Reja: Kirish Shtrix-kodni shakllantirish, afzalliklar, qamrov 2
TOVARLARNI KODLASHTIRISH. RO'YXATDAN O'TISH TARTIBI
Download 133.82 Kb.
|
3.TOVARLARNI KODLASHTIRISH. RO'YXATDAN O'TISH TARTIBI
Ba’zan biror mahsulot harid qilganimizda uning ko‘rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo‘sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo‘lgan? Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YEAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda. Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berildi. U bo‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik xossalari o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, o‘ramining ko‘rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan. Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko‘rsatkichlar kiritilmaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashqi l etilgan “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazida ro‘yxatga olinadi. Kodlashtirish amaliyoti – maxsulot yoki xizmatni rivojlanishni yaxshilash, ishlab chiqarish, qo‘llash, saqlash, tashish, sotish, texnik reglamentga mosligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Maxsulot kodini ishlab chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibga soluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Maxsulot haqidagi axborotlarni kodlashni bir necha usuli mavjud. Download 133.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling