Reja: Klinik farmakogenetika
Glukoza6fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
Download 76 Kb.
|
Klinik farmakologiyaning pediatriyadagi o‘ziga xos tomonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glukoza6fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida gemolitik ta’sir kiluvchi doriyaar
2.2. Glukoza6fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi
G6FD) G6FDning irsiy yetimovchiligi eng ko‘a uchraydigan enzimopatiya bo‘lib, dunyo bo‘yicha 2 mln ga yaqin odam bu enzimopatiya tashuvchi individlar hisoblanadi. GbFD fermenti uglevodlar (eritrotsitlarda ham) alm=ashinuvida asosiy o‘rin tutadi. G6FD glukoza6fosfatning 6fosfoglyukonatga oksidlanishini boshqaradi. Bu reaksiya natijasida hosil bo‘lgan nikotinamid adenindinukleotidfosfat (NAOFN2) glutationni (glutationreduktaza ishtirokida) qaytarish hamda metgemoglobinni gemoglobinga qaytarish uchun ishlatiladi. Qaytarilgan glutation esa gemoglobin va oltingugurt saqlovchi fermentlarni turli ovqat va dori moddalarining oksidlovchi ta’siridan saqlaydi va eritrotsitlar qobiri butunligini ta’minnlaydi. G6FD yetishmovchiligi bor individlar oksidlovchi (10jadval) dorilar kiritilganda eritrotsitlar qobig‘ining buzilishiga (qaytarilgan glutation kamayishi sababli), ya’ni gemolitik krizga sabab bo‘ladi. 10j a d v a l Glukoza6fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida gemolitik ta’sir kiluvchi doriyaar
Utkir eritrotsitlar gemolizi birinchi marta bezgakKa qarshi primaxin ishlatilgan Amerika negrlarida topilgan bo‘lib, 1:10 nisbatda kuzatiladi. Biokimyoviy va genetik kuzatuvlarning ko‘rsatishicha (G6FD), ferment faolligi bu negrlarda 15 foizdan oshmaganligini ko‘rsatdi, G6FD sintezi ribosomalardagi Xxromosomalar irsiy apparati tomonidan boshqariladi. 150 dan ortiq G6FD atipik ferment turlari ma’lum. G6FD kamligi, mavjud individlar borligi oksidlovchi ta’sirga ega dori yoki ovqat moddalari iste’mol qilingach ma’lum bo‘ladi. Bunday individlarda surunkali nospetsifik kamqonlik uchraydi va bu kamqonlik bilirubin miqdorining ortib ketishi (giperbilirubinemiya), safro yo‘llarida va o‘t pufagida bilirubin toshlari va oyoqlarda surunkali yaralar bilan kechadi. Urta yer dengizi havzasida va Yaqin Sharq mamlakatlarida yashovchi aholi orasida G6FD faolligi 4 foizga yaqin bo‘lishi adabiyotlarda keltirilgan. Bu individlarda oksidlovchi dorilargina emas, balki aholi tomonidan ovqat uchun keng ishlatiladigan ot loviyasi «Vicia fava» ham gemolitik krizga sabab bo‘lishi ma’lum, bu kasallik «Favizm» deb nomlangan. Vicia fava tarkibiga kiruvchi Vglikozid metabolitlari (vitsin va konvitsin) kuchli oqsidlovchi zahar bo‘lib, uning oqsidlovchi kuchi askorbin kislotasidan 10—20 barobar yuqori ekanligi aniqlangan. «Favizm» kasalligi ko‘proq tana haroratining ko‘tarilishi, adinamiya, qonda eritrotsitlar soni 2 mln/mm3 gacha kamayishi va kollaps bilan, kamroq esa bosh og‘rishi, uyqu bosishi, qayt qilish, sariqlik bilan boshlanadi. G6FD yetishmovchiligidagi sariqlik jigarning bilirubinni glyukuronlash faolligining buzilishi bilan tushuntiriladi. Quyidagi dorilar (askorbin kislota, atsetilsalitsilat kislota, metil ko‘ki, nitritlar, sulfanilamidlar, fenatsetin, xloramfenikol, xloroxin) ma’lum holatlarda (infeksiya, jigar va buyraklar faolligi buzilganda, diabetik atsidoz sharoitida) G6FD yetishmovchiligi bor individlarda gemoliz keltirib chiqarishi mumkin. Bunday individlar soni 0—15 foiz, yer kurrasining ba’zi joylarida 30 foizga yetadi. G6FD enzimopatiyasi bor individlarda dorilar va ovqat moddalari keltirib chiqaradigan gemolitik kamqonlikning oldini olish uchun bu enzimopatiyani topish maqsadida oilalarni genetik tekshiruvdan o‘tkazish kerak. G6FD enzimopatiyasi topilganlarga gemolitik kamqonlik chaqiradigan dorilarni ishlatish xavfli ekashshgini tushuntirish va ot loviyasi, qizil smorodina va qoraqatlarni ovqatdan chiqarib tashlash tavsiya etiladi. G6FD nuqsoni bor otaonalar bu enzimopatiya bilan ularning bolalari ham kasallanishi mumkinligini bilishlari kerak. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling