Oldingi tahrirga qarang.
1.5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishga mablag‘lar limitlarini nazarda tutsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
1.6. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni, o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarining sport klublari, sport maktablari, mutaxassislar va murabbiylar faoliyatini yoritishni ta’minlasinlar.
1.7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |