Reja: Kirish Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mehnat haqi hisob-kitoblar auditining maqsadi va vazifalari


Download 77.2 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi77.2 Kb.
#1492785
1   2   3   4   5
Bog'liq
фгвв

Ish haqidan ushlanadigan daromad soliqlari, nafaqa fondiga va kasaba uyushmasiga a’zolik badallari Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq tekshiriladi. Ish haqidan qonunchilikda belgilanmagan summalarni ushlash man etiladi. Masalan, kommunal xizmat va kvartira haqlari, maxsus kiyim-bosh, oziq-ovqat, bolalar bog’chalarda va boshqa bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun va boshqalar. Ish haqining belgilangan vaqtda berilmaslik hollari mavjudligi, agar shunday holatlar bo’lsa, uning sabablari (o’z vaqtida moliyalashtirilmaganlik, hujjatlarni bankka o’z vaqtida taqdim qilmaslik va boshqalar) ni aniqlash zarur. Dastlabki hujjatlar puxta tekshiriladi: hisoblashuv-to’lov vedomostlari, berilmagan ish haqlari reestri, ish vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Oxirigacha to’liq rasmiylashtirilmagan, o’chirib yozilgan va dog’ tushirilgan dastlabki hujjatlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Bunday hujjatlar bilan pul mablag’larini o’g’irlash va suyiste’mol qilishlar yashirilishi mumkin. Hisoblashuv-to’lov vedomostlari sanab chiqilishi shart. Ularni tekshirishda korxonada ishlamaydigan shaxslar vedomostga kiritilmaganligi, hisoblangan ish haqi tegishli dastlabki hujjatlarga mosligi tekshiriladi.








2. Xojalik yurituvchi subyektlarda mehnat haqi hisobidan ushlanmalarni tolash tartibini tekshirish


Amaldagi qonunlarga binoan mulkchilikning har qanday shakldagi xo’jalik yurituvchi
sub’ekt xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:
• daromad solig’i;
• pensiya fondiga (xozirgi kunda hisoblangan ish haqiga nisbatan 2,5 %);
• oyning birinchi yarmida berilgan avans;
• xodim xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazgan moddiy zarar qiymati;
• foydalanilgan ta’tilning ishlanmagan kunlari uchun to’langan pullar;
• ba’zi turdagi jarimalarni undirish;
• ijroiya hujjatlar bo’yicha;
• kreditga sotilgan tovarlar uchun;
• ishlab chiqarilgan yaroksiz maxsulot uchun;
• kasaba uyushmasiga badal.
Daromad solig’i O’zbekiton Respublikasining Soliq kodeksi hamda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi tomonidan 1998 yil 23 fevralda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 11 iyun 1998 yilda
ro’yxatdan o’tkazilgan. “Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqni hisoblash va
byudjetga to’lash tartibi to’g’risida”gi yuriknoma asosida ushlab kolinadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq qo’mitasi 2002 yilda Soliq
olish tartibiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 31 dekabrdagi
“O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiktisodiy ko’rsatkichlari prognozi va 2003 yilgi
Davlat byudjetining parametrlari to’g’risida” 455-sonli karori va boshqa qonun hujjatlari
bilan kiritilgan asosiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda 2003 yil yanvaridan boshlab ish
haqi, mukofotlar va jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari summasidan quyidagi
miqdorda soliq olinadi.
Jami daromad miqdori Soliq summasi
Eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha
Daromad summasining 13 foizi
Eng kam ish haqining besh baravari (+ 1 so’m) o’n baravari miqdorigacha
Eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan
summaning 22%
Eng kam ish haqining o’n baravari miqdordan (+ 1 so’m) va undan yuqori
miqdoridan
Eng kam ish haqining o’n baravari miqdordan olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan
summaning 32%
2003 yil yanvar oyi uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i hisobkitobi.
Soliq solinadigan daromad miqdori Soliq summasi
(4 x 5440) = 27200 so’mgacha Daromad miqdorining 13 foizi
27201 so’mdan (10 x 5440) = 54400 so’mgacha 3536 + 27200 so’mdan ortiq miqdorining 22 foizi
54401 so’m va undan ortiq 9520 + 54400 so’mdan ortiq miqdorining 32 foizi
Soliq Kodeksi 59-moddasiga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan
soliqni to’lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:
1. To’laligicha:
• Bojxona xizmati xodimlari
• Mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazir- liklarning, Milliy xavfsizlik
xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari xodimlari
• O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan xorijiy davlatlar diplomatiya
vakolatxonalarining boshliklari, a’zolari, konsullik muassasalarining xodimlari
2. Qisman, har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdorida:
• O’zbekiton Qahramoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga
sazovor bo’lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlanganlar. • Bolalikdan nogiron bo’lganlar, shuningdek I va II gurux nogironlari.
• Qahramon onalar
• Afg’onistonda xizmat qilganlar, Chernobl AES dagi falokat oqibatida jabrlanganlar.
• 2 va undan ortiq 16 yoshga to’lmagan bolali yolgiz onalar.
Ish haqidagi ushlab qolinadigan summalar faqat qonun bilan ruxsat etilgan hollarda
amalga oshiriladi. Ularga ish haqi hisobidan berilgan bo’lak, daromad solig’i, ijro varaqalari
bo’yicha ushlanadigan summalar, ortiqcha berib qo’yilgan ish haqi, shaxsiy uy-joy qurilishi
uchun olingan ssudalar bo’yicha qarzlar, dala bog’ qurilishi bo’yicha ssudalar qarzlari, yosh
oilalar olgan ssudalar bo’yicha qarzlar, kreditga olingan tovarlarning to’lanmagan qismi,
ixtiyoriy sug’urta summalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektga etkazilgan zararlar uchun
ushlanadigan summalar, ish haqining bir qismini ishchi va xizmatchilarning arizasiga ko’ra
omonat kassaga o’tkazish, kasaba uyushmasi a’zolarining navbatdagi oy uchun a’zolik
to’lovlari va shu kabilar kiradi. Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar miqdori Moliya
vazirligi tomonidan belgilanib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Daromad
solig’i, o’tgan oy uchun keyingi oyning birinchi yarmidagi ish haqidan, masalan, mart oyi
uchun aprel oyining birinchi yarmidagi ish haqidan ushlanadi.
Ishchi va xizmatchilardan ushlab qolingan soliqlar davlat byudjetiga o’tkaziladi,
shuning uchun bu soliqlarni, ushlab qolishiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Bu soliq summasi byudjetga o’tkazilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi
beriladi:
Debet: "Byudjet bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Hisob-kitoblar schyoti" schyoti.
Ijro varaqalari bo’yicha ushlanadigan summaning miqdori xalq sudi tomonidan
belgilanadi va ana shu ijro varaqalariga asoslanib ushlanadi. "undan tashqari, alimentlar uni
to’lovchi shaxsning arizasi asosida ham ushlanishi mumkin. Aliment ishchi va
xizmatchining bir oylik barcha daromadlaridan hisoblanadi va ushlanadi.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zida ishlayotgan ishchi va xizmatchilardan
kreditga olgan tovarlar uchun ish haqidan ushlab qolingan summalarni savdo
tashkilotlarining maxsus ssuda schyotiga o’tkazib turishi kerak. Bunday pullarni o’tkazish
kreditga tovar olgan shaxsning ariza-majburiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tovarlar
uchun hisob-kitobning ikki usuli mavjud.
1. Davlat banki ssudasi hisobidan kredit bo’yicha;
2. Savdo tashkiloti tomonidan berilgan kredit bo’yicha. Birinchi usulda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar avval o’zlarida ishlaydigan
xizmatchilarning topshiriq majburiyatlariga ko’ra kreditga sotib olingan tovarlar uchun
ularning ish haklaridan navbatdagi to’lovlarni ushlab qolib, savdo tashkilotlariga o’tkazadi.
Shundan keyin ishchi va xizmatchilarga kreditga sotilgan tovarlar uchun xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar Davlat bankidan olingan ssudalar hisobidan savdo tashkilotlariga to’la summani
o’tkazib, so’ngra bankka bo’lgan qarzni har oyda ishchilar ish haqidan ushlab qolish yo’li
bilan qoplanadi.
1. Birinchi usul bo’yicha:
1. Davlat banki ssudasi hisobidan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlaydigan xodimlarning
savdo tashkilotlari tomonidan ularga berilgan kredit bo’yicha qarzi uzildi (to’la
summada) — 2000 so’m.
Debet "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar" schyoti (Kreditga
sotilgan tovarlar subschyoti).
Kredit "Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti.
2. Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi to’lov summasi uchun ushlab qolindi 1000 so’m.
Debet: "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti.
3. Xodimlardan ushlab qolingan summa Davlat bankiga bo’lgan qarzni qoplash uchun
o’tkazildi 1000 so’m.
Debet "Ishlovchilar uchun bank ssudalari" schyoti. Kredit "hisob-kitoblar schyoti".
2. Ikkinchi usuli bo’yicha:
Ishchi va xizmatchilardan navbatdagi ushlab qolingan to’lov summasi hisobiga savdo
tashkilotlari tomonidan berilgan qarz qisman uzildi (o’tkazildi) 2000 so’m.
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Kreditorlar bilan hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektga keltirilgan zararlarni aybdor shaxslardan sud
tashkilotlarining qarorlari bilan hamda yaroqsiz mahsulotlar uchun ushlab qolinganda
quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Debet "Mehnatga haq to’lash yuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti.
Kredit "Xodimlar bilan boshqa operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar schyoti".
Ishchilarning ish haqi omonat kassalariga o’tkazilganda "mehnatga haqlashschyoti"
schyoti kreditlanib, "Mehnatga haq to’lashyuzasidan xodimlar bilan hisob-kitoblar" schyoti
debetlanadi. Xo’jaliklarda ish haqi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy elementlaridan biri
hisoblanadi va shuning uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning qanday uchastkalarida mehnat
xarajatlanganligiga qarab ish haki ham o’sha erdagi xarajatlarga qo’shilishi kerak.


3. Mehnat haqi auditi boyicha malumotlarni umumlashtirish tartibi




Download 77.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling