Reja: Kirish Sanoatni joylashtirish tamoyillari va omillari 2 Ayrim sanoat tarmoqlarini joylashtirishdagi o‘ziga xos xususiyatlar Ayrim korxonalarni joylashtrishni


a) korxonalarni joylashtirish hududini tanlash


Download 59.17 Kb.
bet5/13
Sana24.12.2022
Hajmi59.17 Kb.
#1053439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ahmadjon uzb geo

a) korxonalarni joylashtirish hududini tanlash;
Sanoat korxonasini qurish uchun tanlangan hudud (iqtisodiy hudud) quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: hududda xomashyo, yoqilg‘i, asosiy va yordamchi mahsulotlar mavjud bo‘lmog‘i kerak hamda loyihalashtirilayotgan korxona mahsulotiga yetarli talab bo‘lishi zarur. Bundan tashqari, qurilayotgan korxona uchun tanlangan hudud ishlab chiqarish kuchlari majmuasi rivojlanishini va mahalliy xomashyo, energetika resurslaridan to‘la foydalanishni ta’minlashi lozim. Tanlangan hududda quriladigan korxonalar ular mansub bo‘lgan tarmoqlarning mamlakat hududi bo‘ylab bir tekis joylashishini ta’minlanmog‘i kerak.
b) korxonani joylashtirish punktini asoslash;
Yangi korxonani joylashtirish hududi har tomonlama iqtisodiy asoslanib bo‘lgach, shu hudud ichida korxona qurilish o‘rni (punkti) belgilanadi. Korxonani joylashtirish punkti to‘g‘ri tanlanganligi qurilishning qancha davom etishiga, uning qiymatiga va korxonaning istiqbolda iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Korxonani joylashtirish punktini asoslashda yirik shaharlarda sanoatning haddan tashqari, mujassamlashib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligiga, korxonalarni yagona energetika va umumiy kommunikatsiyalarga ega bo‘lgan ishlab chiqarish shaklida qurish maqsadga muvofiqligiga, aholi joylarining rivojlanishini hamda qabul qilingan sanitariya-gigiyena talablari va normalariga rioya qilinishi zarur.
Tanlangan qurilish punkti transport xarajatlari kam bo‘lishi uchun xomashyo manbaiga va iste’mol joylariga maksimal yaqin bo‘lmog‘i lozim. Punktni tanlashda korxonani qurish uchun maydonni tanlash va uni iqtisodiy baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Maydon gorizontal yuzaga ega bo‘lmog‘i lozim. Barcha binolar, inshootlar, korxona, transport xo‘jaligini maydonda ratsional joylashtirish, kelajakda kengaytirish, temir yo‘l magistraliga oson qo‘shilish, suv bilan oson ta’minlanish va ortiqcha suvlarni oqizib yuborish, yaqin oraliqda joylashgan aholi punktiga ega bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi zarur.



Download 59.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling