Reja: Kognitiv, konseptual va formal modellar Boshlang'ich ma'lumotlarni tayyorlash


Download 246.5 Kb.
bet5/7
Sana26.12.2022
Hajmi246.5 Kb.
#1066910
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 Modelni adekvatligini tekshirish va korrektirovka qilish

Gipotezani ilgari surish. Qurilayotgan tizim yangi elementlarini yoki ishlashni yangi sharoitlarini aks ettiruvchi parametrlar bo'yicha daliliy ma'lumotlarni yig'ish
imkoniyati mavjud bo'lmaydi. Bunday parametrlar uchun bo'lishi ularni qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlari haqida qandaydir gipotezalar ilgari suriladi. Biror bir gipotezani ilgari surishda shu narsaga e'tibor qaratish lozimki, gipotezani yaratilayotgan tizimni yoki tizimga ta'sir etuvchi yangi tashqi ta'sirlarni yaxshi tassavur qila oladigan mutaxassis-ekspertlar berishlari zarur. Agar bunday gipotezani ekspertlar guruhi (ayniqsa, bir-biriga bog'liq bo'lmagan ekspertlar guruhi bo'lsa) orqali olish imkoni mavjud bo'lsa, u holda yanada yaxshiroq muvofaqqiyatga erishish mumkin bo'ladi. Buning natijasida gipotezani sub’yektga bog'liqlik darajasi ancha kamayadi. Biror bir gipotezani ilgari surishda qurmoqchi bo'layotgan tizimga o'xshash yoki uning prototiplarini tahlili natijalari orqali ba'zi bir ma'lumotlarga ega bo'lish mumkin bo'ladi.
Boshlang'ich ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash ularni klassifikatsiya qilish bilan yakunlanadi. Ma'lumotlarni quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin:

  • ichki va tashqi;

  • o'zgarmas va o'zgaruvchi;

  • uzliksiz va diskret;

  • chiziqli va chiziqsiz;

  • statsionar va nostatsionar;

  • determinirlangan va stoxastik.

Buning natijasida modellashtirish mobaynida tadqiqiotchi foydalanishi mumkin bo'lgan miqdoriy parametr o'zgaruvchilarini o'zgarish chegaralarini, diskret qiymatli o'zgaruvchilarni qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarni aniqlash imkoniyati tug'iladi.


3. Umumlashgan matematik model
Umumlashgan matematik model. Matematik model yaratishning asosini konseptual model va boshlang'ich miqdoriy ma'lumotlar tashkil qiladi. Matematik model yaratilayotganda asosiy ikkita maqsadga erishish ko'zda tutiladi: 1) tizim tuzilmasi va ishlash tamoyilini bir qiymatli tushunish uchun formallashgan tasnifni berish; 2) tizim ishlash jarayonini shunday ko'rinishda ifodalashga xarakat qilish lozimki, uni analitik tadqiq qilish imkoniyati mavjud bo'lsin.
Matematik model yaratishning yagona metodikasini ishlab chiqishning imkoniyati mavjud emas. Bunga sabab tizim sinflarining turli tumanligi bo'lib xisoblanadi. Masalan, yuqorida keltirib o'tganimizdek, tizimlar: statik yoki dinamik; tuzilmaviy yoki dasturiy boshqaruvga ega; o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tuzilmali; o'zgarmas (qat'iy) yoki almashinuvchi (qayishqoq) dasturiy boshqaruvga ega bo'lishi mumkin. Kiruvchi ta'sirlar va tizimning ichki holatlari xarakterlari bo'yicha qaraydigan bo'lsak, u holda: uzliksiz yoki diskret; chiziqli yoki chiziqsiz; statsionar yoki nostatsionar; determinirlangan yoki stoxastik tizimlarga ajraladi.
Tizimning ma'lum bir sinflari uchun tizimning ishlashini tasniflab beruvchi formallashgan sxemalar va matematik usullar ishlab chiqilgan, ba'zi bir holatlarda esa, xattoki, analitik tadqiqotlarni ham bajarish imkoniyatlari mavjud.



Download 246.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling