Reja: Ko’makchi haqida tushuncha


Vazifadosh ko’makchilarga ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, oldin, avval, keyin, so’ng, tomon, qosh, bo’ylab, deb, atab singari so’zlar kiradi


Download 13.53 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi13.53 Kb.
#1595563
1   2   3
Bog'liq
ko\'makchi

Vazifadosh ko’makchilarga ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, oldin, avval, keyin, so’ng, tomon, qosh, bo’ylab, deb, atab singari so’zlar kiradi.

  • Vazifadosh ko’makchilar
  • Vazifadosh ko’makchilarga ost, yon, ust, old, orqa, ro’para, oldin, avval, keyin, so’ng, tomon, qosh, bo’ylab, deb, atab singari so’zlar kiradi.
  • Bunday so’zlar ko’makchi vazifasida kelganda, atash ma’nosini yo’qotadi, shuning uchun ma’lum so’roqqa javob bo’lmaydi.
  • O’zi qo’shilgan so’z bilan birgalikda bitta so’roqqa javob bo’ladi.

Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib, unga turli qo’shimcha ma’nolar yuklaydi.

  • Ko’makchilar yetakchi so’zga bog’lanib, unga turli qo’shimcha ma’nolar yuklaydi.
  • Jumladan, sababli, tufayli, uchun maqsad ma’nosini.
  • Haqida, to’g’risida ko’makchilari mavzu ma’nosini.

Tomon, qarab, sari, bo’ylab yo’nalish ma’nosini.

  • Tomon, qarab, sari, bo’ylab yo’nalish ma’nosini.
  • Kabi, singari ko’makchilari o’xshatish, qiyoslash ma’nosini.
  • Qadar ko’makchisi chegara ma’nosini ifodalaydi.
  • Nisbiy ko‘makchilar haqida
  • Mustaqil so‘zlarning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan mo‘’tadilligi sababli mustaqil so‘zlar ichidan nisbiy yordamchilar ajralib chiqadi. Nisbiy ko‘makchilar bir xususiyati bilan “ma’noviy mustaqil”, ikkinchi xususiyati bilan “ma’noviy nomustaqil” leksemalarga o‘xshab ketadi va “oraliq uchinchi” guruhini hosil qiladi. Leksemalar nomustaqil leksema sifatida voqelanganda leksema sememasi o‘z muayyanligini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma’no sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda ifodalangan ko‘ra leksemasining ma’nolarini qiyoslashga harakat qilamiz: 1.YAxshi-yomonni ko‘ra-ko‘ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez ajratib oladigan bo‘lib qolgan. (A.Qah.) 2. Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ko‘ra ko‘proq bu noqulay ahvoldan chiqish uchun … (A.Qah.) 1-gapda qo‘llanilgan ko‘ra «ko‘z bilan ko‘r-moq, kuzatmoq» semasiga ega bo‘lsa, 2-gapda «ko‘rish» semasi kuchsizlangan va «chog‘ishtirish, qiyoslash» grammatik ma’nolari-ni voqelantirgan. 1-gapda qo‘llanilgan «ko‘ra» ko‘rmoq fe’lining ravishdosh shakli bo‘lsa, 2–gapda fe’l ko‘makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan.
  • Qolgan nisbiy ko‘makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga egadir. Old, oldin, or qa, ro‘-para, qarshi, avval, keyin, so‘ng, oxir, tomon, ost, ust, tag, tepa, yon, uch, ich, o‘rta, ora kabi o‘rin va payt ma’noli otlar, bosh, qosh, lab, og‘iz, oyoq, qorin kabi tana a’zolari nomlari, qariyb, bo‘ylab, boshlab, ko‘ra, deya, deb, atab, o‘xshab kabi ravishdoshlar juda ko‘p hollarda ko‘makchi vazifasida keladi va ko‘makchilar xazinasining boyishiga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda bu so‘zlar nisbiy yoki yarim ko‘makchi sanalib, o‘zi birikib kelgan so‘z bilan birgalikda bir gap bo‘lagi, ko‘pincha, hol bo‘lib keladi.
  • Ko‘makchilardan bilan, uchun, kabi, singari, yanglig‘, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog‘li, bo‘ylab, haqida, to‘g‘risida kabilar o‘zlari birikib kelgan so‘zlarga hech qanday qo‘shimchasiz bog‘lanadi; tomon, qadar, qarshi, qaraganda, doir; binoan, qaramay kabi ko‘makchilar o‘zlari birikib kelgan so‘zdan -ga qo‘shimchasini qabul qilishni talab qiladi: qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi; so‘ng, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab ko‘makchilari -dan qo‘shimchali so‘zlar bilan birikadi: bundan avval, o‘qishdan keyin, tanaffusdan so‘ng kabi. Ko‘makchilarning grammatik munosabatni yaratib, kelishik qo‘shimchalariga o‘xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman aytib o‘tilgan edi. Darhaqiqat, ko‘mak-chilar shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so‘zlardan farq qiladi. A.N.Kononov ta’biri bilan aytganda, ko‘makchilar ko‘p hollarda kelishiklarning dubleti sanaladi. Masalan: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim. Siyohda yozdi – Siyoh bilan yozdi. Telefonda gaplashdi – Telefon orqali gaplashdi. Akamni gapirdi – Akam haqida gapirdi.

ADABIYOTLAR

  • 1. К.Назаров. Ўзбек тили пунктуацияси, Тошкент, 1976, 33-116-б.
  • 2. М.Мирзаев ва бошқалар. Ўзбек тили, Тошкент, 1978, 245-252-б.
  • 3.К.Назаров. Тиниш белгилари ва ёзма нутқ,Тошкент,1974, 32-61-б.
  • 4. Б.Ўринбоев. Ҳозирги ўзбек адабий тили (синтаксис), Самарқанд, 2001, 162-171-б.
  • 5. www.google.com
  • 6. www.ziyo.net.uz

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 13.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling