Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101195
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
6-10

Ma’lumotlar bazasi – ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy 
holda ma’lumotlar bazalariga keyingi tushunchani keltirish mumkin. Ma’lumotlar bazasi – 
zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy 
dasturlarga bog‘liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega, katta 
miqdordagi ilovalar uchun foydalanish imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi o‘zaro bog‘liq 
ma’lumotlar yig‘indisidir.
Ma’lumotlar bazasini qo‘llash ushbu imkoniyatlarni beradi:
so‘rovlar majmuasini amalga oshirishni soddalashtirish;
saqlanilayotgan ma’lumotlarning ortiqchaligini kamaytirish;
axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini 
oshirish; ma’lumotlar dolbzarligini ta’minlash; amaliy 


23 
dasturlarni o‘zgartirmasdan ma’lumotlarni o‘zgartirish;
ma’lumotlar tuzilmasini qat’iyligini saqlash.
Ma’lumotlar bazasini samarali tashkil etish bu - ma’lumotlar bazasida mantiqan o‘zaro 
bog‘langan massivlarni tashkil etishdir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun uni tashkil etish va yuritishda ixtisoslashgan samarali 
dasturiy vosita - ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalaniladi.
Ma’lumotlar bazasi qaytarilmaydigan ma’lumotlarning yaxlitlangan jamlamasi sanaladi. Uning 
asosida mazkur sohaning barcha masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko‘p qirrali kirish 
va aynan bir xil ma’lumotlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuziliamsi muammo sohasi ma’lumotlarining 
axborotmantiqiy modelini aks ettirishi lozim. Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o‘zaro bog‘liqlik 
ma’lumotlar modeli turiga muvofiq tashkil etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar qoida bo‘yicha alohida massivlarda 
joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga keltirish va yuritish texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang‘ich yuklanish bosqichida tashkil etiladi. 
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga vazifalarni yechish reglamentiga 
muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar ma’lum davrda to‘planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach 
(masalan, omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to‘plangan tezkor hisobot 
ma’lumotlari yo‘q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchining bitta shaxsiy kompyuterida monopol joylashgan 
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u faqat ma’lum SHK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot 
bazasiga bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog‘i mavjud bo‘lgan holda ko‘pchilik foydalaniladigan rejimda ishlash, mashina-
server da joylashadigan markazlashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. 
Bunday holatda har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kompyuteri orqali barcha foydalanuvchilar 
uchun umumiy bo‘lgan markazlashgan axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi. Tarmoq 
texnologiyasida har bir foydalanuvchi o‘z SHKda lokal ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham 
mumkin. Bu ma’lumotlar bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo‘lgan 
axborotni saqlaydi.
Kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar bazasini tashkil etish va jamoa bo‘lib foydalanish 
banklar, birja, investitsiya jamg‘armalari va boshqa bozor iqtisodiy tuzilmalarining axborot 
tizimlari 
samaradorligini 
oshiradi. 
Foydalaniladigan 
texnik 
va 
dasturiy 
vositalar 
konfiguratsiyasiga bog‘liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli konsepsiyalari mavjud, misol tariqasida 
faylserver va mijoz-server ni keltirish mumkin. «Fayl-server» konsepsiyasi tarmoq operatsion 
tizimi yadrosi hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va fayl-server uchun 
ajratilgan kompyuterga mo‘ljallangan. Fayl-server dagi ma’lumotlarning umumiy bazasiga jamoa 
holda kirish unga xos xususiyatdir.
Foydalanuvchilardan 
biri 
tomonidan 
fayl 
yangilangan 
taqdirda 
boshqa 
foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi. So‘ralgan ma’lumotlar fayl-server dan ishchi 
stansiyaga o‘tkaziladi va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta 
ishlanadi.
«Mijoz-server» konsepsiyasi. Mazkur konsepsiyaga asosan, ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi 
mijoz - ishchi stansiyasi va ma’lumotlar bazasining mashina serveri o‘rtasida bo‘lishi 


24 
mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so‘raydi va u tarmoq bo‘ylab ma’lumotlar 
bazasi serveriga uzatiladi. So‘rov ma’lumotlari o‘sha yerda qidiriladi. Qayta ishlangan 
ma’lumotlar tarmoq orqali serverdan mijozga uzatiladi. Mijoz-server arxitekturasi uchun xos 
hususiyat - bu ma’lumotlar bazasidan so‘rov uchun SQL dasturlash tilidan foydalanish. Bu 
tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi (1-rasm).
1-rasm. «Fayl-server» va «mijoz-server» texnologiyalari

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling