Reja: Kirish Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni va talab funksiyasi. Taklif tushunchasi va unga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni va taklif funksiyasi. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Download 93.64 Kb.
bet6/11
Sana29.01.2023
Hajmi93.64 Kb.
#1137810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Doc1

2-chizma
Engеl egri chizig’i

Daromad, ming so’m


0 1 2 3 4 5 6 7  Tovar miqdori, dona


Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o’sishi butunlay to’xtagan (daromadning 60 ming so’m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). Engеl egri chizig’i istе’molchilar pul daromadlari o’zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to’g’risida axborot bеradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o’z tovarlarining mumkin bo’lgan sotish hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Daromad xarid qobilyatini belgilaydi. Daromadning talabga ta’siri jihatidan tovarlar ikki guruhga ajraladi: birinchisi, kundalik tovarlar bo’lib, bularga talab daromad kamaygan sharoitda ham ortib boradi, chunki boshqa qimmatroq tovarlar xaridi kamayganidan ularga talab oshadi. Masalan, oila daromadi yuqori paytda kir yuvish parashogini olar edi, uning daromadi 25 % ga qisqarib ketdi, endi u 2000 so’mlik parashok o’rniga 800 so’mlik kir sovunidan foydalanadi endi, iste’molchilar daromadini oshishining talabga ta’sirini o’rganish uchun, quyidagi 3-chizmaga qaraymiz.

Narx pasaysa tovarga talab ortadi, uni ko’proq xarid etishadi. Narx oshsa talab qisqarib, tovar kamroq xarid etiladi. Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning aniqroq bo’lishi, u o’rganadigan iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini o’rganish uchun matematik instrumentdan kengroq foydalanishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodchilar iqtisodiy jarayonlarni o’rganishda model tushunchasidan keng foydalanmoqdalar.


Model deganda, iqtisodiy jarayonning sxemasi, loyihasi, matematik formulalar bilan ifodalanishi tushuniladi. Bu yerda kengroq ishlatiladigan modellardan biri iqtisodiy-matematik modellardir. Iqtisodiy matematik modellar, iqtisodiy jarayonlarning miqdoriy munosabatlarini funktsiya, tenglama, tengsizliklar orqali ifodalaydi.
Funktsiya - bu matematik tushuncha bo’lib, bog’liq o’zgaruvchi bilan erkin o’zgaruvchilar o’rtasidagi miqdoriy bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar funktsiya bitta bog’liq o’zgaruvchi bilan, bitta erkin o’zgaruvchi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, unga bir o’zgaruvchili funktsiya deyiladi va u quyidagicha yoziladi:
Y=f(x)
Agar funktsiyada erkin o’zgaruvchilar soni n-ta (n>1) bo’lsa, x1 ,x2,…xn, u holda n o’zgaruvchili funktsiyani olamiz:
Y=f(x1 ,x2,…xn, )
Bir o’zgaruvchili funktsiyaga misol sifatida narxga bog’liq bo’lgan talab funktsiyasini qarash mumkin:
QD =f(P)
bu yerda: QD - talab miqdori; P- bir birlik mahsulot narxi.
Talab funktsiyasi mahsulot narxi bo’lganda, iste’molchi qancha maksimal miqdorda mahsulot sotib olishi mumkinligini ko’rsatadi. Narx oshganda, talab miqdori kamayadi. Masalan, o’quvchi daftariga bo’lgan talab va daftar narxi o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi 2- jadvalda berilgan.

Download 93.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling