Reja: kirish tijorat banklari resurs bazasining shakllanishi va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari


-jadval Tijorat banki xarajatlari tarkibi va dinamikasi10 (31-dekabr holatiga)


Download 1.8 Mb.
bet19/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1268289
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
agrobank hisobot tayyor

11-jadval
Tijorat banki xarajatlari tarkibi va dinamikasi10 (31-dekabr holatiga)



Ko’rsatkichlar

2017-yil

2018-yil

O’zgarishi (+;-)

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Summa, ming so’mda

Salmog’i % da

Ming so’m

%

1

Foizli xarajatlar

164 626 283

41,66

191 633 862

41,52

27 007 579

16,4

1.1

Talab qilib olinguncha depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar

356 535

0,1

100 239

0,02

-256 296

71,9

1.2

Jamg’arma depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar

8 285 486

2,1

24 539 528

5,31

16 254 042

196

1.3

Muddatli depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar

25 756 260

6,52

18 537 932

4,02

-7 218 328

-28

1.4

Depozit sertifikatlari bo’yicha foizli xarajatlar

4 972 533

1,26

5 290 145

1,15

317 612

6,4

1.5

Boshqa banklarga to’lanadigan hisobvaraqlar bo’yicha foizli xarajatlar

30 248 702

7,66

36 873 400

7,99

6 624 698

21,9

1.6

Boshqa qarz mablag’lari bo’yicha foizli xarajatlar

95 006 767

24,04

106 292 618

23,03

11 285 851

11,8

2

Foizsiz xarajatlar

40 066 645

10,14

39 634 127

8,59

-432 518

-1,1

2.1

Vositachilik haqi va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash xarajatlari

24 101 566

6,1

27 220 467

5,9

3 118 901

13

2.2

Boshqa operatsiyalar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan ehtimoliy zararlarga qarshi shakllantirilgan zahirani baholash

9 015 809

2,28

10 946 175

2,37

1 930 366

21,4

2.3

Aktivlarni ilk baholash natijasida yuzaga keladigan zararlar

6 949 270

1,76

1 467 485

0,32

5 481 785

-200

3

Operatsion xarajatlar

180 887 084

45,78

217 789 742

47,19

36 902 658

20,4

3.1

Xodimlarni ta’minlash xarajatlari

108 149 639

27,37

130 733 407

28,33

22 583 768

20,9

3.2

Soliqlar, daromad solig’idan tashqari

25 766 283

6,52

29 620 597

6,41

3 854 314

15

3.3

Qo’riqlash xarajatlari

11 490 786

2,91

13 595 835

2,95

2 105 049

18,3

3.4

Asosiy vositalarning eskirishi

10 478 414

2,65

12 048 976

2,6

1 570 562

15

3.5

Xayr-ehson va xayriya xarjatlari

4 717 441

1,2

7 811 595

1,7

3 094 154

65,6

3.6

Ijara va ta’minot xarajatlari

1 554 764

0,39

1 864 296

0,4

309 532

19,9

3.7

Transport va xizmat safari xarajatlari

2 003 085

0,51

2 299 423

0,5

296 338

14,8

3.8

Boshqa operatsion xarajatlar

16 726 672

4,24

19 815 613

4,3

3 088 941

18,5

4

Boshqa xarajatlar

9 569 360

2,42

12 468 199

2,70

2 898 839

30,3

4.1

Daromad solig’i

8 244 342

2,09

11 323 669

2,45

3 079 327

37,4

4.2

Tugallangan operatsiyalar bo’yicha ko’rilgan zarar

1 325 018

0,34

1 144 530

0,25

-180 488

-13,6

5

Jami xarajatlar

395 149 372

100

461 525 930

100

66 376 558

16,8

Jadval ma’lumotlari asosida shuni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Agrobank” ATB ning jami xarajatlari yil davomida 66 376 558 ming so’mga yoki 16,8 % ga ko’payib, yil oxirida 461 525 930 ming so’mga yetgan. Agar bankning jami xarajatlarini foizli, foizsiz, operatsion va boshqa xarajatlarga bo’lgan holda o’rgansak, eng ko’p summadagi xarajatlar foizli va operatsion xarajatlar hissasiga to’g’ri keladi. Foizli xarajatlarning jami xarajatlardagi ulushi yil oxirida 41,52 % ni tashkil etib, hisobot davrida 27 007 579 ming so’mga yoki 16,4 % ga ko’paygan. Operatsion xarajatlarning jami xarajatlardagi ulushi 47,19 % ga teng bo’lib, yil davomida 36 902 658 ming so’mga, ya’ni foiz hisobida 20,4 % ga oshgan va yil so’nggida 217 789 742 ming so’mni tashkil etgan. E’tiborli tomoni shuki, bankning foizsiz xarajatlari hisobot davrida 423 518 ming so’mga kamaygan. O’z navbatida uning jami xarajatlardagi ulushi ham 10 % dan 8 % ga kamaygan. Bank tomonidan amalga oshirilgan boshqa xarajatlarning musbat o’zgarishi 2 898 839 ming so’mdan iborat bo’lib, foiz hisobida 30 % ni tashkil etgan.


Tijorat banklari tomonidan to’lanadigan soliqlarga quyidagilar kiradi:
- daromad (foyda) solig’i;
- qo’shimchaqiymat solig’i;
- ekologiya solig’i;
- mol-mulk solig’i;
- yer solig’i;
- obodonchilik ishlari uchun yig’im;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- avtotransportlarning to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;
- ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
- yer osti boyliklaridan foydalanish solig’i;
- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq joriy etiladigan boshqa soliqlar, yig’imlar va majburiy to’lovlar.
Banklar uchun foyda solig’i bo’yicha soliqqa tortish ob'ekti bo’lib jami daromad bilan foydalar va zararlar to’g’risidagi hisobotga muvofiq chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan, soliqqa tortish bazasiga teskari tartibda kiritiladigan xarajatlar summasiga tuzatilgan daromad hisoblanadi.
Soliqqa tortiladigan baza tijorat banklari tomonidan foyda solig’i to’lanayotgan davrda aholi muddatli omonatlarining o’sgan summasiga kamaytirilishi soliqdan ozod qilinadigan mablag’ aholi muddatli omonatlari bo’yicha to’lanadigan foiz stavkalarini ko’tarishga yo’naltirilishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Banklarning qo’shimcha qiymat solig’iga tortiladigan xizmatlari (operasiyalari)ga quyidagilar kiradi:
- inkassasiya (korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kassalaridagi naqd pullarni va boyliklarni yig’ish hamda ularni bank kassasiga topshirish);
- qimmatliqog’ozlarni saqlash;
- bank ishiga doir maslahat va axborot xizmatlarini ko’rsatish;
- ijara va lizing;
-O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasiga muvofiq qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinmaydigan boshqa xizmatlar.
O’sib boruvchi yakun bilan qo’shimcha qiymat solig’iga doir hisob-kitoblar banklar tomonidan soliqni ro’yxatga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmagan holda taqdim etiladi.Yil yakuni bo’yicha bunday hisob-kitoblar yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
Shu nuqtai nazardan yillik sof foyda aniqlangandan keyin aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi chaqiriladi va ushbu yig’ilish qarori faydaning taqdirini aniqlab beradi. Yillik sof foyda quyidagi yo’nalishlarda sarflanishi mumkin:

  • Aksiyadorlarga dividend qilib berish

  • Bank kapitalini yanada oshirish

  • Bankni rivojlantirish yo’lida sarflash

  • Xodimlarni moddiy rag’batlantirish

  • Taqsimlanmagan foyda sifatida qoldirish va boshqalar.

Tijorat banklarining soliq to’langunga qadar bo’lgan sof foyda summasidan foyda solig’i summasini ayirib tashlasak, u holda bankning sof foydasi hosil bo’ladi. Yuzaga kеlgan sof foyda hisobidan, aksionеrlar umumiy yig’ilishining qaroriga asosan, dividеndlar to’lanadi. Sof foydaning dividеndlar to’langandan kеyin qolgan qismi taqsimlanmagan foyda dеyiladi.
Sof foydaning hajmi pasayishiga yo’l qo’ymaslik tijorat banklari uchun katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning boisi shundaki, sof foyda hisobidan dividеndlar to’lanadi. Uning еtarli darajada bo’lmasligi banklarining oddiy aktsiyalariga to’lanadigan dividеndlar miqdorini kam bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Bu esa oddiy aksiyalarning bozor bahosini pasayishiga sabab bo’ladi. Buning natijasida ayrim aksionеrlarning boshqa banklarga o’tib kеtishi yuz bеrishi mumkin. Bu esa, bank ustav kapitalining kamayishiga va shuning asosida bankning to’lovga qobillik darajasining pasayishiga sabab bo’lishi mumkin.


XULOSA

O’zbekistonda bank tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va iqtisodiyotni rivojlanishi uchun tijorat banklarining barqarorligini ta’minlash borasida jiddiy, dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning ilmiy asoslangan yo’nalishlarini ishlab chiqishning zarurligi bugun bank sohasida hali kuplab ishlarni amalga oshirish kerakligidan dalolat beradi.


Iqtisodiyotda tijorat banklari yuqorida keltirib o’tilgan funktsiyalarni bajarishi natijasida investitsiyalar va ishlab chiqarish hajmini kengaytirish uchun zarur bo’lgan yirik ssuda kapitali yaratish imkoniyati yuzaga keladi, bu esa o’z navbatida ishsizlik darajasini kamaytirishga, mamlakat tovar bozorini milliy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan to’ldirishga, buning oqibatida milliy valyuta va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi ta’minlashga yordam beradi.
Мalakaviy amaliyot hisobotini bajarish jarayonida amalga oshirilgan tadqiqot va tahlil natijalari bo’yicha iqtisodiyotni rivojlanishida tijorat banklarining o’rni va bozor infratuzilmasini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va tijorat banklariningbozor infratuzilmasini muxim tarkibiy qismi sifatidagi faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator quyidagi ilmiy xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldik:
Iqtisodiyotga yo’naltirilayotgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar hajmini oshirish, avvalambor, investitsiya maqsadlariga, boshlang’ich sarmoyani shakllantirishga, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun uzoq muddatli kreditlar berishni ko’paytirish. Aynan kreditlash, mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlashga undaydi, bozorda mahsulotlar miqdorining ko’payishini rag’batlantiradi, natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keladi.
Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz stavkalari miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lgan Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini bosqichma-bosqich 6-8 foizgacha kamaytirish maqsadga muvofiq. Bu aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun kreditlarni maqbulligini (hammabopligini) oshirishga imkoniyat tug’diradi, pirovardida ichki talab va ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qarz oluvchilarni bankrotlik darajasini kamaytiradi.
“2015-2019 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori halqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi davlat dasturining amaliy davomi sifatida moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga qaratilgan yangi davlat dasturlarini qabul qilish, kredit portfelini boshqarish bo’yicha talablarni kuchaytirish, faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yanada takomillashtirish.
Davlat tomonidan nobank mikrokredit tashkilotlari tarmog’ini ayniqsa, viloyatlardagi shaharlarda, tumanlarda va aholi zich joylashgan hududlarda joriy etish va kengaytirish.
Molyaviy institutlar faoliyatiga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish maqsadida davlat tomonidan chet ellik investorlarga qulay investitsion muhit yaratish va investorlarning huquqlarini himoya qilish.
Tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab, tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha berilgan foyda solig’i imtiyozlarini 2020 -yilgacha uzaytirish.
Respublikamizning barcha tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash bilan bir qatorda mijozlar tomonidan bank yangi xizmat turlariga bo’lgan ishonchini oshirish uchun, moliyaviy bank xizmatlariga oid qonunchilik bazasini takomillashtirish va reklama faoliyatlarini kengaytirish lozim;
Xalqaro tashkilotlardan jalb qilinishi mumkin bo’lgan mablag’larni yuridik shaxslar va aholi depozitlari oshishi hisobiga kamaytirish va buning oqibatida tashqariga chiqib ketishi mumkin bo’lgan foiz to’lovlarini mamlakat ichida ushlab qolish lozim. Tijorat banklari tomonidan aholi bo’sh pul mablag’larini yuqori foizli, jozibador omonatlarga jalb qilishi bilan bankdan tashqari pul aylanmalarini bankka jalb qilish, aholining investitsion faolligini oshirish va barqaror daromad manbaiga ega bo’lib, turmush tarzini o’sishiga xizmat qiladi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling