Reja: Kirish Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va talab funksiyasi. Taklif tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni va taklif funksiyasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 93.64 Kb.
bet10/11
Sana29.01.2023
Hajmi93.64 Kb.
#1137810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Doc1

6-chizma

Taklif egri chizig’i

R,so’m S



600
500
400
300
200
100
0 10 20 30 40 50 60 Q
Taklif elastikligi hamma tovarlarga xos emas, shunday noyob tovarlar ham borki, ya’ni qaytadan yaratib bo’lmaydigan tvarlarni narxi qanchalik oshmasin, baribir taklifi ko’paymaydi.Noyoblik xususiyatiga ega bo’lgan yer, yer osti boyliklari, adabiyot va san’at asarlarining narxi qanchalik oshmasin ularni taklifi ko’paymaydi, chunki ular betakrordir.
SHu sababli biz talab va taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o’zgarganda qanday o’zgarishini qarab chiqamiz (5-chizma).
7-chizma

Taklif chizig’i S dan boshlaymiz. 5-chizmadan ko’rinib turibdiki, narx P1 bo’lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori Q1 ga teng. endi faraz qilaylik, xomashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu >taklifga qanday ta’sir qilishi mumkin?


Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga ketgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko’proq foyda olishga olib keladi. Bu o’z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag’batlantiradi va ilgari rentabel bo’lmagan firmalar uchun bozorga o’z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o’zgarmasa, ya’ni P1 saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig’i unga siljiydi. P1 narxga Q1 birlik emas Q2 (Q2 >Q1) mahsulot miqdori to’g’ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu yerda narxga bog’liq emas, shu sababli taklif egri chizig’i S butunlay o’ngga, S' ga siljiydi (5-chizma). Taklif egri chizig’ining bunday o’zgarishiga, ya’ni narxga bog’liq bo’lmagan holdagi o’zgarishiga taklif o’zgarishi deyiladi. O’zgarmas taklif egri chizig’idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o’zgarishi deyiladi.


Xulosa

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz kerakki iqtisodiyotni boshqarishning bozor mеxanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mеxanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elеmеnti narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilarning faoliyatini bеlgilab bеradi.


Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib kеladi, talabning kеngayishi esa narxning o’sishiga olib kеladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobе o’zgaruvchi) o’rtasida tеskari bog’liqlik mavjud.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan bеlgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib kеladi va aksincha.



Download 93.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling