Reja: Kirish Shtrix-kodni shakllantirish, afzalliklar, qamrov 2
Download 133.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzluksiz kod.
Shtrix kod.
Shtrix kod o‘zi maxkamlangan ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi kod xisoblanadi. Shtrix kodlar ma’lumotlarni bir biridan turli oraliqda joylashgan, turli qalinlikdagi parallel chiziqlar maxsulot to‘risidagi ma’lumotni taqdim etgan. Bunday shtrix kodlar bir o‘lchamli shtrix kodlardir (1D). Keyinchalik to‘g‘ri burchak, nuqta, 6 burchak va turli hil geometrik shaklga ega shtrix kodlar ishlab chiqildi, bu shtrix kodlar 2 o‘lchamli (2D) shtrix kodlardir. Shtrix kodlar maxsus optik skanerlar o‘qish skanerlari yordamida skaner qilinadi. Keyinchalik dasturiy ta’minotning rivojlanishi kamerali smartfonlar yordamida shtrix kodni o‘qish imkonini berdi. Eng avval bir tipdagi shtrix kodlar Amerikaning temir yo‘llar assotsiyasida 1960 yil oxirlarida ishlab chiqilgan. Shtrix kodlar supermaketlarni kassa tizimini avtomatlashtirishda ishlatila boshladi va samaradorligi oshdi. Shtrix kodlar turli boshqa masalalarni yechishda qo‘llanila boshlandi. Umumiy qilib aytganda ma’lumotni avtomatik ravishda yig‘ish va indentifikatsiya qilish (ATSD) vazifasini bajardi. Simvolika Displeyda xabarlar va shtrix kodlar orasi - simvolika deyiladi. Simvolikaning o‘ziga xosligi xabarlarning alohida raqamlari va simvollarini kodlashdir. Chiziqli simvolika asosan ikki xossa asosida klassifikatsiyalanadi. Uzluksiz kod. Diskred kodlarda simvollar N shtrixlar va N-1 oraliqlardan tashkil topgan. Simvollar orasida qo‘shimcha maydon mavjud, lekin bu maydon xech qanday axborotni uzatmaydi va kodni oxiriga yetmaguncha istalgan kenglikda bo‘lishi mumkin. Uzluksiz kodlarda simvollar N shtrix va N maydondan tashkil topgan, probel va shtrixlar ketma ketligidan iborat. Kodni yakunlash uchun ikki tarafida shtrixga ega yakunlovchi shablon mavjud. Ikki kenglikda kodlar, ko‘p kengliqdagi kodlar o‘rniga. Ikki kenglikdagi kod yana ikkilik kodi deb xam ataladi, unda shtrixlar va oraliqlari ikki hil kenglikda «keng» va «ingichka» bo‘ladi. Shtrix va probellarning aniq bir kengligini axamiyati yo‘q. Ingichka ekvivalentlardan 2 va 3 martagacha istalgan deyapazonda bo‘lishi mumkin. Ayrim simvolikalar ikki hil balandlikda yoki shtrixlarning bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Bular ham ikkilik kodlar (binar) deyiladi. Shtrixlar va oraliqlar ko‘p kenglikdagi kodlarda asosiy kenglikga ko‘paytmasi modullar deyiladi. Bu kodlarning aksariyatida 1, 2, 3, 4 kenglik modullari ishlatiladi. Birinchi simvol xar xil kenglikdagi qora chiziqlar orqali kodlanadi, ikkinchi simvol oq oraliqlari kengligini o‘zgartirish yo‘li bilan kodlanadi. Shunday qilib simvollar juft bo‘lib kodlanadi. 2D shtrix kodlar orasida eng ko‘p tarqalgani, bu matritsali shtrix kodlardir. Bu kodlarda to‘rt burchakli yoki nuqtasimon modul setka ustida tarqalgan. Chiziqli shtrix kodlar lazerli skanerlar yordamida o‘qiladi, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab shtrix yorug‘lik nuridan o‘tqaziladi. Aralash shtrix kodlardan lazerli skaner orqali o‘qiladi. Shtrix kod lazerli skanerdan bir necha marta o‘tkaziladi. 1990 yil Welch Allyn shtrix kodni o‘qiydigan zaryadlash aloqa (PZS) tomografini yaratdi. Bu tomograf lazer skanerga o‘xshab xarakatni talab etmaydi. Ya’ni, tomografdan shtrix kodni yurg‘izish shart emas. 2007 yilda lazer skanerni o‘rniga samarador va mustaxkam bo‘lgan chiziqli dvigatel skanerlari egalladi. 2D shtrix kodlarni lazer skanerlari yordamida o‘qib bo‘lmaydi, chunki lazer skanerlar simvolni lazer yordamida butunligicha o‘qiy olmaydi. Bu 2D shtrix kodlar PZS tomograf yoki boshqa sensorni texnologiyali yoki raqamli kamera yordamtda o‘qiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, har bir kod noyobdir, shuning uchun tovarlarning shtrix-kodlarini sotib olish haqiqatdan yiroqdir - har bir alohida holatda, uni keyinchalik ro'yxatdan o'tkazish va maxsus reyestrga kiritish zaruriyati tug'diradi. Albatta, shtrix-kodlarni ishlab chiqarishga qaror qilgan kompaniya ularni qaerdan olish kerakligi yoki ularni qanday olish kerakligi, shuningdek ushbu protsedura qancha turadi degan savolni tug'diradi. Tez va oson bajarilishi uchun murojaat etuvchi "Gortest Ural" sertifikatlashtirish markaziga murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: Arizachining huquqiy tafsilotlari va ro'yxatga olish ma'lumotlari (PSRN, TIN, nizom, ta'sis hujjatlari, agar mavjud bo'lsa), Yuridik shaxslarning yagona davlat reestridan ko'chirma, Shtrixli bo'lishi kerak bo'lgan narsalar ro'yxati, Bepul shaklda mahsulot tavsifi. Hujjatlarni tekshirgandan so'ng, ularning to'liqligi, to'liqligi va ishonchliligi baholangandan so'ng, tegishli xizmatni taqdim etish to'g'risida shartnoma tuziladi. Barcha protseduralar lavozimlar ro'yxati va ularning soniga qarab 1 dan 5 kungacha davom etadi. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, arizachiga .SVG fayli elektron shaklda beriladi. Belgilanish va chizma rasmini to'g'ridan-to'g'ri mahsulot yoki qadoqlash uchun qo'llash jarayoni talabnoma beruvchining vakolati. Nooziq-ovqat tovarlarini kodlash. Tovarlarga bir necha raqamdan iborat bo‘lgan shartli belgi berish jarayoniga kodlash deb aytiladi. Kelgusida hamma tovarlarga artikullar o‘rniga o‘n raqamli kodlar beriladi. Tovarlarning turkumlanish tartibiga asosan kodlash 9 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ikkita raqam bilan, qolganlari bittadan raqam bilan ifodalanadi. Kodlashning dastlabki beshta bosqichi turkumlash qismi va qolganlari esa assortiment qismi deyiladi. Tovarning barcha sifat va morfologik (konstruktiv) ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga qamrab olgan kodlar ishlab chiqarilgach elektron hisoblash mashinalari yordamida qanday xususiyatga ega tovarlar tez yoki sekin sotilishini yil davomida o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Bu ma’lumotlar sanoatga shartnomalarni ilmiy ravishda tuzishga sharoit yaratib beradi. Elektr hisoblash mashinalari yordamida tovarlarning sotilish tezligini o‘rganish uchun ularning yorliqlariga koddagi raqamlar mayda chiziq (shtrix) shaklida ko‘chiriladi. Yorliqda koddan tashqari tovarning do‘konga kelgan kuni va sotilgan kuni ko‘rsatiladi. Tovarlarni shtrixli kodlashtirish fikri dastlab 1930 yili AKShning Garvard biznes maktabida vujudga kelgan bo‘lib, amalga 60-yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi. AKSH temir yulchilari shtrix kodlar yordamida vagonlarni identifikatsiya qilar edilar. Shtrixli kodlarni tovarlarda keng ko‘lamda qo‘llash 70-yillardan boshlandi bunga mikroprotsessorli texnikani rivojlanishi kuchli turtki berdi. Universal tovar kodi AKShda 1973 yilda kabul kilindi. Kodlashtirishni Yevropa sistemasi 1977 yilda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi paytda Yevropadan tashqaridagi mamlakatlarda xam qo‘llaniladi. EAN sistemasini 2 xil kodi keng ishlatiladi. Bular 13 razryadli va 8 razryadli kodlardir. Eng ingichka shtrix kod birligi deb kabul kilingan. Koddagi xar bir raqam ( yeki razryad) ikkita shtrixdan tashkil topgan buladi. Ishlab chikarish sohasida, ombor operatsiyalarida va sotishda xisobga olish operatsiyalarini samaradorligini oshiradi. Iste’mol resurslarini tahlil kilish imkoniyatini yaratadi. Tovar xarakati va maxsulot ayriboshlash xakida to‘liq axborot olishni sistemalashtiradi. Boshqaruv va nazorat organlariga tezlik bilan axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shtrixli kodlarni talab qiladigan mahsulotlar. - Paketlangan va sotishga tayyor bo'lgan inson dori vositalari - Paketga qo'yilgan va sotishga tayyor bo'lgan o'simlik va sog'liq uchun mahsulotlar kelajakda shtrix kodini talab qiladi. - Paketlangan va sotishga tayyor bo'lgan veterinariya farmatsevtika mahsulotlari kelajakda shtrix kodini talab qiladi. Shtrixli kod talab qilinmaydigan mahsulotlar. - Farmatsevtika mahsulotlarining bepul namunalari - Kasalxonalar tomonidan ma'lum bemorlar uchun va ma'lum miqdorda buyurilgan ro'yxatdan o'tmagan dorilar - Shaxsiy foydalanish uchun tozalangan giyohvand moddalar - Qayta qadoqlash maqsadida tozalangan dorilar Farmatsevtik tovarlarni shtrixli kodlash tizimi. Ko'pchilik rivojlangan davlatlarda dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlar uchun ko'pincha shtrixli identifikatsiyalarning milliy tizimlari joriy qilingan, ammo farmatsevtik tovarlarning shtrixli kodlanishi umuman ishlatilmaydigan yoki tavsiyaviy harakterga ega davlatlar salmog‘i ham yetarli. Shtrixli kodlash tovarning narxi, saqlash muddati va boshqa zarur ma’lumotlarni olish uchun qoilanadi. Shtrixli kodlashdan savdoning avtomatlashtirilgan tizimlarida foydalaniladi. Dori vositasi haqida ma’lumot va saqlash uchun elektron holatda kod qo‘yiladi. Berilgan kod bo‘yicha zarur parametrlar (narxi, soni, yetkazib beruvchi, qadoqlash turi, saqlash muddati va boshqalar) haqida kerakli ma’lumot olinadi. Odatda, bu kodlar maxsus qoidalar bo‘yicha dori ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yiladi va mas’ul organ tomonidan ro‘yxatga olinadi. Bu qoidalar mahsulotlarni tovarli nomerlashning Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan. EAN qoidalariga ko‘ra kodlash ma’lumotlari turli shakldagi shtrixlar va oq yo`llarni tushirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shtrix kod 1-rasmda ko‘rsatilgan. Tovar kodi haqidagi ma’lumotlar savdo tarmog‘iga avtomatlashtirish yo'li bilan kiritiladi. SSD skaner tomonidan o‘qiladi. Ishlab chiqaruvchi firmalardan tashqari, ayrim hollarda tovarlarni shtrixli kodlar bilan distribyuterlar,dorixona- lar ham markalaydilar. Dorixonalar faoliyatida shtrixli kodlash tizimi joriy etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlarni qalbaki- lashtirish hollarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 133.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling