Reja: Ko’makchi haqida tushuncha


Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar sanaladi


Download 13.53 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi13.53 Kb.
#1595563
1   2   3
Bog'liq
ko\'makchi

Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar sanaladi.

  • Sof ko’makchilar
  • Atash ma’nosini tamoman yo’qotib, faqat o’zi birikkan so’zni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qiladigan ko’makchilar sof ko’makchilar sanaladi.
  • Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida kabi ko’makchilar sof ko’makchilardir.
  • Bilan,kabi,singari,
  • Uchun, sari,
  • Sayin,bo’ylab kabi
  • ko’makchilar, asosan,
  • bosh kelishik
  • shaklidagi ismlarga
  • qo’shiladi.

Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.

  • Sof ko’makchilar urg’u olmaydi. Urg’u ko’makchi bilan birga kelgan mustaqil so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi.
  • Shuning uchun ko’makchi ohang tomonidan o’zidan oldingi so’z bilan bir butunlikni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko’makchi doimo ajratib yoziladi.
  • Ba’zan bilan, uchun ko’makchilari badiiy uslubda –la, -chun shaklida qo’llanadi va chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
  • 1) biror harakatning bajarilishida shaxs, predmetlarning birgaligini bildiradi: Ko‘pchilik bilan odam o‘zini kuchli sezadi.
  • 2) harakatni bajarishda vosita ma’nosini bildiradi: Shu gapning ustiga Ismat bobo hassasi bilan eshikni ochib kirib keldi. (P.Qod.)
  • 3) payt ma’nosini ifodalaydi: Qo‘ng‘iroq chalinishi bilan o‘qituvchi sinfga kirdi.
  • 4) sabab ma’nosini bildiradi: Ular: ”Gulnor o‘z ajali bilan o‘ldi… ”, -deyishdi. (Oyb.)
  • 5) harakatning bajarilishidagi holatni ifodalaydi: Onamning mehr bilan boqib turgan ko‘zlarini bir umr unuta olmasam kerak. (Oyb.)
  • Bu ko‘makchi quyidagi ma’nolarni bildiradi:
  • Sof ko‘makchilar boshqa so‘zlarga birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi. Jumladan, bilan ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi turi bugungi kunda yordamchi so‘zlardan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan ko‘makchi-bog‘lovchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. Bilan yordam-chisining etimоlogiyasi haqida prof.A.N. Kononov, V.V.Radlov, J.Deni kabi qator turkiyshunoslarning fikrlarini e’tiborga olib, uning birlan so‘zidan kelib chiqqanini aytgan. Bilan yor-damchisining birla, birlan, bila, ila, -la shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi. Chunonchi, Baxt ila to‘lib-toshgan go‘zal oy deraza tagida o‘sgan daraxt barglarida mudrab yotadi. (R.Tag.)
  • Uchun ko‘makchisi atalganlik (Yo‘lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), maqsad (Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal–taqal qilib turibdi (Oyb.)), sabab (Kampirning ahmoqligi yo dushmaningizning ig‘vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi? (A. Qah.)) evaz (E’tibоringiz uchun rahmat) kabi ma’nolarda qo‘llanilib, to‘ldiruvchi, maqsad, sabab holi vazifalarida keladi.
  • Kabi, singari yanglig‘ ko‘makchilari bir narsani boshqa narsaga o‘xshatish, chog‘ishtirish ma’nosini anglatadi. Masalan, Ukam men kabi bechora… g‘am chekib yotgandir (Oyb.). Kabi, singari ko‘makchilari bilan -dek, -day qo‘shimchalarining ma’nodoshlik xususiyati tilshunoslarimiz tomonidan qayd etilgan. Formal tilshunoslikda bu affikslar ravish yasovchi qo‘shimchalar sifatida berilgan. -dek, -day affikslari orqali yasalgan ravishlar harakat va holatning yasash asosida ifodalangan narsa yoki belgi-xususiyat bilan o‘xshashligini, qiyoslashni bildiradi: tog‘-dek, ot-dek, lochin-day, qadimgi-day, ilgarigi-dek, avvalgi-dek, burungi-day, gul-day kabi. Qalandarovertasiga kundagiday saharda idoraga chiqdi (A.Qah.). U go‘yo tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini ko‘rmoqchiday boshini ko‘tarib hayajon va sog‘inch bilan uzoqlarga tikildi (Oyb.) Bu o‘rinda ham til hodisalarini izohlashda zo‘rma-zo‘rakilik yuzaga kelgan.

Download 13.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling