mumkin: bunda, R – 1s. maxsulotning o‘zgarmas bahosi (taqqoslash bahosi yoki bazis yildagi bahosi). O‘rtacha xarajatlar indeksi quyidagi ikki indeks bilan o‘zaro bog‘liqdir: 1. Umumiy xarajatlar indeksi 2. Maxsulot fizik hajmi indeksi: Umumiy xarajatlar indeksini maxsulot fizik hajmi indeksiga nisbati o‘rtacha xarajatlar indeksini beradi. Endi paxta yetishtiruvchi shirkat xo‘jaliklari misolida ushbu tahlilni 31-jadval orqali ko‘rib chiqamiz 1. Umumiy xarajat indeksini: = Demak, hisobot yilda maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasi bazis yildagisiga nisbatan - 23,06 (123,06- 100,00)% ga oshgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: ΣZ1q1 - ΣZ0q0=381039,9-309618,4=+71421,5 m.s. tashkil etadi. Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi: Birinchidan, 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishiga hisobiga. Buning uchun tannarxining umumiy indeks formulasi orqali aniqlaymiz: Demak, 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi jami xarajat - 19,77 (119,77-100,00) % ga oshgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: ΣZ1q1 - ΣZ0q1= 381039,9-318119,3=+62920,6 m.s. tashkil etadi. Ikkinchi omil bo‘lgan, maxsulot miqdori o‘zgarishi hisobiga. Buning uchun fizik umumiy miqdor indeks formulasi orqali aniqlaymiz: = Demak, fizik miqdor o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi jami xarajat – 2,75 (102,75-100,00)%ga oshgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: Σq1Z0- Σq0Z0 =318119,3 – 309618,4 = +8500,9 m.s tashkil etadi. Endi yuqorida hisoblangan ko‘rsatkichlarni bir-biriga to‘g‘ri kelishini (ularning tengligini) tekshirib ko‘ramiz: Nisbiy tenglikda: Jz*Jq=Jzq 1,977 x 1,0275=1,2306 1,2306=1,2306 Mutlaq tenglikda: z q zq +62920,6+8500,9=71421,6 71721,6=71421,6 Demak, shu davrda maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat 23,06% ga yoki ( +71421,5 m.s.) ga oshgan. Buning o‘zgarishiga ikki omil tasir etadi. Birinchidan, 1 s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga 19,78% yoki (+62920,6)ga m.s. oshgan bo‘lsa. maxsulotlarning miqdori o‘zgarishi hisobiga esa 2,75% yoki (+8500,5 m.s.) ga oshgan. Endi shu davrda o‘rtacha tannarxning o‘zgarishini-o‘rtacha tannarxning o‘zgaruvchi tarkibli umumiy indeks formulasi orqali aniqlaymiz: Demak, shu davrda o‘rtacha tannarx -19,80(119,80-100,00)% ga oshgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etgan. Birinchi omil, 1 s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga: Demak, 1 s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi o‘rtacha tannarx -19,77(119,77-100,00) % ga oshgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: (ΣZ1q1-ΣZ0q1):Σq1=(381039,9-318119,3):74700,0=+842,0 so‘mga oshgan Ikkinchi omil, xo‘jaliklararo strukturali (tarkibli) ishlab chiqarish o‘zgarishi hisobiga. Buning uchun xo‘jaliklararo (tarkibli) ishlab chiqarish indeks formulasi orqali aniqlaymiz: 4258,0 = 1,0003 yoki 100,03 % ga teng bo‘ladi. Demak, paxtaning o‘rtacha tannarxi xo‘jaliklararo ishlab chiqarish strukturasining ozroq oshish hisobiga 0,3 (100,03-100,00)%ga qimmatlashgan. Mutlaq o‘zgarishi esa quyidagicha bo‘ladi: Endi yuqorida hisoblangan ko‘rsatkichlarning bir-biriga to‘g‘ri kelishi(ularning tengligi)ni tekshirib chiqamiz: Nisbiy tenglikda: Jz*Jstr=Jz 1,1977 x 1,0003 = 1,1980 Mutlaq tenglikda: Δz + Δstr = Δz +842,0 + 1,0 = +843,0 +843,0 = +843,0 Demak, shu davrda o‘rtacha tannarx 19,80 %ga yoki (+843,0) so‘mga oshgan. Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etgan. Birinchidan, 1s. maxsulotning tannarxi o‘zgarishi hisobiga 19,77 %ga yoki (+842,0) so‘mga oshgan bo‘lsa, xo‘jaliklararo ishlab strukturasining o‘zgarishi hisobiga 0,3 %ga yoki 1,0 so‘mga oshgan. Endi shu davrdagi o‘rtacha xarajatning o‘zgarishini – o‘rtacha xarajatlar indeks formulasi orqali aniqlaymiz: = Buning o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi: 1. Umumiy xarajat summasining o‘zgarishi hisobiga aniqlash uchun umumiy xarajat indeks formulasidan foydalaniladi: 2. Maxsulot fizik hajmi o‘zgarishi hisobiga aniqlash uchun umumiy maxsulot fizik hajmi indeks formulasidan foydalaniladi: = Bu indekslarning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz: 1,2306:1,0276 = 1,1980 1s. maxsulotning tannarxini aniqlashda yuqorida ta’kidlab o‘tilgandek, maxsulot yetishtirish uchun ketgan jami xarajatlar summasini ishlab chiqarilgan maxsulotning jami miqdoriga bo‘linadi, ya’ni quyidagi formulalar orqali: Buni boshqacha usul bilan ham aniqlash mumkin, ya’ni maxsulot yetishtirish uchun ketgan jami xarajatlar summasi (qZ) o‘rniga 1 gektar maydonga ketgan jami xarajatlar summasini, yetishtirilgan jami maxsulot (Σq) o‘rniga 1 gektar maydondan olingan hosilni olib, hisoblash mumkin: 1s.maxsulot tannarxi= Bir gektar maydon uchun bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlash uchun umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini (ΣqZ) umumiy ekin maydoniga (Σ P) bo‘linadi, ya’ni quyidagi formulalar orqali: Hisobot yili uchun Maxsulot tannarxining iqtisodiy-statistik tahlili hisobot yildagi 1 s. maxsulot tannarxini ( Z1) bazis yildagi 1s. maxsulot tannarxiga ( Z0) taqqoslash yo‘li bilan o‘zgarishini (kamayishi yoki ko‘payishini) aniqlashdan boshlanadi. Tannarx o‘rtasidagi farq ( Z1- Z0 =±Δz) topilgandan keyin unga sababchi bo‘luvchi omillarning ta’sir doirasi aniqlanadi. Tannarxning o‘zgarishiga sabab buluvchi omillar yuqoridagi formulalarning ko‘rsatkichlaridan ma’lumki, ikkiga bo‘linadi: 1. Bir gektar maydon hisobiga bo‘lgan xarajatlar darajasi; 2. Bir gektar hisobiga olingan maxsulot miqdori (hosildorlik darajasi). Omillarning har birining ta’sirini aniqlashdan oldin avallo shartli tannarx ko‘rsatkichini topib olish zarurdir. Shartli tannarx ko‘rsatkichi bazis yilidagi bir gektar maydon xarajati bilan hisobot yilidagi hosildorlik (mahsuldorlik) asosida aniqlanadi, ya’ni quyidagi formuladan foydalanib topish mumkin: Shundan keyin har bir omilning tannarxning o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Birinchi omilning, ya’ni bir gektar maydon hisobiga bo‘lgan xarajatlar darajasi o‘zgarishining tannarxga ta’sirini aniqlash uchun maxsulot birligining hisobiy (haqiqiy) tannarxidan uning shartli tannarxini chiqarib tashlamoq kerak: Ikkinchi omilning, ya’ni bir gektar maydon hisobiga yetishtirilgan hosil (ekin hosildorligi) darajasi o‘zgarishining tannarxga ta’sirini aniqlash uchun maxsulot birligini shartli tannarxidan uning bazis yildagi (yoki rejadagi) tannarxi chegirilib tashlanadi: Ikkinchi omilning har birini ta’sir doirasining miqdorlari topilgandan keyin ularning yig‘indisi umumiy tannarx o‘zgarishiga solishtirilib, tekshiriladi. Ikki omil ta’sirini miqdorlarining summasi tannarx umumiy o‘zgarishiga to‘g‘ri kelishi (balans bo‘lishi) shart. Bu tenglikni quyidagicha ifodalash mumkin: z1 z0 z1 zsh zsh z0 Endi bu tahlilni Asaka tumanidagi Sh.Shodmonov fermer xo‘jaligi misolida quyida keltirayotgan 1-jadval misolida ko‘rib chiqamiz:
Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling