Reja: Kirish. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari


Download 0.56 Mb.
bet6/10
Sana04.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#170416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

Bag`rikenglik.

Kun shiori: “O`zbek xalqi bag`rikeng xalqdir”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, xalqparvarlikni rivojlantirish, bag`rikeng xalqimizning o`lmas meroslarini davom ettirish lozim ekanligini uqtirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “O`zbekiston buyuk kelajak sari”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Bag`rikenglik - o`zbek xalqining asriy merosi va shu meros hech qachon xalqimizni tark etmasin”



O`qituvchi:

Turkiston qadim-qadimdan hunarmandchiligi, pazandachiligi, dehqonchiligi, ilm-fani, san`ati va adabiyoti, bir so`z bilan aytganda, ma’naviyati yuksakligi jihatidan olamga mashurdir. Mehnatsevarlik, yerga mehr qo`yish, kasbiga ixlos, mehmondo`stlik, mehr-shafqatlik, odamgarchilik, ota-onaga hurmat, kattalarni siylash, aka-uka, opa-singil, qarindosh-urug`lar o`rtasidagi mehr-oqibat, peshona teri evaziga topilgan rizq-nasibaga qanoat qilib yashash, beva-bechoralarga muruvvatchilik xalqimizga xos odatlardir. Bu urf-odat, an’ana va marosimlarda xalqimizning qator noyob fazilatlari, insonparvarlik xislatlari mujassam.

O`zbek xalqining boshqa xalqlardan ajralib turadigan va boshqa xalqlar tan olgan yana bir odati bu bag`rikenglikdir. Bag`rikenglik

Bizga azaldan meros. Chunki, xalqimiz kimdir qiynalgan bo`lsa, yoki yo`lidan adashgan bo`lsa, ularga o`z uylaridan joy berib, mehr ko`rsatadilar. Hammamizga yaxshi ma’lumki, Ikkinchi jahon urushida juda ko`plab, xalqlar yurtimizga kelganida bizning xalqimiz ularni quchoq ochib, o`z uylaridan joy berganlar. Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov urush yillarida 14 ta turli millat vakili bo`lgan bolalarni o`z qaromog`iga olgan. Bu ham xalqimizning o`ta bag`rikeng xalq ekanligidan dalolat.

O`zbekistondagi butun millat biz yagona oilani tashkil etamiz degan g`oya asosida hamjihatlikda yashab kelmoqda.

Hattoki, Davlat madhiyamizda ham xalqimizning bag`rikengligi ifodalangan. Bag`rikenglik, kengfe`llik, mehr-oqibat insoniylik hech qachon bizni tark etmasin.

Topshiriq: O`quvchilarga o`zlari bilgan, o`qigan kitoblarida yana qanday bag`rikenglik timsoli bo`lgan yurtdoshlarimizdan, qo`shnilaridan, qarindoshlaridan, ustozlaridan bo`lsa, ularning shunday ajoyib xislatlarini so`zlab beradilar.



Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling