Reja komil va barkamol inson tushunchalari. I. Karimov asarlarida barkamol insonni tarbiyalash g’oyalari. Komil inson tushunchasining sharqona ta’rifi


Download 92.91 Kb.
bet7/9
Sana02.12.2023
Hajmi92.91 Kb.
#1779797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3M. 1mavzu

Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bо‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jо‘sh urmaydi.

Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bо‘lib, u quyidagilarni о‘z ichiga oladi:

-Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish;

- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish:

-butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar.

Mustaqillik – bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Shu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz va mustahkamlashimiz davlat ahamiyatiga ega bо‘lgan muhim vazifa va burchdir.

Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.

  • Komil inson fazilatlarini о‘zida ifoda etgan asarlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Kaykovusning “Qobusnoma”, Sa’diyning “Guliston”, “Bо‘ston”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub”, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi muhsiniy” va boshqalar. Bu asarlarning kо‘pchiligida odil shoh va adolat, halollik va soflik, poklik, tо‘g‘rilik, insonparvarlik, ma’rifatli bо‘lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
  • Alisher Navoiyning “Nasoyimul muhabbat” asarida komil insonga xos xususiyatlar, uning sharqona fazilatlari sanab о‘tilgan. Bular qatoriga ulug‘ mutafakkir quyidagilarni kiritadi: tavba, halol luqma bilan qanoatlanish, о‘z kasbidan topib kun о‘tkazish, shariatga rioya etish, barchadan о‘zini kam deb bilish, hatto farzandlari, xizmatkorlariga qо‘pollik qilmaslik, chuchuk tilli bо‘lish – yaxshi, muloyim tilli bо‘lish, rahmdil, sahiy, mard, halim, xushhulq, sabrli, sadoqatli, vafoli bо‘lish, rozi-rizolik bilan kun о‘tkazish, riyozat chekishdan qо‘rqmaslik va boshqalar.

Download 92.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling