Reja Kirish Toshkentdagi hayot


Kichik shaharlardagi farovonlik


Download 1.88 Mb.
bet3/5
Sana22.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1793713
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mening shahrim Toshkent

Kichik shaharlardagi farovonlik
Shu yili Yevropaning ikki davlati – Belgiya va Germaniyada bo‘ldim. Borgan shaharlarim juda obod, chiroyli, qulay edi. Toshkentda qachondan buyon qila olmayotgan ishimni o‘sha yerda qildim – bir necha kun soatlab piyoda yurdim. Bir nuqtadan boshqa nuqtaga piyoda (yoki mashinasiz) yetib borish ancha oson: shahar markazlari piyodalarga mo‘ljallangan, mashina kam yoki mutlaqo yo‘q, yo‘llar kvadrat shaklida emas, aralash bo‘lgani uchun masofani qisqartirib, kesib o‘tish oson, qolaversa, jamoat transporti juda yaxshi ishlaydi. Bir shahardan boshqasiga boraman desangiz, turli tezlik va sifatdagi poyezdlar har 20 daqiqada qatnaydi, Kyolndan Bonnga, Bryusseldan Bryuggega yetvolish juda oson va arzon.
Ochig‘i, havasim keldi, Toshkentda ham shunday muhit vujudga kelishini juda xohladim. Lekin keyinroq, zamonaviy urbanistika bo‘yicha kitob va maqolalar bilan tanishib, bu yo‘lda jiddiy qiyinchiliklar borligini tushundim: Toshkent – juda katta shahar, unda bitta markaz yaratib bo‘lmaydi, chekkalar juda uzoq bo‘lib qoladi. Xayoliy eksperimentimizdagi vaziyat yuzaga keladi. Men yuqorida tilga olgan shaharlarda kam odam yashaydi (200-300 ming atrofida), hududi ham shunga yarasha. Yirik shaharlarni yangi urbanistika qoidalariga moslashtirish esa boshqa davlatlarda ham muammolar keltirib chiqarmoqda: Nyu-York, Singapur, Hongkong hali ham ulkan, noqulay, sershovqin, doimo tirband megapolislardir; Dubayda, Moskvada yo‘llar ulkanligidan mashinangizni istagan joyda to‘xtata olmaysiz, ayni paytda mashinasiz bir yerga yetib bora olmaysiz; Istanbulning markazi ancha yaxshilangani bilan, chekkalari haligacha juda uzoq, tirband, noqulay. Toshkentga ibrat bo‘ladigan yirik shaharni topish juda qiyin. Zamonaviy Yevropa urbanistikasining otasi, daniyalik me’mor Yan Geyl (esingizda bo‘lsa, u Toshkentga taklif etilgan ham edi) o‘zining “Odamlar uchun shaharlar” nomli kitobida sog‘lom shahar muhitini yaratish bo‘yicha tavsiyalar beradi; o‘qish chog‘ida bir xayol beixtiyor aqlingga keladi – bu tavsiyalar yirik shaharlarda ishlamaydi yoki uning bir qisminigina qamrab oladi.
Bu muammolarning yechimini, savollarga javoblarni bilmayman. Javoblarini bilmaydiganim savollarni ko‘tarishimdan maqsad esa o‘quvchilarning va, agar ular orasida bo‘lsa, mutaxassislarning diqqatini ularga qaratishdir. Boshqalarda ham shunday savollar tug‘iladimi, ularga yechimlar bormi, bo‘lmasa, ishlab chiqiladimi? Mana shular meni qiziqtiradi. Toshkentning kelajagi qanaqa bo‘lishini tasavvur qilaman, bu tasavvurlarim boshqalarning tasavvurlariga qay darajada uyg‘unligini o‘ylayman. Bitta shaharda yashovchilar o‘z shahrining kelajakdagi qiyofasini har xil tasavvur qilishi mumkin, shunday emasmi? Ularning barchasini birlashtirish, barchaga ma’qul qiyofa yaratish imkoni bormi?

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling