Ma’lum va mashhur diyor” Shahrisabz


Download 60 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2022
Hajmi60 Kb.
#228963
  1   2   3   4
Bog'liq
Imomnazarov Hasanboydan tanlov uchun


Ma’lum va mashhur diyor”

  • Shahrisabz

“Qashqa vohasida butun xalqimizning faxri, iftixori bo‘lgan yana bir tarixiy shahar bor. U ham bo‘lsa, qadimiy Kesh-SHahrisabzdir. Bu go‘zal shaharning mamlakatimiz tarixida, bugungi hayotimizda tutgan o‘rni va nufuzi beqiyosdir”.

Islom Karimov

Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan. Ulug’ Sohibqironning o’zi ham uning joni shu yerda arshi a’loga uchib ketadi, deb o’ylagan edi. Hattoki maqbarani ham tayyorlab qo’ydi. Lekin taqdir buni boshqacha hal etdi…

Ulkan Movarounnahr davlatini yaratgan va uning cheklanmagan hukmroni - amiri bo’lgan Temur Samarqandni o’z poytaxti sifatida tanladi. Lekin o’zining tug’ilib o’sgan kichik vatanini ham hech qachon unutmay, doimo unga g’amxo’rlik qildi. Aslida Shahrisabz davlatning ikkinchi poytaxti edi. Temurning avlodi, Buyuk Mo’g’ullar sulolasining asoschisi Bobur yozishicha: «Kesh shahri Temurbekning tug’ilgan joyi bo’lgani uchun, u shaharni markazga aylantirish uchun ko’p g‘amxo’rlik qilgan edi».

Amirning buyrug’i bilan bu yerga eng yaxshi me’morlar quruvchilar, me’morchilik bezaklarining ustalari yuborilgan, mahalliy ustalar bilan birgalikda ular turli mamlakatlarning tajribasi va an’analarini uyg’unlashtirib, ulug’vor binolarni barpo etganlar. Ularning ijodi bilimlar, tajriba, an’analar va yaratuvchilik urinishlarining yaxlitlashuvi tufayli ajoyib mevalar berdi, ular XIV asr oxiri – XV asr boshi O`rta Osiyo me’morchiligning xususiyatlarini belgilab bergan monumental uslubning asoslarini yaratdilar.

O’rta asrlar shoiri Mahmud ibn Vali shunday yozgan: «Kesh — Movarounnahr shaharlaridan… uni jahonning eng go’zal joylaridan biri, juda yaxshi va yoqimli iqlim bo’lgan joy deb hisoblashadi. Uning dalalari va bog’-rog’lari juda jozibali va zavqli». Hurmatli muallif so’zlariga rozi bo’lmay iloji yo’q.

Yashil shahar, deya nisbat beriladigan Shahrisabzga ayni damda xorijiy sayyohlar oqimi olti martaga ko‘paydi. O‘tgan mavsumda Shahrisabz diyorining diqqatga sazovor joylari bilan bir yarim millionga yaqin vatandoshlarimiz tanishgan. Bu oldingi yillarga qaraganda ancha ko‘p. Haqiqatan ham Shahrisabz o’zining «Yashil shahar» ismiga juda mosdir.

Temur va temuriylarning davrida shahrlarning ansambllar bilan – majmuiy qurilishi keng tarqalgan. Bu Shahrisabzda ham yaqqol ko’rinadi, bu yerda Dorus-Tilovat va Dorus-Saodat ansambllari ajralib turadi.

Dorus-Tilovatni sobiq mahalliy xodagonlar maqbarasida saqlanib qolgan uchta inshoot tashkil etadi. Bu Shamsiddin Kulol va Gumbazi Seyidon maqbaralari hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi inshootlaridir. Shamsiddin Kulol maqbarasi eng birinchi qurilgan. Shayx 1370 yilda vafot etgan bo’lib, uning go’ri izzat-ehtirom qilingan edi.

Uning yonida Gumbazi Seyidon – Sayidlar gumbazi nomli Ulug’bek avlodlarining maqbarasi qurilgan. Bu kichik bino o’zining nafis mutanosibligi va chuqur o’ymakor naqshlar bilan qoplangan, ajoyib ishlangan kirish eshigi bilan insonni mahliyo qiladi. Me’morchilik ansamblini mo’g’ullargacha bo’lgan qurilish poydevorida qad ko’targan Ko’k-Gumbaz jome’ masjidi tugallaydi.

Dorus-Saodat ansambli ham uchta qismidan iborat: Jahongir mirzoning go’ri, Hazrati Imom masjidi va Temurnig maqbarasi. 1376 yilda sohibqironning sevimli o’g’li Jahongir mirzo o’lganidan keyin Amir Temur shunday qayg’uga cho’mdiki, «sohibqironning qalbi hamdardlik uchun 30 yil yopiq edi». «Adolatli shahzoda, jasur jangchi, yer yuzida atirguldek ir ko’rinib yo’qolgan» shahzodaning jasadi ajdodlariing vataniga keltirildi, bu yerda uning uchun maqbara qurildi. Keyinroq maqbara oilaviy katta maqbara ichiga kiritilgan edi. Xona ohaktosh bilan qoplangan bo’lib, arkali o’yma tokchalar bo’ylab Qur’ondan olinagn foniy dunyoning bekorligi va boqiy dunyoning g’olibligi to’g’risidagi oyatlar o’yib ishlangan. Masjid va Jahongirning maqbarasiga yaqin joyda faqat Temur uchun mo’ljallangan go’r saqlanib qolgan maqbara bo’lgan, lekin uning o’zi, ma’lumki, Samarqandda dafn etilgan.

Lekin Shahrisabz faqatgina buyuk amirning «taxt zamini» bo’lmagan. Temurning tug’ilishidan ancha ilgari u o’z tarixiga ega edi. Avvalo bu jahonnig eng qadimgi shaharlaridan biri hisoblanadi. Olimlarning fikricha, Shahrisabz 2700 yoshda, bu esa «Boqiy shahar» Rimning yoshidir. YuNESKO qaroriga ko’ra aynan shu sana 2002 yilda butun madaniy dunyoda nishonlangan. Eramizdan avvalgi IV asrda iskandar Zulqarnayn lashkarlari dam olish uchun Kesh vohasida to’xtagan, Baqtriyaning satrapi bo’lgan Bess Doro III ni o’ldirib, o’zini «Osiyo podshohi» deb e’lon qilgan, lekin uning o’zi aynan shu yerda asirga olingan. VII asrda shaharni arablar qamal qilgan, bir asr keyin esa Kesh shahri Muqanna rahbarligi ostida arablarga qarshi kuchli qo’zg’olonning markazi bo’ldi. Tinch davrda shahar hech qanday to’sqinliksiz o’sib rivojlanar edi, bunga uning gavjum Buyuk Ipak yo’lidagi nihoyatda qulay joylashuvi sabab bo’lgan.


  • OQSAROY

“Tarixiy manzara: Keng maydon. Paxta chanog‘i tasviridagi sof oltin yaltirab turgan to‘shamalar uzra yurib kelayotgan elchilar favvoralarga maftun bo‘lib tikilib qolishadi. Oliy imoratning ulkan arkidan o‘tib, taxt o‘rnatilgan hovliga kiriladi. Yurt egasi elchilarga hurmat-izzat ko‘rsatadi...”

Bu — shunchaki xayoliy tasavvur emas. Kastiliya elchisi Rui Ganzales de Klavixo XIV asrda Sohibqiron Amir Temurning Yevropa davlatlari bilan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari, chet ellik mehmonlarni rasmiy qabul qilish marosimlari haqida yozib qoldirgan xotiralarida o‘z hayratini shunday bayon etgan.

Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi bo’lishi mumkin. Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan, lekin 1404 yilda ham unda pardoz ishlari tugatilayotgan edi. Bu ulug’vor inshootning o’qsimon gumbazi oralig’i 22 metrdan ortiq bo’lib, temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqadir.

Oqsaroyning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". Kpavixo saroyni koʻzdan kechirganda (1404, 29 avg .) u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xo-razmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.

Yozma manbalarga koʻra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan ku-fiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tari-xiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori be-zaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino OQSAROY deb nomlangan.

Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.

1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon O. peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi. 1973— 75 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—1996 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.

Yurtimizning darvozalari bugun ham tinchliksevar do‘stlar, mehmonlar, sayyohlarga hamisha ochiq. Xususan, jahon tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan, dunyo madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan SHahrisabzni ko‘rishga, hamkorlik qilishga oshiqayotganlar soni yil sayin ko‘payib bormoqda.


  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling