Reja Kirish Toshkentdagi hayot
Ertangi Toshkent qanday bo‘ladi?
Download 1.88 Mb.
|
Mening shahrim Toshkent
Ertangi Toshkent qanday bo‘ladi?
E’tibor bergan bo‘lsangiz, sarlavhada kechagi va ertangi Toshkentni tilga oldim. Buning sababi – bugungi Toshkent to‘laqonli tarix bo‘lagi sifatida shakllanmadi nazarimda. Kechagi Toshkent haqida ko‘p narsa bilamiz – bu shaharning tarixida, eski binolarida, mahallalarida saqlanib qolgan ruhiyatda aks etadi. Ertangi Toshkent haqida, yuqorida aytganimdek, har kim o‘ziga yarasha tasavvurga ega. Bunday tasavvurlarni ba’zida davlat idoralari vizuallashtirib, animatsiyalar shaklida taqdim etib turadi. Ba’zida esa o‘zimiz, xayolimizda gavdalantiramiz. Hozir biz yashab turgan Toshkent esa o‘tmish va kelajak o‘rtasida arosatda qolib ketgandek; kechagidan ham, ertangidan ham farq qiladigan o‘ziga xos qiyofa, o‘ziga xos ruhiyat shakllanmagan. Toshkentni yaxshi ko‘rishni ham, yomon ko‘rishni ham bilmaysan: bir qarashda zamonaviy shahar, bir qarashda har qadami noqulaylik, cheklovlar. Bugungi Toshkent menda qandaydir o‘ziga xos binolar, voqealar, ruhiyat bilan assotsiatsiya uyg‘otmaydi. U ko‘plarga, xususan, chetdan keluvchi mehmonlarga, turistlarga, viloyatlardan ko‘chib kelayotgan fuqarolarga ham tussiz makon bo‘lib tuyulmoqda deb qo‘rqaman. Bu tuzoqdan chiqib ketish, Toshkentning o‘z qiyofasini shakllantirish, odamlarning ehtiyojlariga mos shahar yaratish uchun, nazarimda, yuqoridagi savollarga javob topish, shahar antropologiyasi va urbanistika taqdim etadigan bilimlarga, yechimlarga murojaat etishimiz kerak. Zamonaviy ilmiy yutuqlarni, aholining xohish-irodasini inobatga olmay, tor doiradagi mas’ul shaxslarning sub’yektiv qarashi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi – shahar battar noqulaylashadi, ekologiyasi yomonlashadi, kengayishi hisobidan bir nuqtadan boshqasiga yetib borish yanada qiyinlashadi, zerikarli va tussiz bo‘lib boraveradi. Odamlarga osmono‘par binolar, vahimali shosselar emas, so‘z bilan tushuntirish, ilmiy terminlarda ta’riflash qiyin bo‘lgan ichki xotirjamlik bag‘ishlaydigan ruhiyat, atmosfera kerak. Shaharda bemalol yashashga, ishlashga, pul topib, uni samarali sarflashga, hordiq chiqarishga, sifatli ta’lim olishga, sifatli tibbiyot xizmatlariga ega bo‘lishga imkoniyatlar yaratilsa, odamlar baxtliroq bo‘ladi, sifatliroq hayot kechiradi, qarabsizki, shaharga, kengroq miqyosda esa mamlakatga ham ko‘proq manfaat keltiradi. Sog‘lom shahar muhiti ana shu uchun kerak. Xulosa
Dubay, Nyu-York, Singapur singari gavjum shaharlar tajribasiga qarasak, Yan Geyl maktabi belgilab bergan qoidalarni (past binolar, piyoda ko‘chalar va h.k.) joriy etish juda katta o‘zgarishlarni talab qilishini, bu deyarli imkonsizligini inobatga olgan holda, asosiy e’tibor daraxtzor va bog‘-rog‘larni ko‘paytirishga qaratilmoqda, shahardagi tirbandliklarni esa jamoat transportini rivojlantirish hisobiga kompensatsiya qilishiga urinilmoqda. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling