Reja: Kompyuter to‘rlari va ularning turlari


Download 141.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana01.03.2023
Hajmi141.35 Kb.
#1239632
1   2   3   4   5
Tarmoqlar tasnifi. Kompyuter tarmoqlarini kо‘pgina belgilar, xususan 
hududiy ta’minlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga kо‘ra global, 
mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bо‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni 
qamrab oladi va kо‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EHM va aloqa 
tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yо‘ldosh orqali aloqa kanallaridan 
foydalanadi. 
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bо‘lmagan mamlakat shaharlari
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida kо‘pincha 
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km 
ni tashkil etadi. 
Lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 
80-90% axborot о‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday 
tizilmaga ega bо‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori 
tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bо‘ladi. Barcha 
kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bо‘lishi - lokal 
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik о‘tkazgich inson 
soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu о‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan 
kabel. 
Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, 
radio kanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot 
mulki hisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 
 
Nazorat savollari 
1. 
Tarmoq deganda nima tushuniladi? 
2. 
Uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik 
o‘lchoviga muvofiq qanday turlarga bo‘linadi?
3. 
Qanday tarmoq servislari mavjud? 
4. 
Kompyuter tarmoq turlari sanab o‘ting? 

Download 141.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling