Reja: Kirish Shayboniylar sulolasining hokimyatni egalashi
Shayboniylar sulolasi boshqaruvi davrida Xiva xonligi
Download 178.5 Kb.
|
=555555
2. Shayboniylar sulolasi boshqaruvi davrida Xiva xonligi
Xiva xonligining davlat tizimi kam oʼrganilgan mavzulardan boʼlib, akademik M. Yoʼldoshev taʼkidlaganidek, tarixnavislarning bizgacha yetib kelgan asarlarida bu mavzuga maxsus oʼrin berilmagan. Bu haqda Аbulgʼozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» asarida, shuningdek oʼsha davrda Xorazmga kelgan ingliz, rus, eronlik mualliflar asarlarida ham mavzuga oid maʼlumotlar uchramaydi. Munis, Ogahiy, Komyob, Bayoniy kabi muarrixlar oʼz asarlarida bu davr maʼlumotlarini Аbulg'ozi Bahodirxon asaridan iqtibos keltirish bilan birga, ularni oʼz davri nuqtai nazaridan tahlil etadilar. Jumladan, .. Vamberi oliy hokimiyat organi va maʼmuriy apparatni quyidagi tartibda koʼrsatadi: «xon, inoq (4) – xonning 2 tug'ishgan ukasi va 2 qarindosh- urug'idan, naqib – payg'ambar avlodidan sanalgan ruhoniy ota»7. M. Yoʼldoshev ilmiy istifodaga olib kirgan arxiv materiallari8asosida keyingi davr ilmiy ishlarida davlat tizimining XIX asr va XX asr boshiga tegishli shakli barcha davrlar uchun bir xil tatbiq qilingan. Mavzu keng va aniq yoritilmasdan qolgan. Mazkur ilmiy ishning yoʼnalishi XVI–XX asr birinchi choragini toʼla qamrab olgani uchun Xiva xonligi davlat boshqaruviga oid fikrlarni davriy jihatdan bayon qilishga harakat qilindi. XVI–XVIII asr Xiva xonligi davlat boshqaruvi to'g'risida bizgacha juda kam ma'lumot yetib kelgan. O'sha davrlardagi shayboniy yoki ashtarxoniylar davlati yoinki keyingi davr Xiva xonligi davlat qurilishini tipiklashtirish esa, masalaga g'ayriilmiy yondashish hisoblanadi. Shuning uchun biz mazkur uch asr davomidagi Xiva xonligi oliy, markaziy va mahalliy organlari tizimi haqida yozma manbalar va xonlar farmonlari, qozixona hujjatlari singari arxiv materiallarida keltirilgan mansablar, shuningdek meros huquqi, jinoyat ishlari va jazo hukmlarida keltirilgan atamalar asosida fikr yuritishni lozim topdik. Davlat boshlig'i, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat egasi xon hisoblangan. U xonlikdagi oliy mansabdor shaxs va oliy hokimiyat egasi bo'lib, o'z navbatida oliy qo'mondon sifatida harbiy sohani idora etgan. M. Yo'ldoshev asarida “Xiva xonligi mutlaq yakka hokimlik davlati bo'lgani uchun oliy sud hokimiyati xon ixtiyorida bo'lsa-da, biroq shunga qaramay, qozi kalon ham bor edi” 9 deyiladi. Bu borada shuni ta'kidlaymizki, islom ahkomiga suyangan oliy sud hokimiyati rasman xon vakolatida bo'lgan emas. Mutlaq hokimlik imtiyozlaridan foydalangan xon millat otasi sifatida faqat oliy jazo to'g'risidagi hukmlarni ko'rib chiqqan va unga o'zgartishlar kiritgan. Qozilarning muhim ishlar yuzasidan hukmlarini tasdiqlash va bekor qilish vakolatiga ega bo'lgan. Oliy hokimiyatni shakllantirish jarayonini an'ana va odatlar bilan tartibga soluvchi muayyan tartib amal qilgan. Jumladan, mamlakatni boshqarayotgan xon vafot etgan taqdirda, dastlab butun mamlakatga sobiq xonning vafot etganligi e'lon qilingan va so'ng yangi xon saylangan10 Barqaror vaziyat hukm surgan davrlarda aksariyat hollarda fikrlar xilma- xilligi asosida yangi xonni saylash marosimi o'tkazilgan. Xonlikka nomzod shaxsga qo'yiladigan talablar mamlakatdagi vaziyatga qarab belgilangan. Taxtni egallashga asosan hokimiyatni boshqayotgan xon oilasi vakili, sobiq xonning avlodidan taxt vorisi bo'lgan shahzoda haqli hisoblangan11. Xon hokimiyati barcha davrlarda ham meros tariqasida o'tgan. Xususan, dastlabki davrlarda xonlik taxti sulolaviy an'anaga ko'ra o'zaro kengashgan holda xon sulolasining yoshi ulug' vakiliga o'tgan. Yangi xon saylangunga qadar an'anaga muvofiq mamlakat yoshi ulug' yoki katta siyosiy va harbiy tajriba hamda salohiyatga ega sulton tomonidan idora etilgan. Jiddiy boshqaruv qarorlari esa, sulola a'zolaridan iborat kengash tomonidan chiqarilgan. Hoji Muhammadxon (Aqatoyxonning o'g'li, 1559/60–1602 y.y.) davriga kelib, taxt meros tariqasida asrda tashkil topgan Xiva xonligini shayboniylar sulolasiga mansub shaxslar boshqargan, hamda oliy hokimyatda ham Shayboniylar davlatida amal qilingan “Yaso” (moʻgʻulcha “jasoq” - qonun, qaror, jazolash soʻzining turkiycha “yasoq” shakli) an’analari va shariat normalarga amal qilingan. Davlat boshqaruvida ko’chmanchi dasht an’analari bilan birgalikda o’troq mahalliy davlatchilik usullari ham foydalanilganini ko’rishimiz mumkin. Masalan: urug’ning eng yoshi kattasi ushbu qabila boshlig’i hisoblangan. Agar hukmdor vafot etsa uning o’rniga o’g’li emas, katta ukasi tayinlangan. Hukmdorning ukalari bo’lmagan taqdirda esa katta o’g’li qonuniy hukmdor bo’lgan. Xonlikda qonun chiqaruvchi hamda ijro hokimyat ham xonning o‘z qo‘lida bo‘lib, da’vo ishlari va har qanday arzlar to‘g‘ridan to‘g‘ri xonga qaror chiqarishi uchun keltirilgan, shunday bo’lsada, Xiva xonligida oliy organ hisoblangan “Kengash” faoliyat ko’rsatgan. Kengash tarkibi o‘zgarib turgan va turlicha “mashvarat”, “majlis” deb ham atalib faqat Muhammad Rahimxon I davridagina doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi oliy davlat organiga aylantirilgan. Davlatni boshqarish monarxiya shaklida bo‘lib, xonlikdagi mansab va huquqlar avloddan- avlodga o‘tib borgan. Xonning atrofidagi mansabdor shaxslarning ham huquqlari ular vafotidan keyin meros sifatida avlodlariga qoldirilgan. Xiva xonligida lavozimga tayinlash yoki viloyat, shahar boshqaruv ishini topshirishda o’sha shaxsning layoqatiga ham e’tibor berilganligini ko’rishimiz mumkin. Xususan. Elbarsxon va uning ukasi Bilbars Vazir hamda Urganchni egallagach, akamivachchasi Amnakxonning farzandlariga Urganch boshqaruvini topshirganligi ham bejiz emas. Chunki ular ishonli hamda boshqaruvchilik qobilyatiga ega bo’lgan munosib shaxslardan bo’lgan. Bundan tashqari, xonning qarindoshlari yoshi katta yoki kichikligi hamda xonga qarindoshligi uzoq yoki yaqinlgiga ko’ra ham shahar va viloyatlar boshqaruvi berilgan12. asrning o‘rtalariga kelib, Xiva xonligida sulolaviy siyosiy boshqaruvida o‘zgarish sodir bo‘lib, amalda hokimyat mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotida katta mavqeyga ega bo‘lgan yirik yer va mulklar egasi bo‘lgan shaxslar qo‘lidan, qabila va urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘ta boshlaganligini ko‘rishimiz mumkin. Buning natijasida xonlikda markazlashgan boshqaruv tizimi vujudga kelgan. Yangi boshqaruv tizimining vujudga kelishi yer egaligining shakillanishi bilan ham bog‘liq bo‘lib, xonlik hududida hokimyat katta yer egalari qo‘liga o‘ta boshlagan. Shu bilan birga avvaldan mavjud bo‘lgan kam sonli qabila va oqsaqollari: xon maslahatchilari hisoblangan beshta inoq, ikkita qabila aslzodalari va otaliqlar saroyda xon atrofidan o‘rin egallashi kabi ayrim tartiblar saqlanib qolgan. 1643-1663-yillarda hukmronlik qilgan Abulg‘ozi Bahodirxon mamlakatda bir qator islohotlar o‘tkazib, hokimyatni mustahkamlashga katta e’tibor qaratgan. Mamlakatda mavjud vaziyatni inobatga olgan holda etnik ziddiyatlarni bartaraf etish va barqaror ichki muhitni yaratish maqsadida, etnik guruhlarga alohida hudud hamda boshliqlar tayinlagan. Ularni Buxoro bilan chegara hudud bo’lgan Darg’onotadan tortib, to Oroldengiz hududlarigacha bo’lgan yerlarga joylashtiragan. Abulg‘ozi Bahodirxon mamlakatda markazlashgan boshqaruv tizimini o’rnatishga harakat qilgan va shu yo’lda yuqori mavqe va imtiyozlarga ega bo’lgan turkman yo’lboshchilarini boshqaruv huquqidan mahrum qilgan hamda ularning yer va mulklarini davlat tasarrufiga o’tqazgan.] Shu o’rinda aytib o’tish joizki, 1623-1643-yillarda Xiva xoni bo’lgan Isfandiyorxon davlatni boshqarishda tukman qabila boshliqlari yordamiga tayangan hamda ularga katta imtiyoz va vakolatlar bergan. Natijada mamlakatda xonning bu siyosatidan norozlik kuchaygan. Isfandiyorxonning mana shu siyosati uning keyinchalik o’ldirilishiga sabab bo’lganini ham ko’rishimiz mumkin. Abulg‘ozi Bahodirxon hukmronligi davrida xonlikda yuqori lavozimlarga o’zbek urug’laridan bo’lgan shaxslar tayinlangan hamda mamlakat hayotida ularning mavqeyi ortib borgan. Abulg‘ozi Bahodirxonning Xiva xonligida o’tkazgan ma’muriy islohotiga ko’ra, 360 nafar o’zbek urug’lariga mansub bo’lgan shaxslar saroyda turli lavozimlarga tayinlangan. Xon ushbu tayinlanganlarning 32 nafarini esa saroydagi eng yuqori mansab va lavozimlarga tayinlaganini Shermuhammad Munis o’z asarida: “ular ikki shayx ul-islom, ikki qozi, bir rais Said ota avlodidan, bitta mutavalli, bitta naqib, to’rtta otaliq, to’rtta inoq, to’rtta mirob, to’rtta parvonachi, ikkita oqo, ikkita arbob, to’rtta chig’atoyi inoqi, bitta vazir, bitta mehtar va qushbegi. Mehtar hamda qushbegi kun-u tun xon xizmatida bo’lgan” deb keltirib o’tgan. 13 Xiva xonligidagi oliy darajali unvonlar va mansablar.14 Devonbegining asosiy vakolatlari saroy kotibiyati, davlat devoni va arxivi, bojxona (gumrikxona)ni boshqarish, xazina va omborlar hisobini yuritish, xon farmonlarining joylarga yuborilishini ta'minlash, soliqlar va yig'imlarni undirish ishlarini boshqarish va umumiy nazoratini olib borish kabilardan iborat bo'lgan.2915 Ushbu mansabdor shaxslarning vakolatlari to'g'risida 1854–1864 yillarda Xivada asirlikda bo'lgan eronlik harbiy – general Ismoil Mirpanjiy shunday yozadi: “Mamlakat ishlarini boshqarishga xonlarga uch vazir yordam beradi: birinchisi Mehtar, ikkinchisi Qushbegi, uchinchisi Devonbegi. Mehtar solg'ut yig'adi. Solg'it katta moliyaviy ulushning yarmi bo'lib, u harbiy ishlarga, chet mamlakatlarga elchi tayyorlash va yuborish, elchilarni kutib olish kabi davlat ishlariga xarj qilinadi. Agar moliyaviy ishlarda kamomad chiqsa, mehtar javobgar hisoblanadi. U kunda bir marta xon oldiga kiradi. Zarur ish chiqqanda istagancha va navbatsiz kiraveradi. Qushbegi moliya mablag'ining ikkinchi yarmiga qaraydi. U ichki va tashqi ishlar, rasmiy marosimlar, sovg'a-salom va in'omlarni o'z zimmasiga olgan. Xizmat yuzasidan xon oldiga kira oladi. Devonbegi elatlar, savdogarlardan bojxona va zakot pullarini undiradi. U bevaqt xon oldiga kira olmaydi. Xonga arzi bo'lsa, mehtar yo qushbegi orqali amalga oshiradi. Asirlik paytim Muhammad Aminxon davrida bu uchta vazir quyidagilar edi: Yoqub mehtar, Muhammad Karim Qushbegi va Hasanboy devonbegi”30 Bosh vazir, mehtar, qushbegi va devonbegilar xonlikning huquq-tartibot, davlat xavfsizligi xizmatlarini ham idora etganlar. Bu xizmatlar esa, o'zining keng tarmoqlariga ega bo'lgan. Ularga chegara, bojxona ishlaridan tashqari razvedka va kontrrazvedka kabi maxfiy xizmatlarni ham kiritish mumkin. Akademik M. Yo'ldoshev hamda H. Vamberi, Rizoqulixon Hidoyat kabi sayyoh va elchilar keltirgan ma'lumotlardan ko'rganimizdek, bu maxfiy xizmatlar Xiva xonligida yaxshi yo'lga qo'yilgan. Xiva xonlari arxivida saqlanayotgan bir necha xatlar bu masalaga oydinlik kiritishga xizmat qiladi. Markaziy mansabdor shaxslarning navbatdagisi Shayx ul-islom hisoblanadi. Shayxulislom kengashda musulmon aholining hukmdori – xon taxtining o'ng tomonida o'tirgan. Ruhoniylarning faoliyatiga boshchilik qilgan va eng yuqori martabali ruhoniy hisoblangan. Siyosiy-diniy marosimlardan tashqari, harbiy yurishlarda fatvo beruvchi muftilar boshlig'i, harbiylarni ma'naviy-ruhiy rag'batlantiruvchi ruhoniy, qozi askar nazoratchisi va gohida biror harbiy bo'linma boshlig'i sifatida qatnashgan. Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling