Reja: Kirish. «Yo`l harakati qoidalarini» umumiy qoidlari


Download 0.56 Mb.
bet9/10
Sana04.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#170416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yol-harakati-qoidalari

Huquqiy madaniyat-

Fuqaroning huquqiy madaniyati;

Jamiyat huquqiy madaniyati;

Amaldagi qonunlarni bilish;

Huquqiy normalarning talablarga muvofiq harakat qilish;

Huquqqa hurmat bilan munosabatda bo’lish, o’zgalarning huquqini hurmat qilish.


O`qituvchi:



Hurriyat binosin tamali toshi,

Istiqlol karvonin sarboni, boshi,

Ozodlik osmonin so'nmas quyoshi,

Asosiy qonunim, qomusim mening,

Hayotim, quvonchim, nomusim mening.

Nag satrida bobolarim qoni jo,

Har qatida momolarim sha'ni jo,

Har baytida olam-olam ma'ni jo,

Asosiy qonunim, qomusim mening,

Qanotim, suyanchim, nomusim mening.

Yurtim ko'ksidagi qalqonim o'zing,

Ko'kda porlab turgan cho'lponim o'zing,

Ezgulik gullagan bo'stonim o'zing,

Asosiy qonunim, qomusim mening,

Rohatim, sevinchim, nomusim mening.

Adolat ziyosi taralar sendan,

Saodat qo'rg'oni yaralar sendan,

Elga najot bo'lmish choralar sendan,

Asosiy qonunim, qomusim mening,

Shavkatim, shuhratim, nomusim mening.

Komil Sindarov

Qonun oldida yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansabi va hokazalardan qat’I nazar davlatning barcha fuqarolariga tatbiq etiladi. Biron-bir fuqaro Konstitutsiya bilan belgilangan burchlardan bo`yin tovlamasligi yoki ozod etilmasligi shart. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish davlat fuqarolarining eng asosiy burchidir. O`zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va ma’naviy merosi butun xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomida yaratildi va har birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini saqlab qolishimiz lozim.

Huquqiy madaniyat insonning qonunlarni bilish va ular asosida yashash yo'lida orttirgan bilim va tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko'nikmalari majmui, umumiy huquqiy saviyasidir.

“Huquqiy madaniyat” tushunchasi «huquqiy ma'rifat» va «huquqiy


savodxonlik» kabi tushunchalar bilan uzviy bog'liq. Huquqiy ma'rifat
nafaqat qonunlarni, balki ularni amalga oshirish bilan bog'liq qonuniy
hujjatlarni bilishni ham talab etadi. Huquqiy savodxonlik va ma'rifat
asosida huquqiy ong shakllanadi. Huquqiy ongi shakllangan inson,
qonuniylik bilan qonunsizlikning farqini yaxshi biladi, hayotda ham
ko'p adashmaydi.

Topshiriq: “Qadam-baqadam” treningi. Bunda o`quvchilar bir-biriga qarama-qarshi so`zlarni topish orqali yaxshi, iliq so`zlar va unga qarama-qarshi bo`lgan sovuq, yomon so`zlar bilan tanishadilar, ularning hayotdagi o`rnini aniqlaydilar.

Misol tariqasida: “Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so`zlarni ayt” mavzusida:

1-qadam-o`quvchilar o`qituvchi tomonidan tarqatma materialda yozilgan so`zlarni diqqat bilan o`qib chiqishlari va har bir so`zning qarshisiga ahamiyati bo`yicha qarama-qarshi bo`lgan so`zlarni yozishlari zarur:

Huquqiy madaniyat-

Huquqiy ong-

Huquqiy ma’rifat-

Huquqiy savodxonlik-

Qonun-

2-qadam-o`quvchilardan har bir so`zga ta’rif berish talab qilinadi.



3-qadam-guruhlarga bo`linib, keltirilgan so`zlar ishtirokida hikoya yoki ertak tuzish tavsiya etiladi.

4-qadam- guruhlarda bir-birlarining hikoyalari (ertaklari) yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi.

5-qadam- guruh ishlari o`zaro baholanadi.

6-qadam-o`qituvchi mashg`ulotni yakunlaydi.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling