Reja: Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Microsoft Power Point dasturi haqida umumiy tushuncha


Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi –


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1101195
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
6-10

Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va 
foydalanish uchun mo‘ljallangan dasturiy, tillar vositalarining to‘plamidir. Ma’lumotlar bazasiga 
murojat qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan boshqarish 
dasturi – o‘zagi MBBTning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. MBBTning tarkibiga 
ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarining to‘plami kiradi. Bu to‘plamni tarjimonlar 
(translyatorlar), talab va dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari va boshqalar tashkil 
qiladi. MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi: ma’lumotlar bazalari 
tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash) vositalari;
ma’lumotlarni kiritish, ko‘rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo‘ljallangan darcha
shakllarini loyihalash vositalari;
berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek, ularni ishlash
bo‘yicha operatsiyalar bajarish vositalari;
ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda bosmaga chiqarish uchun ma’lumotlar
bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish vositalari;
til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki boshalar), talablar 
tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k. Ular ma’lumotlarni ishlashining nostandart 
algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini 
bajarish uchun qo‘llaniladi.
Shunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha ma’lumotlar bazasi, boshqarish va amaliy 
dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol 
o‘ynaydi. Shu bilan birga, ma’lumotlar bankining samarali faoliyati uning ta’minlovchi 
elementlariga ham bog‘liqdir. Bu ta’minot tarkibiga quyidagi elementlar kiradi.
Texnik ta’minot ma’lumotlar banki va foydalanuvchilarning ish faoliyatini avtomatlashtirish 
imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM, 


25 
tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari, aloqa tarmoqlari, abonent punktlari va 
boshqalar kiradi.
Matematik ta’minot - funksional masalalarni yechish va Ma’lumotlar bankini boshqarish usullari, 
matematik modellar va algoritmlar to‘plamidan tashkil topadi.
Dasturiy ta’minot-Ma’lumotlar bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil 
qo‘shimcha vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan servis dasturlarning to‘plamidan iborat 
bo‘ladi.
Axborot ta’minoti-ma’lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish 
tizimlaridan tashkil topadi. Lingvistik ta’minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug‘atlar 
majmuasi orqali tashkil qilinadi. Tashkiliy ta’minot - Ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini 
ifodalovchi rasmiy hujjatlar, meyoriy ko‘rsatmalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Yuqorida aytib 
o‘tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina tizimi hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi 
kunda ma’lumotlar banklari inson faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot tarmoqlarini 
boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini boshqarishda, ommaviy axborot xizmatlarini ko‘rsatishda 
qo‘llanilmoqda. Bunda ma’lumotlar bankini axborot tizimi sifatida faoliyat yuritishida quyidagi 
ikki shaklning biridan foydalaniladi:

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling