Reja: kirish qishloq
Download 1.8 Mb.
|
IX БОБ Таннарх
Qishloq xo‘jalik maxsuloti tannarx statistikasining vazifalari
Maxsulot tannarxi - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning eng asosiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, bu ko‘rsatkich orqali maxsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdagi barcha xarajatlarni pul shaklida hisobga olib boriladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish har doim jonli mehnat bilan ishlab chiqarish vositalari tariqasida moddiy sarflar bo‘lishini talab qiladi, boshqacha aytganda, jonli mehnat bilan ishlab chiqarish vositalarining ishtirokisiz maxsulot yetishtirishning o‘zi bo‘lmaydi. Maxsulot yetishtirish uchun xom ashyo, materiallar, urug‘, yem-xashak, ehtiyot qismlar, energiya quvvati, mehnat va hokazolar sarflanadi. Demak, maxsulot yetishtirish uchun sarflangan ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida ifodalanishi maxsulot tannarxi deb ataladi. Maxsulot tannarxi eng muxim natijaviy ko‘rsatkich bo‘lib, bu ko‘rsatkich orqali xo‘jalikning moliyaviy faoliyatiga bilvosita baho berish mumkin. Agarda, maxsulot tannarxi belgilangan rejaga yoki o‘tgan davrdagi ko‘rsatkichiga nisbatan kam bo‘lsa, xo‘jalikning moliyaviy natijalarini belgilovchi ko‘rsatkichlaridan bo‘lgan foyda va rentabellik darajasining oshishga olib keladi. Maxsulot tannarxini kamaytirish yullaridan yana biri-mehnat unumdorligini oshirish, asosiy fondlardan ratsional foydalanish, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini va chorva mollarning mahsuldorligini oshirish, material sarflanishi kamaytirish va ishlab chiqarishda tejamkorlikka qattiq rioya qilish zarurdir. Qishloq xo‘jaligida maxsulot tannarxi darajasini aniqlashda quyidagi o‘lchov birliklari qabul qilingan: bug‘doy, paxta, kartoshka, sut, jun va boshqa maxsulotlar uchun -1 s; tuxum uchun esa - 1000 donaga nisbatan olinadi. Ayrim xollarda, o‘simlikchilik tarmog‘ida bajarilgan ishlarni naturada yoki shartli birliklarda hisobga olinadi. Masalan, ga shartli yumshoq shudgorlangan maydon, 1 t/km.ga tashilgan yuk, 1 kvt/soatda bajarilgan ishlar va hokazo. Demak, yuqoridagilarga asosan qishloq xo‘jalik maxsuloti tannarx statistikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: har bir maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning darajasini aniqlash; maxsulot tannarxini pasaytirish reja bajarilishini tahlil etish; maxsulot tannarxi tarkibi bo‘yicha qilingan xarajatlarni tahlil etish; maxsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat darajasiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; maxsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini (rezervlarini) izlab topish va hokozo. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling