Reja Kirish Toshkentdagi hayot


Katta shaharlar qanday o‘zgarmoqda?


Download 1.88 Mb.
bet4/5
Sana22.11.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1793713
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mening shahrim Toshkent

Katta shaharlar qanday o‘zgarmoqda?
Gapni uzoqdan boshlab, shuncha savol berib, ko‘tarilgan muammoga o‘z qarashimni bayon etmay ketsam, o‘quvchilarim mendan norozi bo‘lsa kerak. Yuqoridagi masalalarning javobini mutaxassislar izlanishlar qilib topishi va hayotga joriy etishlari kerak deb hisoblayman, ammo bu jarayon qanday borishi haqida tasavvur beradigan kitoblar, maqolalar bor. Ko‘pgina xorijiy davlatlarda (ayniqsa rivojlanganlarida) yirik shaharlarni sog‘lomlashtirish borasida ishlar olib borilmoqda (ba’zi yerlarda muvaffaqiyatli, ba’zilarida muvaffaqiyatsiz); tadqiqotchilar va ekspertlar bu haqda yozgan kitoblar bizga qiziq ma’lumotlar beradi.
Unga ko‘ra, yirik shaharlarni sog‘lomlashtirish, qulaylashtirishning bir qancha yo‘llari bor:

  • shahar erkin qo‘yilishi lozim, ya’ni odamlarning o‘zi o‘ziga muhit yaratishishga qo‘yib berib, jarayonni kuzatish, birmuncha nazorat qilish kerak;

  • shahar drama makoniga aylanishi lozim, ya’ni ko‘chalarda his-tuyg‘u, ijodkorlik ruhi bo‘lishi, quvonchli yuzlar ko‘payishi, restoran va bog‘larda odamlar erkin kulib, hazillashib yurishiga erishish kerak; doimo tund qiyofalar ko‘pligi shaharning umumiy ruhiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

  • shaharning xotirasi bo‘lishi lozim, ya’ni har qadamda har bir ko‘chaning tarixini aks ettiradigan yozuvlar, haykallar, boshqa atributlar bo‘lishi kerak. Bizda tarixiy meros, tarix deganda masjid-madrasalar, katta-katta tarixiy binolar tushuniladi, lekin shaharning tarixi unda vujudga kelgan hikoyalarda, ro‘y bergan kichik maishiy voqealarda aks etadi. Toshkentdagi faloncha uyni kim qurgan? Faloncha ko‘chada qanday hangoma ro‘y bergan? Toshkentlik eng mashhur oshpaz kim edi? Toshkentliklar qaysi bir kichik do‘konchadan gumma yeyishni ma’qul ko‘rar edi? Toshkent o‘tmishining bu sahifalari mutlaqo yoritilmagan va shahar ko‘chalarida aks etmagan, bunga ko‘p mas’ul davlat xodimlari va ziyolilar jiddiy bo‘lmagan, befoyda mashg‘ulot deb qarasa, ajablanmayman. Ammo shahar xotirasi mana shunaqa kichik qismlardan iborat bo‘ladi, ular shaharni o‘ziga xos ruhiyatga to‘ldiradi, o‘tmish bilan bog‘laydi.

  • Bundan tashqari, Istanbulda bo‘lganimda ba’zi muvaffaqiyatli urbanistik yechimlar joriy etilganiga, ular Toshkentda ham ishlashi mumkinligiga e’tibor beraman. Men e’tibor qaratgan jihatlar:

  • shaharning markazi piyoda yurishga juda qulay bo‘lishi, jamoat transporti zo‘r ishlashi kerak. Istanbulda Fotihdan boshlanib, Beyo‘g‘lida tugaydigan o‘ziga xos markaz bor, bu markazning u boshidan bu boshigacha bir soat piyoda yurib borsa bo‘ladi. Bir soat yurishning o‘zi bo‘lmaydi albatta, ammo bu yo‘lda tomosha qiladigan, dam oladigan, zavqlanadigan joy, obekt, mashg‘ulot shunchalik ko‘pki, vaqt qanday o‘tganini bilmaysiz; charchasangiz, har qadamda o‘tirib dam olish uchun skameyka, stul va boshqa turdagi ko‘cha mebeli topiladi. Nazarimda, Toshkentga ana shunday quvnoq va qiziqarli markaz yetishmaydi;

  • Istanbulda kichik markazlar juda ko‘p. Toshkentning kattaligini inobatga olsak, uning ma’lum hududida yashaydigan aholiga xizmat qiladigan ana shunday kichik markazlar juda zarur: har bir tumanda kamida bittadan markaz bo‘lishi, u yerda hordiq chiqarish, shopping uyushtirish, do‘stlar bilan uchrashish, shunchaki toza havoda kezish imkoniyati bo‘lishi lozim. Qolaversa, davlat idoralari, zarur muassasalar shu markaz atrofida joylashishi, istagan odam ularga piyoda yetib bora olishini ta’minlash zarur.

Xayoliy eksperimentimiz esingizdami? Shahar markazidan uzoqda yashaydigan shaharliklarda ana shunday murakkabliklar vujudga kelmasligi uchun mahallalarning joylashuviga qarab barchaga birday qulay kichik markazlar yaratish mumkin. So‘ng ana shu markazlarda hayot qaynaydi, aholi o‘zini tom ma’noda yashab turgan shahrining bir qismi deb his qiladi, barcha ehtiyojlarini uyining yaqinida qondira oladi.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling