Reja: Kirish. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari


Download 0.56 Mb.
bet1/10
Sana04.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#170416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari


Yo`l harakati qoidalari

Reja:




  1. Kirish.

  2. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari

  3. Piyodalarning vazifalari.

  4. Yo`lovchilarning vazifalari.

  5. Velosipedchilar uchun yo`l harakati qoidalari.

  6. Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.

Yosh avlodni hayotini asrash, ularning sog`lom va baquvat kishilar qilib yetishtirish muxim vazifa hisoblanadi. o`zbekiston Respublikasida yo`l-transport harakati xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar shu maqsadga qaratilgandir.

Haqiqattan ham butun o`quv yili davomida yo`chalar, yo`lkalar, chorahayu, burulishlar, sumka ko`targan o`quvchilar bilan gavjum bo`ladi. Ular qachon va qaysi yo`ldan yurishlarini g`iz-g`izlab o`tib borayotgan avtomobillarga duch kelishadi, yo`l belgilarini, milt-milt etib yonayotgan svetafor chiroqlarini uchratishadi. Ko`cha va chorahalarni kesib o`tishda ular yo`l harakati qoidasini yaxshi bilmoqlari va unga qat`iy rioya qilmoqlari zarur.

Ma`lumki viloyatimiz yo`llarida sodir bo`layotgan yo`l-transport xodisalarini oldini olish muxim ahamiyatga ega. O`quvchilarga yo`l harakati qoidasini o`rgatish bolalarning hayotini muhofaza qilishlari kerak. Ayniqsa, har bir o`quvchi ko`cha va yo`llarning qayeridan va qanday qilib o`tish kerakligini yaxshi bilib olishlari kerak. Shu boisdan ham ko`cha harakati qoidalari bilan o`quvchilarni dasturda ko`rsatilgan soatlardan tashqari dars jarayonlarida ham eslatib, tanishtirib borishlari foydadan holi bo`lmas edi. Bu bilan o`quvchilarda yo`l harakatini eslatib o`tilgan bo`ladi. Yo`l harakati mavzulariga bog`lamasdan o`tilgan mavzular ayrim sinflarda darslarni o`zlashtirish ancha past bo`ladi. Dars o`tish jarayonida ko`cha harakati qoidalariga doir ko`rgazmalardan foydalanish kerak.

Iloji boricha o`quvchilarni yo`l harakatiga doir sayohatlarini o`tkazib turish maqsadga muvofiq bo`ladi.




  1. Yo`l harakati qatnashchilari harakatlanish vaqtida boshqa qatnashchilarning harakatlanishiga xavf tug`dirmasliklari kerak. Vakolati bo`lmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo`l qoplamasini buzish, yo`l belgilarini, sfetaforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa texnik vositalarini o`zboshimchalik bilan olib tashlash, o`rnatish, to`sib qo`yish va yo`llarda harakatlanishga to`sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

  2. Mazkur qoidalarni buzgan shaxslar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun xujjatlariga binoan javobgarlikka tortiladilar.

  3. Qoidalarda qo`llanilgan asosiy tushuncha va atamalar quyidagicha:

-yo`l-transport vositalari qatnovi uchun qurilgan va shu maqsadda foydalaniladigan yer mintaqasi yoxud sun`iy yuzasi.

-yo`lovchi transport vositasidagi (haydovchidan tashqari shaxs)

-yo`r harakati odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo`llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.

-yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash-yo`l transport hodisalarining yuzaga kelish sabablari oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan faoliyat.

-piyoda-yo`lda transport vsitasidan tashqarida bo`lgan va ish bilan band bo`lmagan shaxs.

-piyodalar o`tish joyi-yo`lning qatnov qismini piyodalar kesib o`tishi uchun mo`ljallangan qismi.

-piyodalar yo`lkasi-yo`lning piyodalar harakatlanishi uchun mo`ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

-velosiped-odam kuchi bilan harakatlantiriladigan ikki yoki undan ortiq g`ildirakli transport vositasi (nogironlar aravachasidan tashqari)

-chorraha-yo`llarning o`zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi

-haydovchi-yo`llarda biron bir transport vositasini boshqarib borayotgan shaxs




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling