Reja-konspekti


Download 51.78 Kb.
bet6/9
Sana16.06.2023
Hajmi51.78 Kb.
#1513223
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
33-mavzu lotin

Xalqaro Krishnani anglash jamiyati Shrila Bxaktivedanta Svami Prabxupada nomi bilan tanilgan asli hindistonlik Abxay Charan De (1896-1977) tomonidan tashkil etilgan. U 1947 yilda "Veda" falsafasi bilimdoni sifatida "Bxaktivedanta" (sanskr. "sodiqlik", "fidokorona xizmat") unvoniga sazovor bo’ladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga ko’pgina "Veda" matnlari, jumladan, "Bxagavadgita" ("Xudo qo’shiqlari")ni sharhlar bilan tarjima qildi. 1959 yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga ahd qiladi va Svami ("Aql va hissiyotlar egasi") unvoniga erishadi.
1965 yilda A.CH.Bxaktivedanta Svami AQSHga ko’chib o’tdi va "Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik ta’limotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targ’ib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi. Ma’lumotlarga ko’ra, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari mavjud.
Krishnachilik (vayshnavizm) odam qiyofasidagi xudo Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilishga asoslangan hinduiylikning ikki asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Krishnachilikning muqaddas yozuvlariga "Bxagavatgita"dan tashqari boshqa "Veda" matnlari ham kiradi.
Krishnachilik yakkaxudolikka, ya’ni yagona va mutloq xudo – Krishnani tan olishga asoslanadi. U abadiy, yaratilmagan va cheksiz shakllarga kirish qobiliyatiga ega. Krishnachilik ta’limotiga ko’ra, olam ruhiy va moddiy dunyoga bo’linadi. Insonning ruhi tanasiga nisbatan birlamchidir. Krishnachilar ruhni rivojlantirib ichki komillikka erishish va shu yo’l bilan xudoga qo’shilishni oliy maqsad, deb biladilar.
Har bir inson o’zida Krishnani anglash qobiliyatini rivojlantirishi mumkin. Buning uchun xudoga muhabbatni rivojlantirish hamda uni butunlay ruhiy anglashga qaratilgan bxakta-yoga mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Ayni paytda, inson o’zini moddiy ehtiyojlardan xoli qilishi, go’sht, baliq, tuxum, mast qiluvchi narsalarning barchasi, jumladan, spirtli ichimliklar, tamaki, qahva, choy iste’mol qilish, nikohsiz jinsiy hayot kechirish va qimor o’yinlardan voz kechishi zarur, deb hisoblanadi.
Krishnachilikda meditatsiya deb ataluvchi, ibodatxonada o’tkaziladigan diniy marosimlar har kuni soatlab bajariladi. U maxsus harakatlar, Sankirtana – birgalikda xudo Krishnani "Xare Krishna, Xare Krishna, Krishna Xare, Xare, Xare Rama, Xare Rama, Rama, Rama, Xare, Xare" degan, maxamantra ("ozod bo’lishning buyuk qo’shig’i")ni kuylash bilan sharaflash amaliyotini qamrab oladi. Bularning hammasi, ularning ta’biricha, aqlni tozalash, fikrni tashqi dunyodan xalos etish, butun diqqat-e’tiborni xudoga nisbatan muhabbatga yo’naltirish uchun bajariladi.
"Xalqaro Krishnani anglash jamiyati"da o’z ergashuvchilarining mol-mulklarini jamiyat hisobiga xayr-ehson qilishlari hamda ibodatxonada ruhoniylik vazifasiga o’tishlari rag’batlantiriladi. Bu ta’limotni qabul qilgan har bir kishiga yangi - sanskritcha nom beriladi. Jamoa a’zolari sari, dxoti va boshqa hind milliy liboslarini kiyadilar.
Krishnachilar tomonidan missionerlik faoliyati o’tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Ular tomonidan amalga oshiriladigan targ’ibotchilik harakatining o’ziga xos xususiyatlari qatorida ko’chalarda ibodat kiyimlarida yurib qo’shiqlar aytish va adabiyotlarini tarqatish, "Hayot uchun ozuqa" deb nomlanadigan, bepul oziq-ovqat tarqatish aktsiyalari o’tkazilishini ko’rsatish mumkin.


2-oʻquv savoli: Diniy tushunchalarni gʻarazli maqsadda talqin etishning bugungi glaballashuv jarayoniga ta’siri.
Globallashuv jarayoning hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy sabablari xususida gapirganda Prezidentimiz I.Karimov ta`kidlaganlaridek “ ... shuni obyektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo`shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog`lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas”[1][55].
Mutaxassislar zamonaviy global rivojlanish jarayonidagi ba`zi tendentsiyalarning tahlili asosida bu borada ko`p hollarda aksiomadek qabul qilinadigan ayrim xulosalarga tanqidiy yondashish zarurligini ta`kidlashayotganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, ular globallashuv sharoitida dunyodagi yirik kompaniyalar olayotgan foyda o`sish emas, balki pasayish tomon ketayotgani, hukumatlar hali hamon gigant korporatsiyalar faoliyatiga ta`sir ko`rsatish imkoniyatini saqlab turgani va ko`p hollarda ularni o`z rejalarini o`zgartirishga majbur qila olayotgani haqida yozmoqdalar[2][56]. Bu esa, davlat chegaralari ahamiyatining keskin darajada pasayib ketayotgani haqida gapirayotgan mutaxassislarning qarashlarini bir yoqlama ekanidan dalolat beradi.
Global diniy makonda ro`y berayotgan o`zgarishlardan biri bu muayyan din yoki konfessiyaning konkret hudud bilan shartlanishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. CHunki hozirda diniy hayotda sodir bo`layotgan o`zgarish ularning an`anaviy konfessional, siyosiy, madaniy va tsivilizatsiyaviy chegaralar doirasidagina emas, balki transmilliy, transetnik darajalarda ham kechmoqda. Xususan, neopyatidesyatniklar, bahoiylar faoliyati bu yo`nalishdagi jarayonlarga misol bo`la oladi. Diniy hayotdagi global dinamik o`zgarishlarning yana bir xususiyati, iqtisodiy jarayonlar va ijtimoiy sohaning bir qator jabhalarida global kommunikatsiya maydonida yuzaga kelgan tarmoq modellari kabi “tarmoq dinlari” fenomenining vujudga kelgani bilan ham xarakterlidir.
Mutaxassislarning fikricha “tarmoq dinlari” an`anaviy konfessiyalardagi ierarxik strukturadan yagona markaz va an`analar ortodoksalligi bilan ajralib turadi va beqaror aloqalar va nochiziqli avtoritet hamda bo`ysunish tizimiga ega qator avtonom birliklar orqali shakllanadi. O`z navbatida, ushbu birliklar bir-biridan kurtaklanib, eski siyosiy, madaniy va konfessional yurisdiktsiya chegaralarini kesib o`tish xususiyatiga ega. Xarizmatik protestant cherkovlari, buddaviylik va hinduiylikdagi ayrim “tarmoq” tashkilotlari faoliyati bunga yaqqol misol bo`la oladi. SHu bilan birga, diniy hayotda o`ziga xos aksilgloballashuv jarayonlari kechayotganini ham ta`kidlash joiz. Gap shundaki, ayrim mutaxassislar tomonidan zamonaviy voqelikning radikal sekulyar qadriyatlar asosida shakllanayotgani haqidagi qarashlar ham ilgari surilmoqda. “Bunga ko`ra ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy hayotda din asosiy emas, balki marginal o`ringa ega bo`ladi”. Ayni paytda, o`zgacha nuqtai nazar ham mavjud bo`lib, u dinning barcha yo`nalishlardagi jarayonlar rivojida qadriyatli - normativ asoslardan biri sifatida chiqishini ifodalaydi. Xususan, “Hozirda din global tartibga institut, anklav, muayyan birlik emas, balki o`ziga xos “jamoaviy va individual mansublik janri” sifatida kirmoqda”, - deb yozadi atoqli olim Ronal`d Robertson.
Albatta, insoniyat istiqbolida dinning qandaydir ikkilamchi, noasosiy o`rin tutishiga doir gipotetik xarakterdagi ushbu fikr-mulohazalar o`ta bahsli bo`lib, ularga diniy hayotda kechayotgan o`zgarishlar dinamikasini har tomonlama tahlil etish orqaligina asosli munosabat bildirish mumkin.
“SHu o`rinda ta`kidlash muhimki, zamonaviy voqelik diniy qadriyatlar buzilishi va faqatgina sekulyarlashuv asoslarining rivojlanishi bilan kechayotgani yo`q. Balki, demokratik davlat va jamiyat qurish asoslarining mustahkamlanib borishi, diniy e`tiqod erkinligining keng joriy etishishi natijasida, diniy hayotda o`ziga xos ixtiyoriylik muhiti vujudga kelmoqda”[6][60]. Aytish mumkinki, bu diniy sohadagi globallashuv jarayonining asosiy xususiyatlaridan biridir.
E`tiqod va vijdon erkinligining keng tarqalishi, o`z navbatida, diniy hayot shakllarining transformatsiyalashuviga olib kelmoqda. Demokratiya, erkin raqobat va inson huquqlari tamoyillari diniy qoidalar tizimiga integratsiyalashmoqda. Turdi din vakillari esa, aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda sekulyar madaniyat tizimiga munosabat bildirmoqda. Boshqacha aytganda, globallashuv davri boshqa ijtimoiy institutlar hayotida bo`lgani kabi dinlar hayotida ham muhim tarixiy bosqich hisoblanadi. CHunki turli ijobiy va salbiy oqibatlarga ega globallashuv jarayoni e`tiqod va vijdon, iroda va so`z erkinligi tamoyillari ustuvorlashib borayotgan demokratik sharoitlarda kechmoqda. Bu esa, o`z navbatida, asrlar mobaynida o`zaro bir-biriga nisbatan antagonizm, nigilizm, radikalizm kayfiyatida yashab kelgan turli diniy tizimlar oldiga sifat jihatdan yangi bo`lgan sharoit talablariga moslashish, fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan xalqlar hayotida o`zining o`rni va ahamiyatini saqlab qolish va rivojlantirishning innovatsion yo`llari va mexanizmlarini ishlab chiqishdek murakkab vazifalarni hal etishni zarur qilib qo`ymoqda.
Bu yo`nalishdagi birlamchi vazifalardan biri shubhasiz, dinlararo, konfessiyalararo muloqot hisoblanadi. Zero, o`zaro hurmat, tenglik, ishonch va hamjihatlikka asoslangan sog`lom muloqot har qanday din yoki konfessiyaning globallashuv sharoitida o`z o`rni va mavqeini saqlab qolishning eng maqbul vositasidir.
Umuman olganda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvi...” ekani haqidagi fikrdan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, hozirda dinlarning bir-biri bilan yaqindan hamkorlik qilishi obyektiv zaruriyatdir. Global ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayot barqarorligi ko`p jihatdan ana shu hamkorlikning samarali rivojlantirilishiga bog`liqdir.
Globallashuv atamasi garchi keyingi vaqtlarda ommaviy tarzda qo`llanilayotgan bo`lsada, u chuqur nazariy asoslarga ega tushunchadir. Qaysidir ma`noda bu tushuncha insoniyatni birlikka intilishining faollashuvini bildiradi, odamlardagi begonalashuvni yo`qotadi, kommunikativ aloqalarni tezlashtiradi. Insoniyatning tarixan birligini madaniyatlarning o`zaro almashinuvida, monoteistik dinlarni tarqalishi, umumiy til yaratishga bo`lgan urinishlarda ko`rishimiz mumkin. Lekin, hozir gap bu haqda ketayotgani yo`q. Globallashuvning zamonaviy tendentsiyasi ma`naviy doiradan chiqib iqtisodni, siyosatni, axborot jarayonlarini va inson faoliyatining boshqa ko`plab jabhalarini qamrab olmoqda. SHu tarzda ko`p qirrali aloqalar bilan bog`liq bo`lgan megajamiyat shakllanmoqda. SHu ma`noda aytish mumkinki, globalizatsiya — jahon iqtisodiy, texnologik, siyosiy, informatsion integratsiyasining o`lchamidir.

Download 51.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling