Reja: Konstruksion materiallar fanining asosiy maqsad va vazifalari


Molibden - po‘latlarning egiluvchanligini, mustaqkamligini, korroziyabardoshligini, issiqbardoshligini va kuyundibardoshligini oshiradi. Mis


Download 3.73 Mb.
bet5/47
Sana20.10.2023
Hajmi3.73 Mb.
#1711714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Ma\'ruza

Molibden - po‘latlarning egiluvchanligini, mustaqkamligini, korroziyabardoshligini, issiqbardoshligini va kuyundibardoshligini oshiradi.
Mis - po‘latlarning korroziyabardoshlik xossalarini kuchaytiradi.
Titan - po‘latlarning mustahkamligini va korroziyabardoshligini oshiradi, uning kesib ishlanuvchanligini yaxshilaydi. Titan yaxshi qaytaruvchi metall bo‘lganligidan po‘latning zichligini oshiradi.
Niobiy - po‘latlarning korroziya bardoshligini va kislotabardoshligini oshiradi.
Alyuminiy - po‘latlarning issiqqa bardoshligini (qotishmaga kremniy ham qo‘shilsa, korroziyaga chihamliligi ham yaxshilanadi), kuyundibardoshligini oshiradi.
Sirkoniy - mayda donachali po‘latlarni hosil qilishga imkoniyat beradi, chunki po‘latga tegishli miqdorda sirkoniy qo‘shish yo‘li bilan uning donalarini zarur o‘lchamga keltirish mumkin.
Lantan, neodim - po‘latlardagi g‘ovakliklarni, oltingugurt miqdorini kamaytiradi, po‘lat yuzasining sifatini yaxshilaydi, po‘latni mayda donali qiladi.
Seriy - po‘latlarning puxtaligini va ayniqsa, plastikligini oshiradi. Legirlovchi elementlar sifatida yuqorida ko‘rib chiqilgan elementlardan tashqari bor, azot, fosfor, selen va boshqa elementlar ham ishlatiladi va hokazo.
Po‘lat xossasiga uglerod va doimiy qo‘shimchalarning ta’siri
Ma’lumki, har qanday po‘lat tarkibida uglerod asosiy element sifatida (miqdoridan qat’iy nazar) mavjud bo‘ladi.
Uglerodli po‘lat strukturasi muvozanat holatida asosan ferrit va sementitdan iborat bo‘ladi. Bulardan sementit po‘lat tarkibidagi uglerodning miqdoriga to‘g‘ri proporsional holda o‘sib boradi, ya’ni uglerod miqdori 0,38 % ga yetganda sementit miqdori 5 %, bo‘ladi. 2,0 % C miqdoriga esa 30 % sementit miqdori to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, po‘latlar tarkibida uglerodning miqdori oshib borgan sari tegishli po‘latning mustahkamlik xususiyatlari oshadi, plastikligi () esa kamayadi. Lekin shuni qayd qilish zarurki, po‘latlarning tarkibida uglerodning oshib borishi tegishli po‘latlarning texnologik xossalarini, ya’ni kesib ishlanish, payvandlanish, issiqda va xususan sovuq holatda deformatsiyalanishini pasaytiradi (yomonlashtiradi) .

Download 3.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling